«Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning o‘rtalarida kiritilgan. Biologik
viruslarga tegishli o‘lchamlaming kichikligi, o‘z-o‘zidan ko'payib va
obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy
ta’siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter
viruslari bilan ish ko‘rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish»,
«yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi.
«Kompyuter viruslari» — kompyuter sistemalarida tarqalish va o‘z-o‘zidan
qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo‘lgan bajariluvchi yoki
sharhlanuvchi
kichik
dasturlardir.
Viruslar
kompyuter
sistemalarida
saqlanuvchi dasturiy ta’minotni o'zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin.
Hozirda dunyoda faqat ro'yxatga olingan 40 mingdan ortiq kompyuter
viruslari mavjud. Zamonaviy zararkunanda dasturlarning aksariyati o‘z-o‘zidan
ko‘payish qobiliyatiga ega bo'lganligi sababli, ular ham kompyuter viruslariga
taalluqli deb hisoblanadi. Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga
ko‘ra tasniflanishi mumkin:
— yashash muhiti bo‘yicha;
— yashash muhitining zaharlanishi
bo‘yicha; — zararli ta’sirining
xavflilik darajasi bo'yicha; — ishlash
algoritmi bo'yicha.
Yashash muhitiga ko‘ra kompyuter viruslari quyidagilaiga bo'linadi:
— tarmoq viruslari;
— fayl viruslari;
— yuklama viruslar;
— kombinatsiyalangan viruslar.
Tarmoq
viruslarining
yashash
muhiti
kompyuter
tarmoqlarining elementlaridir. Fayl viruslar bajariluvchi fayllardajoylashadi.
Fayl viruslar ichida makroviruslar alohida o‘rin tutadi. Makroviruslar —
makrotillarda yozilgan zararkunanda dasturlar, elektron jadvallar va h.k.
Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama sektorlarida (boot-
sektorlarda) bo‘ladi. Kombinatsiyalangan viruslar bir necha yashash muhitida
joylashgan bo'ladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni ko‘rsatish mumkin.
Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari:
— rezident;
— rezident bo'lmagan viruslarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: