Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə13/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#184473
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Amaliy uchun ko\'rstama

10. Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Xromosomalarning molekulyar tuzilishini va autosoma, jinsiy xromosomalarni farqlashni o’rganish.
Maqsad: Birlamchi belbog’ga nisbatan xromosoma xillari, ularning morfologiyasi, autosoma va jinsiy xromosomalarni farqlash, xromosom kartalari bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter prosessori, ekran, xromosomalarning morfologiyasi, odam kariotipi tasvirlangan va autosoma, jinsiy xromosomalar tasvirli slaydlar, mikroskop va xromosom tuzilishiga ta’luqli tayyor preparatlar, qaychi va kley.
Ishning bajarilish tartibi: Talabalar dastlab xromosom tasvirlari bo’lgan, odam kariotipi tasvirlangan slaydlar va xromosom tuzilishiga ko’ra guruhlarga ajratilgan odam kariotipi slaydi bilan tanishib chiqadilar.
Xar biri ikki kishidan iborat talabalarning guruhlari odam kariotipidagi xromosomalarni foto nusxasini qaychi yoramida kesib olib, laboratoriya daftarlariga xromosom guruhlari bo’yicha kley yordamida yopishtirib chiqadilar.
Talabalar mikroskop yordamida tayyor preparatlardagi xromosomalarning tuzilishi bilan tanishib chiqib, ularning tasvirini laboratoriya daftarlariga chizib oladilar.
Laboratoriya mashg’ulotida olgan bilimlariga muvofiq tegishli xulosa qiladilar.


11. Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Belgilarning to‘liq birikkan holda irsiylanishiga doir masalalar yechish va ularni tahlil qilish
Maqsad: T.Morganning xromosom nazariyasiga muvofiq belgilarni jins bilan birikkan holda irsiylanishi va jins tiplarini farqlashni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter prosessori, ekran, jinsiy xromosomaga birikkan genlar va ular nazorat qiluvchi belgilar tasvirlangan taqdimot slaydlari (drozofilla pashshasi misolida), jins bilan bog’liq belgilarni irsiylanishiga doir masalalarni yechilish tartibi aks etgan slaydlar.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin