Masalalarning sharti: 1). G’o’za o’simligining cheklanmagan shoxli (S) bo’lishi cheklangan shoxli (s) bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Cheklanmagan shoxli g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 50% i cheklanmagan shoxli va 50% i cheklangan shoxli o’simliklar bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang. 2).Onasi ikkinchi gruppa va otasi birinchi gruppa qonga ega bo’lgan bolalarning qon gruppalari qanday bo’ladi? Onasi birinchi qon gruppasiga va otasi ikkinchi qon gruppasiga ega bo’lgan oiladagi bolalar faqat onasining qon gruppasiga ega bo’lishi mumkinmi? Qay vaqtda faqat otasining qon gruppasiga ega bo’ladi?
3).G’o’za o’simligida hosil shoxlarining cheklanmagan tipda bo’lishi (S) cheklangan bo’lishi (s) ustidan va gullarining sariq rangi (U1) och sariq rangi (u1) ustidan to’liq dominantlik qiladi. Cheklanmagan shoxli, sariq gulli g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 372 ta o’simlik olingan bo’lib, ularning 88 tasi cheklanmagan shoxli, sariq gulli; 94 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 92 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 98 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo’lgan. Cheklanmagan shoxli, sariq gulli o’simliklar o’zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin? 4).a)Odamlarda ko’zning jigarrang bo’lishi ko’k rangi ustidan va o’ng qo’l bilan ishlashga layoqatlik(o’naqaylik) chap qo’l bilan ishlashga layoqatlik (chapaqaylik) ustidan to’liq dominantlik qiladi.a) ota-onasi digeterozigotali bo’lgan bolalar ko’z rangi va qaysi qo’l bilan ishlashga layoqatlik bo’yicha qanday fenotipga ega bo’ladi? b) otasi ko’z rangi bo’yicha geterozigotali va chapaqay, onasi esa ko’k ko’z, lekin ikkinchi belgi bo’yicha geterozigotali bo’lsa, shu oilada tug’ilgan bolalar qanday fenotipga ega bo’ladi?
Xar bir masalanning echimi uchun xulosa yozishni unutmang.