20. Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Molekulyar genetik tahlilga asoslangan masalalarni yechish. Mavzu: Molekulyar genetik tahlilga asoslangan masalalarni echish.
Maqsad: Irsiyatning moddiy asoslari bo’lgan qo’sh spiralli DNK zanjiridagi yoki zanjiriy strukturaga ega RNK zanjiridagi nukleotidlarning ketma-ket joylashishi bilan bog’liq bo’lgan masalalar yuzasidan tushuncha hosil qilish.
Kerakli jihozlar:Kompyuter prosessori, ekran, DNK va RNK molekulalarida nukleotidlarni ketma-ket joylashib tripletlarni, DNK molekulasida kodogen, RNK molekulasida esa kodonlarning shakllanishi bilan bog’liq, molekulyar genetik masalalarni yechilishiga ta’luqli taqdimot slaydlari.
Ishning bajarilish tartibi: Talabalar dastlab laboratoriya mashg’ulotida ta’vsiya etiladigan molekulyar genetikaga ta’luqli slaydlar bilan tanishib chiqadilar. Masalalarni yechilishiga ta’luqli:
DNK molekulasi zanjirining bir qismida nukleotidlarning joylashish tartibi quyidagicha:
1). T A G A T Ts Ts Ts G A Ts A Ts G A...
DNK molekulasining ana shu zanjiriga komplementar bo’lgan ikkinchi zanjirda nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
Masalaning yechilishi:
DNK molekulasining qo’sh zanjirida A qarshisida T va G qarshisida Ts joylashgani uchun berilgan molekulaning ikkinchi komplementar zanjiri quyidagicha bo’ladi:
ATTsTAGG GTsTGTGTsT… yoki TAGATTsTsTsGATsATsGA...
ATTsTAGGGTsTGTGTsT…
2). Oqsil molekulasining bir qismida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan:
- valin - leytsin – gistidin – serin – izoleytsin. Shu oqsil molekulasini kodlovchi genda nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
Masalaning yechilishi:
oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarni kodlovchi tripletlarning – kodonlarning tartibini genetik kod jadvalidan foydalanib yozib chiqamiz:
valin – GUU, leytsin – TsUU, gistidin – TsAU, serin – UTsU, izoleytsin – AUU yoki G U U Ts U U Ts A U U Ts U A U U.
Shunga ko’ra berilgan oqsil molekulasining sinteziga javobgar i-RNK molekulasiga mos keluvchi DNK molekulasi zanjirida nukleotidlarning joylashish tartibi quyidagicha:
Ts A A G A A G T A A G A T A A
G T T Ts T T Ts A T T Ts T A T T
3). Ma’lum bir gen quyidagi nukleotidlardan tashkil topgan: T T T T A Ts A Ts A T T G Ts A G… Shu gen tomonidan kodlanadigan oqsil molekulasini tashkil qiluvchi aminokislotalarning joylashish tartibi qanday bo’ladi? Masalaning yechilishi: Berilgan gen joylashgan DNK molekulasi zanjiri asosida i-RNK molekulasi hosil qilinadi: A A A A U G U G U A A Ts G U Ts.
Ana shu i-RNK molekulasi axborotiga binoan sintezlanadigan oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarning joylashish tartibi quyidagicha bo’ladi: AAA – lizin, AUG – metionin, UGU – tsistein, AATs – asparagin, GUTs – valin yoki lizin –metionin – tsistein – asparagin - valin. Masalalarning sharti:1) Ma’lum bir belgining rivojlanishini ta’minlovchi gen nukleotidlarning quyidagi tartibidan tashkil topgan:
A A A T A A G T Ts G Ts A Ts Ts A T A G G Ts A
Shu gen tomonidan kodlanadigan oqsil molekulasini tashkil qiluvchi aminokislotalarning joylashish tartibini aniqlang. 2). Oqsil molekulasining bir qismida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan: - arginin – arginin – valin – alanin – serin – serin – leytsin. Shu oqsil molekulasini kodlovchi genda joylashgan nukleotidlarning joylashish tartibi qanday? 3). Insulin oqsilining V deb ataluvchi katta zanjiri quyidagi aminokislotalardan boshlanadi: fenilalanin – valin –asparagin -glutamin kislotasi- gistidin -leytsin. Shu oqsilning tuzilishi haqidagi axborotni o’zida saqlovchi DNK molekulasining boshlang’ich qismida joylashgan nukleotidlar tartibini aniqlang.
Xar bir masalanning echimi uchun xulosa yozishni unutmang.