Ishning bajarilish tartibi: Talabalar dastlab jins tiplari tasvirlangan jadval, jinsiy xromosomaga birikkan genlar va jins birikkan holda belgilarning irsiylanishiga ta’luqli slaydlar bilan ekranda tanishib chiqadilar.
Jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishiga ta’luqli masalalarning yechilish tartibi: Drozofila pashshasida urg’ochi jins gomogametali va erkak jins geterogametali hisoblanadi. Drozofila pashshasida ko’zning qizil bo’lishini ta’minlovchi gen (A) dominant bo’lib, u X xromosomada joylashgan (XA). Shu genning retsessiv alleli – a geni ko’zning oq bo’lishini ta’minlab, u ham X xromosomada joylashgan (Xa). Qizil ko’zli urg’ochi pashshalar qizil ko’zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi qizil ko’zli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi?
Masalaning yechilishi:
Qizil ko’zli pashshalar XAXA yoki XAXa genotipga ega bo’lishi mumkin. Masalaning shartiga ko’ra qizil ko’zli pashshalar xuddi shunday pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi qizil ko’zli bo’lgan. Bunday natijani faqat chatishtirish uchun olingan urg’ochi pashshalarning genotipi XAXA bo’lgan taqdirdagina olish mumkin. Agar ularning genotipi XAXa bo’lganda, keyingi avlodda qizil ko’zli pashshalar bilan birga oq ko’zli pashshalar ham ajralib chiqishi kerak edi:
1) P ♀ qizil X ♂ qizil 2) P ♀ qizil X ♂ qizil
XAXA XAY XAXa XAY
g XA XA, Y g XA, Xa XA, Y
F1 XAXA, XAY F1 XAXA, XAXa, XAY, XaY
qizil qizil qizil qizil qizil oq
Chatishtirish uchun olingan qizil ko’zli pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkin. Chunki, erkak pashshalar geterogametali bo’lgani sababli ularning ko’zi qizil bo’lishi uchun genotipi XAY bo’lishi kerak. Urg’ochi pashshalarning genotipi faqat XAXA bo’lgan taqdirdagina keyingi avlodda ko’z rangi bo’yicha ajralish ketmaydi.
Jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishiga ta’luqli masalalar. 1) Qizil ko’zli urg’ochi pashshalar qizil ko’zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan pashshalarning 75% i qizil ko’zli va 25% i oq ko’zli bo’lgan. Lekin oq ko’zli pashshalarning hammasi erkak pashshalar bo’lgan. Olingan natijalarni genetik jihatdan izohlab bering. Qizil ko’zli pashshalarning necha foizi erkak pashshalar bo’ladi? 2).Oq ko’zli drozofila pashshalari qizil ko’zli pashshalar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan pashshalarning necha foizi qizil ko’zli va necha foizi oq ko’zli bo’ladi? 3). Qizil ko’zli, uzun qanotli drozofila pashshalari o’zaro chatishtirilganda keyingi avlodda quyidagi natijalar olingan:
3G’4 qizil ko’zli, uzun qanotli urg’ochi pashshalar;
1G’4 qizil ko’zli, kalta qanotli urg’ochi pashshalar;
3G’8 qizil ko’zli, uzun qanotli erkak pashshalar; 3G’8 oq ko’zli, uzun qanotli erkak pashshalar; 1G’8 qizil ko’zli, kalta qanotli erkak pashshalar; 1G’8 oq ko’zli, kalta qanotli erkak pashshalar.
O’rganilayotgan belgilar qanday irsiylanadi? Chatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniqlang. 4). Kanareykalarda patning yashil bo’lishini belgilovchi B geni va jigarrang bo’lishini ta’minlovchi b geni jins bilan birikkan holda nasldan - naslga o’tadi. Boshida kokilning bo’lishini belgilovchi C geni va kokilsizlikni belgilovchi c genlari autosomada joylashgan. Yashil, kokilli kanareyka xo’rozi jigarrang, kokilsiz kanareykalar bilan chatishtirilganda, F1, F2va har ikkala FB da qanday natija olish mumkin? Teskari chatishtirish o’tkazilsachi?
Xar bir masalanning echimi uchun xulosa yozishni unutmang.