Masalalarning sharti: 1). Makkajo’xori o’simligida donning sariq bo’lishi (A) oq bo’lishi (a) ustidan va donning silliq shakli (B) burishgan shakli (b) ustidan to’liq dominantlik qiladi. A va B genlari bitta xromosomada joylashgan. Ularning retsessiv allellari a va b shu xromosomaning gomologida joylashgan. Sariq, silliq donli o’simliklar oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 va F2 da o’rganilayotgan belgilar bo’yicha qanday genotip va fenotipga ega bo’lgan o’simliklar olish mumkin? F1 o’simliklari oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o’simliklarning genotip va fenotipi qanday bo’ladi? 2). Sariq, silliq donli makkajo’xori o’simliklari oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilgan. Lekin, duragay chatishtirish o’tkazilishiga qaramay, F2 da olingan o’simliklarning 75 % i sariq, silliq donli va 25 % i oq, burishgan donli bo’lgan. Tajriba takrorlanib, ko’p miqdordagi o’simliklar o’rganilganda ham natija o’zgarmagan. Nima uchun F2 da nazariy jihatdan fenotip bo’yicha 9:3:3:1 nisbatda emas, balki 3:1 nisbatda ajralish ketgan? Sababini tushuntiring. 3). Sariq, silliq donli makkajo’xori o’simliklari oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da don rangi bo’yicha xilma-xillik kuzatilgan. Bunda olingan o’simliklarning 46 % i sariq, silliq; 46% i oq, burishgan; 4 % i sariq, burishgan va 4 % i oq, silliq donli bo’lgan. Chatishtirish uchun va chatishtirishdan keyin olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
4). Sariq, silliq donli makkajo’xori o’simliklari oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 45,5 % i sariq, silliq; 45,5 % i oq, burishgan; 4,5 % i sariq, burishgan va 4,5 % i oq, silliq donli bo’lgan. Barcha o’simliklarning genotipini aniqlang.
Xar bir masalanning echimi uchun xulosa yozishni unutmang.
13. Amaliy mashg’ulot. Mavzu:Genetik va sitologik xaritalarni yasash usullari bilan tanishish