1-MAVZU: SIRDARYO VILOYATI IQLIMI
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar
Viloyat iqlimi hosil bo’lishidagi asosiy omillar .
Tabiiy sharoiti
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, umumgeografik qonuniyatlar, ishlab chiqarish kuchlari, fanning predmeti va ob’ekti, tamoyillari, tadqiqot usullari.
Iqlimi kontenental, qish sovuq, yoz issiq va quruq bo’ladi. Viloyatning shimoli-g’arbiy qismi ochiq bo’lganidan Arktika havo massasi bemalol kirib keladi va natijada qish oylari harorat pasayib ketadi, yanvar oyining o’rtacha harorati -1-3 gradus. Vegetatsiya davrida haroratning yig’indisi 4300-5000 gradusga yetib, paxta kabi issiqsevar o’simliklarning o’sishi uchun imkon tug’uladi. Iyul oyida o’rtacha 27oC-29oC haroratlarning yillik o’rtach amplitudasi 30oC ga yetadi. Viloyatda qish faslida bazan harorat pasayib eng past darajada -28o -35oC ga tushadi, yozda esa eng yuqori darajada 41o-47o C ga yetadi. Viloyatda 38-55 kun davomida 0o dan past bo’ladi. 261-272 kun davomida harorat 5odan yuqori bo’ladi. Yog’in miqdori 250-300 mm ni tashkil etadi. Agar yillik yog’in 100% deb olsak, 41-42 % bahorga, 21-35 % qishga, 18-28 % kuzga, 6-12 % yozga to’g’ri keladi. Oylar ichida eng ko’p yog’in mart-aprel oylariga to’g‘ri kelib, 81-130 mm ni tashkil qiladi. Yog’inning bir qismi qor shaklida ham tushadi.
Viloyatda yil bo’yi asosan shimoliy - sharqiy va shimoliy g’arbiy tamondan shamol esib turadi. Shamolning o’rtacha tezligi sekundiga 1,5-4,2 m ga yetib, janubiy sharqida (Xovos yaqinida) bahor va qish fasllarida Farg‘ona vodiysi tomonidan ancha kuchli shamol esadi. Ba’zan bu shamolning tezligi sekundiga 40 m ga yetadi. Shamol tezligi va yo’nalishini xisobga olib mintaqa Yangiyer shaxri hamda Xovos tumanlarida tibbiy xizmat birmuncha cheklanadi, mazkur hududda yuqumli kasalliklar dispanserlari va sixatgohlar qurilishi salbiy natija berib, kasalliklar tarqalib ketishiiga sabab bo’lishi mumkin.
Viloyatda vegetatsiya davri uzun bo’lib, u 210-228 kunga yetadi. Iqlimining issiqligi, vegetatsiyaning uzoqligi issiqsevar ekinlar yetishtirish uchun qulay. Asosiy suv resurslariga Sirdaryo kiradi va u hudud yerlarini sug’orishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |