1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Respublikamizning noyob durdona ob’ekti bo’lgan g’o’za genetik kollektsiyasining materiallari bilan tanishish. Maqsad:O’zMU qoshidagi “Botanika bog’ida” joylashgan G’o’za genetikasi va genkollektsiyasi laboratoriyasining tajriba maydonidagi genetik kollektsiya materiallari bilan tanishish.
Ishning bajarilish tartibi: Talabalar amaliyot o’qituvchisi boshchiligidaO’zMU qoshidagi “Botanika bog’ida” joylashgan G’o’za genetikasi va genkollektsiyasi laboratoriyasining tajriba maydonida uchrashadilar. Davomatdan so’ng amaliyot o’qituvchisi O’zMU ning noyob durdona ob’ekti g’o’za genetik kollektsiyasini yaratilish tarixi xaqida ma’lumot beradi. Xususan, ma’lumotda genetik kollektsiya 2-bo’limdan iboratligi, uning 1-bo’limini izogen, introgressiv va mutant liniyalar, 2-bo’limni esa monosom va translokatsion liniyalar tashkil etishi keltiriladi. Bundan tashqari, talabalar tajriba maydonidagi kollektsion liniyalar sifat va miqdor belgilariga ko’ra farqlanishi, sifat marker belgili liniyalar deyilganda qanday liniyalar nazarda tutilishi , duragaylash jarayonida tanlov qaysi belgiga muvofiq belgilanishi, ota-ona liniyalarni duragaylash asosida keyingi bo’g’in qanday yaratilishi xaqidagi ma’lumotlarni ham oladilar.
Kichik guruhlarga bo’lingan talabalar amaliyot o’qituvchisi tomonidan ko’rsatilgan tajriba maydonidagi liniya o’simliklarining rangi, barg plastinkasi, tola rangi va hosil shohlarining tipiga ko’ra marker belgilarni farqlay boshlashadi. Shuningdek boshlang’ich liniyalar va ular ishtirokidagi duragay o’simliklarda farqlangan belgilarni qaysi qonuniyat asosida irsiylanishi xaqida kollektsion materialni o’z ko’zlari bilan ko’rgan holda ishonch hosil qiladilar.
Amaliy mashg’ulot davrida kichik guruhlarga bo’lingan talabalar ota-ona liniyalar va ularning duragay o’simliklaridagi barg konturini amaliy daftarlariga chizadilar. Chunki bu amaliyot yordamida talabalar o’simlik fenotipini o’rganilayotgan belgiga ko’ra guruhga ajratishni o’rganadilar.
Olingan ma’lumotlar va o’simliklarni fenotipik guruhlarga ajratish amaliyoti yuzasidan talabalar o’z amaliyot daftarlarida mustaqil xulosalarini shakillantiradilar.