Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə303/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   524
Guliston davlat

12.3. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish


Moliyaviy hisobotni tuzish tamoyillari. Moliyaviy hisobotni tuzish jaryonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiyotning qaysi tarmog’iga tegishliligidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilangan quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim:
* hisoblash tamoyili; ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; uzluksizlik; xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash, ishonchlilik, ehtiyotkorlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko’rsatkichlarning qiyosiyligi, moliyaviy hisobotning betarafligi, aktiv va majburiyatlarning haqiqiy bahosi, hisobot davri daromaddari va xarajatlarining mosligi, tushunarlilik, ahamiyatlilik, muhimlik, haqiqiy xolis taqdim etish, tugatilganlik, izchillik, o’z vaqtidalik, ofsetting (moddalarning o’zaro qoplanishi), xolislik.
Buxgalteriya hisobotlarini tuzishdan oldin tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi. Tayyorgarlik ishlariga hisobvaraqlardagi yozuvlar aylanmalarini aniqlash va qoldiqlarini yozish, analitik hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalarni aniqlash hamda sintetik hisobvaraqdagi yozuvlarni bosh daftarga yozish ishlari kiradi. Hisobotlar to’g’riligini ta’minlashda xo’jalik mablag’lari inventarizatsiyasi alohida ahamiyatga egadir.
Moliyaviy hisoboti kalendar davrining ma’lum bir vaqtlari uchun (chorak, yil) tuziladi. Chorakda tuziladigan hisobotlar davriy, yillik tuziladigan hisobotlar esa yillik hisobotlar deyiladi.
Chet el investitsiyalari korxonasidan tashqari hamma korxonalar choraklik hisobotlarni kelgusi choraklik hisobot oyining 25 kunidan, yillik hisobotni esa keyingi hisobot yili 15 fevralidan kechiktirmay topshirishlari lozim.
Chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxoanalar esa yillik hisobotni kelgusi hisobot yili 15 martidan kechiktirmay topshirishlari lozim.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi - 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2-son shakl;
c) pul oqimlari to’g’risida hisobot - 4-son shakl;
d) xususiy kapital to’g’risidagi hisobot - 5-son shakl.
3. Yarim yillik va choraklik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi - 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2-son shakl.
Izoh: 2018 - 2020 yillarda yillik va chorak hisobotlari faqat “Buxgalteriya balansi ” (1-shakl) va “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” (2-shakl)da taqdim etilgan.
Yillik moliyaviy hisobotga hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko’rsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Agar balans yil boshida o’zgartirilgan bo’lsa, tushuntirish xatida o’zgartirish sabablari tushuntiriladi. Unda keyingi yil uchun qabul qilingan hisob siyosati ham keltiriladi.
Agar asosiy fondlarni qayta baholash hisobot yilining birinchi sanasi holatiga o’tkazilsa, qayta baholash natijalarining ko’rsatkichlari hisobot yilining boshiga shakllanadigan moliyaviy hisobotga qabul qilinadi. Bunda o’tgan yilning oxiridagi ko’rsatkich hisobot yilining boshidagi ko’rsatkichga mos kelmasligi, asosiy vositalarni hisobot yilining birinchi sanasiga o’tkazilgan qayta baholashning natijasi deb tushuniladi va joriy davrning moliyaviy hisobotidagi tushuntirish xatida bayon etiladi.
O’zR "Auditorlik faoliyati to’g’risida" qonunning 10-moddasida ko’rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o’tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar.
Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo’yiladi.
Moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi:
a) “Korxona, tashkilot” rekviziti - korxonaning to’liq nomi (belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) va KTUT (OKPO)ga ko’ra uning kodi ko’rsatiladi;
b) “Faoliyat turi” rekviziti - korxonaning iqtisodiy faoliyat turi va IFUT (OKED)ga ko’ra iqtisodiy faoliyat kodi ko’rsatiladi;
c) “Tashkiliy-huquqiy shakli” rekviziti - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va TXShT (KOPF)ga ko’ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko’rsatiladi;
d) "Mulkchilik shakli" rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MShS (KFS)ga ko’ra mulkchilik shaklining kodi ko’rsatiladi;
e) “Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti - ixtiyorida korxona turgan (agar u mavjud bo’lsa) va unga moliyaviy hisobot yo’naltiriladigan organning nomi hamda DBIBT (SOOGU)ga ko’ra ushbu organning kodi ko’rsatiladi;
f) “Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti - STIR (INN) bo’yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko’rsatiladi;
g) “Hudud” rekviziti - MHOBT (SOATO) bo’yicha kod ko’rsatiladi;
h) “Manzil” rekviziti - korxonaning to’liq yuridik manzili ko’rsatiladi.
Moliyaviy hisobotni tuzish chog’ida O’zRning “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni, O’zRning Fuqarolik kodeksi, BHMS, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo’yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim.
Korxona va tashkilotlar barcha alohida mustaqil balansga ajratilmagan bo’linmalarining faoliyat ko’rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko’rsatkichlariga kiritilishi kerak.
Moliyaviy hisobotni tuzish chog’ida hisobot sanasi bo’lib hisobot davrining oxirgi taqvimiy kuni hisoblanadi.
Hisobot yilida tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan korxona yil boshidan tugatish (qayta tashkil etish) paytigacha bo’lgan davr uchun yillik moliyaviy hisobotning amaldagi shakllari bo’yicha hisobot taqdim etadi.
1 oktyabrga qadar yangi barpo etilgan korxonalar moliyaviy hisobotda mablag’lar va ularning manbalarini ular belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab hisobot yilining 31 dekabriga qadar, hisobot yilining 1 oktyabridan keyin barpo etilgan korxonalar esa - davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan boshlab keyingi yilning 31 dekabrigacha (31 dekabr ham kiradi) ko’rsatadilar (ko’rsatilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar va ularning alohida bo’linmalari bazasida barpo etilgan korxonalarga tatbiq etilmaydi).
Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlarning puxta o’tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo’lishi kerak. Inventarizatsiya O’zR 19-son BHMS “Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” belgilagan tartibda o’tkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan, boyliklar haqiqiy mavjudligining buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga qaraganda tafovutlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyalashlar ham o’tkazilishi kerak, ular o’zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O’tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek ularni o’tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak.
Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Agar rahbar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini o’z zimmasiga olgan bo’lsa, u bosh hisobchi o’rniga ham imzo qo’yadi.
Moliyaviy hisobotda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko’rsatadilar.
Joriy hamda o’tgan yil hisobot ma’lumotlaridagi (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma’lumotlarini buzishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma’lumotlarga kiritiladi.
O’tgan davrda yo’l qo’yilgan fundamental (muhim) xatolarni tuzatish summasi moliyaviy hisobotda yil boshidagi taqsimlanmagan foyda saldosini o’zgartirish hamda aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalning boshqa moddalariga tegishli tuzatishlar kiritish yo’li bilan aks ettirilishi mumkin.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish chog’ida daromadlarni yashirish yoki ular bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarni davr xarajatlariga (yoki muomala chiqimlariga) kiritish natijasida moliyaviy natijalarni kamaytirib ko’rsatish aniqlangan holda buxgalteriya hisobi va o’tgan yil uchun moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki joriy yilda hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydasi sifatida aks ettiriladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin