Delphi dasturlash muhiti Borland Delphi 7 dasturlash muhiti Samples komponentalar
palitrasi.
Delphi dasturlash muhiting Samples komponentalar
palitrasi bilan tanishib chiqamiz. Palitrada quyidagi komponentlar
joylashgan:
Samples komponentalar palitrasi Gauge – jarayonlarni vizual tasvirlash indikatori. Masalan, faylarni
nusxalash yoki dasturlarni kompyuterga o`rnatilishi jarayoni.
ColorGrid – foydalanish mumkin bo`lgan ranglar jadvalini hosil qiladi.
SpinButton – schyotchikli tugma hosil qiladi. Qiymatlarini orttiruvchi va
kamaytiruvchi tugmalari mavjud.
SpinEdit – qiymatlarini orttiruvchi va kamaytiruvchi tugmalari
mavjud
bo`lgan tahrirlash oynasi.
DirectoryOutline – diskdagi kataloglar strukturasini hosil qiladi.
Calendar – standart ko`rinishdagi ko`rsatilgan oy bo`yicha kalendar
yaratadi
IBEventAlerter – hodisa indikatori hosil qiladi. Ma’lumotlar
bazasi hodisalari bo`yicha habar beradi.
ShellTreeView – kataloglar daraxtini hosil qiladi.
ShellComboBox – tanlash mumkin bo`lgan kataloglar ro`yxatini hosil
qiladi.
ShellListView – katalog va fayllar ro`yxatini hosil qiladi.
ShellChangeNotifier – joriy katalogni belgilash.
Borland Delphi 7 dasturlash muhitida Gauge komponentasidan foydalanish.
Ushbu bo`limda Gauge komponentasi haqida ma’lumot beramiz. Gauge
komponentasi jarayon bosqichlarini vizual tasvirlash uchun foydalaniladi. Delphi
dasturini ishga tushiramiz. Forma oynasiga Samples palitrasidan Gauge
komponentasini joylashtiramiz. Gauge komponentasining gorizontal, sektorli,
doirali, matnli va vertikal ko`rinishlari mavjud.
Komponenta ko`rinishi o`zgartish uchun Object Inspector oynasini Kind
bo`limidan, rangini o`zgartish uchun ForeColor bo`limidan, jarayon bosqichini
o`zgartirish uchun esa Progress bo`limdan foydalaniladi: