Boshqa tashkilot ustav kapitaliga hissa shaklidagi moliyaviy investitsiyalar miqdori
92 000 000
0690
9210
O’tkazilgan aktivning boshlang’ich qiymati hisobdan chiqarildi
92 000 000
9210
0130
Nomoddiy aktivlarni hisobga olish bo’yicha amaliy masalalar
№ 7 misol
2019 yil 21 noyabr kuni kompaniya ta’sischilaridan biri kompaniya ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzni to’lash uchun yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga patent berdi. Ta’sis shartnomasiga ko’ra, ob’ektning kelishilgan bahosi 65 400 000 so’mni tashkil etdi. Ob’ektning boshlang’ich qiymatini aniqlang va o’tkazmalar tuzing.
Xo’jalik operatsiyalari mazmuni
Summa (so’m)
Hisobvaraqlarning bog’lanishi
Debet
Kredit
Ustav kapitaliga hissa mablag’i bo’yicha
65 400000
0830
4610
Boshlang’ich qiymati summasi uchun
65 400000
0410
0830
№ 8 misol
Tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha MChJ “Moda”, o’zini dizayn logotipini ishlab chiqarishga byurtma berdi. Xizmatlar narxi 4 000 000 so’m, QQS summasi 600 000 so’mni tashkil etadi. Logotip savdo belgisi sifatida ro’yxatdan o’tkazishga qaror qilindi.
O’zpatentda tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun xizmatlari 600 000 so’m, QQS - 90 000 so’m. Tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun bojlar 320 000 so’mni tashkil etdi. MChJ “Moda” buxgalteriya balansiga NMA ob’ekti 2019 yil noyabr oyida kirim qilindi. Xizmat muddati 2 yil deb qabul qilingan.
NMA ob’ektining boshlang’ich qiymatini aniqlang va buxgalteriya o’tkazmalari qiling.
Yechim