3-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Mono, di va poliduragay chatishtirishga doir masalalarni echish va ularni tahlil qilish. Maqsad: Bir gen – bir belgi nazariyasiga oid qonuniyatni bilish uchun bir yoki bir nechta gen va belgi tartibidagi genetik masalalarni echish orqali qonuniyatni amal qilishiga ishonch hosil qilish.
Kerakli jihozlar:Kompyuter prosessori, ekran, mono, di va poliduragay chatishtirishga ta’luqli va masalalarni echish tartibiga ta’luqli taqdimot slaydlari.
Ishning bajarilish tartibi: Talabalar dastlab taqdimot slaydlari tomosha qilib o’qituvchi tomonidan tushuncha oladilar. Oldilariga tarqatilgan laboratoriya ko’rsatmasidagi masalalarni yechilish tartibi bilan tanishib chiqadilar. So’ng mono, di va poliduragay chatishtirishga ta’luqli masalalarni sharti bilan tanishib, ularni tartib bilan birin-ketin echimini topgan holda laboratoriya daftarlariga yozib chiqadilar.
Mono, di va poliduragay chatishtirishga ta’luqli masalalarning yechilish tartibi quyidagicha:
1).Pomidor o’simligida mevasining qizil rangda bo’lishi sariq rangi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Qizil mevali pomidor o’simliklari sariq mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o’simliklarning hammasi qizil mevali bo’lgan. F2 da olingan o’simliklarning 520 tasi qizil va 174 tasi sariq mevali bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning va F1, F2 o’simliklarning genotipini aniqlang. F1 o’simliklari gomozigotali qizil mevali va sariq mevali o’simliklar bilan chatishtirilsa, FB da o’rganilayotgan belgining irsiylanishi bo’yicha qanday natija olish mumkin?
Masalaning yechilishi:
Belgi Gen qizil sariq
P ♀ AA X ♂ a a Qizil rang A g A a
Sariq rang a
F1 Aa - qizil rangli pomidor
qizil qizil F2AA - qizil rangli pomidor
P ♀ Aa X ♂ Aa Aa - qizil rangli pomidor
g A, a A, a Aa - qizil rangli pomidor
aa - sariq rangli pomidor
Nisbat 3 : 1
2).No’xat o’simligida donning sariq rangli bo’lishini dominant A geni, yashil rangli bo’lishini retsessiv a geni, donning silliq shaklda bo’lishini dominant B geni va donning burishgan bo’lishini retsessiv b geni belgilaydi. Quyidagi genotipga ega bo’lgan no’xat o’simliklarini chatishtirishdan olingan keyingi avlod o’simliklarning genotipini va fenotipini aniqlang.
5) P ♀ AaBb X ♂ AaBb
g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab
F1
♂
♀
AB
Ab
aB
Ab
AB
AABB
s.s. 1
AABb
s.s. 2
AaBB
s.s. 3
AaBb
s.s. 4
Ab
AABb
s.s. 2
AAbb
s.b. 5
AaBb
s.s. 4
Aabb
s.b. 6
aV
AaBB
s.s. 3
AaBb
s.s. 4
aaBB
ya.s. 7
aaBb
ya.s. 8
ab
AaBb
s.s. 4
Aabb
s.b. 6
aaBb
ya.s. 8
aabb
ya.b. 9
F1da olingan genotipik F1 da olingan fenotipik Fenotipik
sinflar sinflar sinflar
nisbati
1. AABB q 1 sariq, silliq (s.s.)
2. AABb q 2 sariq, silliq (s.s.) s.s. A -B -q 9
3. AaBB q 2 sariq, silliq (s.s.)
4. AaBb q 4 sariq, silliq (s.s.)
5. AAbb q 1 sariq, burishgan (s.b.) s.b. A -bb q 3
6. Aabb q 2 sariq, burishgan (s.b.)
7. aaBB q 1 yashil, silliq (ya.s.) ya.s. aaB - q 3
8. aaBb q 2 yashil, silliq (ya.s.)
9. aabb q 1 yashil, burishgan (ya.b.) ya.b. aabb q 1
Genotipik sinflar nisbati 1 : 2 : 2 : 4 : 1 : 2 : 1 : 2 : 1
Fenotipik sinflar nisbati 9 : 3 : 3 : 1
3).Quyida keltirilgan genotiplar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi?
1) CCDDKK; 2) CCDdkk; 3) CcDdKK; 4) CcDdKk; 5) CcDdKkLl
Masalaning yechilishi:
1) CCDDKK q CDK (gomozigotali bo’lgani uchun faqat bir tipdagi gametalarni hosil qiladi).
2) CCDdkk q CDk, Cdk (monogeterozigotali bo’lgani uchun ikki tipdagi gametalarni hosil qiladi).
3) CcDdKK q CDK, CdK, cDK, cdK ( digeterozigotali bo’lgani uchun to’rt tipdagi gametalarni hosil qiladi).
4) CcDdKk q CDK, CDk, CdK, cDK, Cdk, cDk, cdK, cdk ( trigeterozigotali bo’lgani uchun sakkiz tipdagi gametalarni hosil qiladi).
5) CcDdKkLl q tetrageterozigotali bo’lgani uchun o’n olti tipdagi gametalarni hosil qiladi. Gameta hosil bo’lishining uch xil yo’lini ko’rib o’tamiz:
a) CcDdKkLl q CDKL, CDKl, CDkL, CdKL, cDKL, CDkl, CdKl, CdkL, cDKl, cDkL, cdKL, Cdkl, cDkl, cdKl, cdkL, cdkl.
b) CDKL CdKL cDKL cdKL
CDKl CdKl cDKl cdKl
CDkL CdkL cDkL cdkL
CDkl Cdkl cDkl cdkl