Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə8/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#184473
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Amaliy uchun ko\'rstama

Kerakli jihozlar: Kompyuter prosessori, ekran, Allel genlarning o’zaro ta’sir xillari – to’liq, to’liqsiz, kodaminantlik va ko’p allellik xodisasi xaqidagi taqdimot slaydlari.
Ishning bajaralish tartibi: Talabalar ekranda namoyish qilingan taqdimot slaydlari va 4-laboratoriya ishi ko’rsatmasidagi allel genlarning o’zaro ta’sir xillari bilan tanishib chiqadilar. Ular quyidagilar:
1). To’liq dominantlik;
sariq donli sariq donli
P ♀ Bb X ♂ Bb
g B, b B, b
F1 BB, Bb, Bb bb
3 1
sariq yashil
F1 da o’rganilayotgan belgi bo’yicha ajralish sodir bo’ladi. F2 da ikkita fenotipik sinf hosil bo’ladi - sariq donli va yashil donli o’simliklar. Ularning nisbati 3 : 1. F2 da 3 ta genotipik sinf hosil bo’ladi:
- dominant gomozigotali BB sinf;
- geterozigotali Bb sinf;
- retsessiv gomozigotali bb sinf.
Genotipik sinflar nisbati 1 : 2 : 1
Fenotipik sinflar nisbati 3 : 1
2). To’liqsiz dominantlik;
qora patli tovuqlar oq patli xo’rozlar bilan chatishtirilganda, F2 da chipor patli jo’jalarning olinishi va F2 da 1 : 2 : 1 nisbatda qora, chipor va oq patli jo’jalarga ajralish berishi bu belgining to’liqsiz dominantlik qilish qonuniyati asosida irsiylanishidan dalolat beradi.
qora oq chipor chipor
P ♀ AA X ♂ aa P ♀ Aa X ♂ Aa
g A a g A, a A, a
F1 Aa - chipor F2 AA Aa Aa aa
1 qora 2 chipor 1 oq
3). Kodominantlik irsiylanishda odatdagi dominant-retsessiv tarzidagi o’zaro ta’sir kuzatilmaydi. Genotipdagi har xil ikki allel o’zaro faoliyat ko’rsatib, o’ziga xos belgining irsiylanishini ta’minlaydi. Kodominantlikka misol qilib ABO tizimiga kiruvchi odamlarda qon gruppasining irsiylanishini ko’rsatish mumkin. Odamlarda to’rt xil qon gruppalari mavjud: O (I), A (II), B (III), AB (IV). Qon gruppalari I genining uch tipdagi allellari - IA, IB, IO tomonidan boshqariladi. I qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - OO; II qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - AA yoki AO; III qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - BB yoki BO. Dominant A va B allellariga ega bo’lgan odamlarda A va B allellari o’zaro birgalikda IV (AB) qon gruppasini belgilaydi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin