Tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish to’lovlari hisobga olindi
320 000
0830
6990
Tovar belgisini yaratish uchun mol etkazib beruvchiga pul mablag’lari o’tkazildi
4 600 000
6010
5110
Tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish xizmatlari uchun pul to’landi
320 000
6990
5110
O’zpatentga poshlina to’landi
690 000
6010
5110
Ro’yxatdan o’tgan tovar belgisi nomoddiy aktivlar tarkibiga qabul qilindi (4 000 000 + 600 000 + 600 000 + 90 000 + 320 000)
5 610 000
0420
0830
№ 9 misol
“Moda” MChJ 2019 yil dekabr oyida “Moda dunyosi” do’koni bilan savdo belgisidan foydalanish uchun ikki yil muddatga litsenziya shartnomasi imzoladi. Ushbu shartnoma bo’yicha MChJ “Moda” ikki yil davomida teng oylik to’lovlar bo’yicha 8 600 000 so’m, QQS summasi – 1 290 000 so’m oladi.
Tovar belgisining qoldiq qiymati 5 376 250 so’m (5 610 000 so’m – 233 750 so’m)ni tashkil etadi. Tovar belgisining oylik eskirish summasi 233 750 so’mni tashkil etadi (5 600 000 / 2 / 12). Amortizatsiya chiziqli usulda hisoblanadi. Hisob siyosati bo’yicha tovar belgilarga eskirish 0520 “ Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi“ hisobvarag’ida olib borilishi belgilangan. Tashkilot daromad va xarajatlarni hisoblash usulida belgilaydi.
Foydalanish uchun tovar belgisini taqdim etish bo’yicha o’tkazmalar tuzing?
Yechim