Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə22/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#184473
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Amaliy uchun ko\'rstama

18. Amaliy mashg`ulot.
Mavzu:Odam jinsiy xromosomasiga bog‘liq holda belgilarning irsiylanishiga doir masalalar echish.
Odamlarda klassik gemofiliya (qon ivimasligi) kasalligi retsessiv gen – h tomonidan boshqariladi va bu gen X-xromosomada joylashgan. Ota –ona sog‘lom. Ammo ularning yolg‘iz farzandi gemofilik bo‘lgan. Otaonalardan qaysi bir bolaga gemofiliya kasalligining genini bergan? Masalaning yechilish. Belgi Gen Gemofiliya h Sog‘lom H Kasallik retsessiv X-xromosoda joylashgan.
Masalani yechishda talabalar shu narsag e’tibor berishlari kerakki, ota o‘zidagi X-xromosomani qiz bo‘lasiga o‘tkazadi. Onaning X-xromosomasalaridan biri qiziga, ikkinchisi o‘g‘liga o‘tadi. Demak, o‘g‘il bola o‘zidagi X-xoromosomani onasidan olgan. Otada yolg‘iz X-xromosoma bo‘lganli va masalaning shartiga ko‘ra, sog‘lom bo‘lganligi sababli uning genotipini XHY tarzida yozishimiz mumkin. Ona sog‘lom, ammo o‘g‘il gemofilik bo‘lgan taqdirda kasallik geni X-xromosoma orqali o‘g‘ilga o‘tgan. Ona fenotipik sog‘lom, ammo gemofiliya kasalligining genini tashuvchi hisoblanadi. Shularga asoslanib turib ota-ona genotiplarini yozamiz. P. ♀ X HX h x ♂ X HY sog‘lom, ammo gen tashuvchi sog‘lom. g: XH XH Xh Y F1: XHXH , XHXh , XHY, XhY sog‘lom sog‘lom gen tash. sog‘lom gemofilik 50-masala. Ukasi gemofilik bo‘lgan sog‘lom erkak ukasi gemofilik bo‘lgan sog‘lom ayol bilan turmush qurgan. Bu oilada gemofilik farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi qanday? 51-masala. Gemofiliya bilan kasallangan erkak sog‘lom ayol bilan turmush qurgan. Bu oilada tug‘ilgan o‘gil va qizlar voyaga yetgach, boshqa sog‘lom shaxslar bilan oila quradilar. Nevaralarda kasallik namoyon bo‘ladimi, yo‘qmi? O‘g‘il va qizlarning oilalarida kasal farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi qanday? 52-masala. Gemofilik erkak otasi gemofilik bo‘lgan sog‘lom ayol bilan turmush qurgan. Bu oilada sog‘lom farzandlarning dunyoga kelish ehtimolligi qanday?

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin