«Ekologiya va geografiya» kafedrasi.
Sirdaryo viloyati geografik o’rni hamda tabiiy sharoiti
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar
Viloyat tarixi.
Tabiiy sharoiti
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, umumgeografik qonuniyatlar, ishlab chiqarish kuchlari, fanning predmeti va ob’ekti, tamoyillari, tadqiqot usullari.
O’zbekiston Respublikasining har bir mintaqasi bir biridan o’ziga xos tabiiy sharoiti va tabiiy resurs xususiyatlariga ko‘ra farq qilishi barchamizga ma’lum. Ular ko’plab xizmat ko’rsatish tamoqlarining hududiy joylashuvida katta ahamiyatga ega. Sirdaryo viloyati Mirzacho’l iqtisodiy rayonining shimoli-sharqiy hududini egallagan holda o’ziga xos mavqega ega. Bu holat Toshkent viloyati, Zarafshon va Farg’ona vodiylariga qo’shniligi, magistral transport yo’llarining o’tganligi bilan baholanadi. Shuningdek, uning shimoldan janubiy Qozog’iston, janubdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradoshligi geosiyosiy joylashuv jihatdan qulayliklarni yuzaga keltiradi.
Ma’lumki, Buyuk ipak yo’lining ma’lum qismi bugungi Sirdaryo viloyati orqali yo’nalgan bo’lib, sharqni g‘arb bilan bog‘lagan. Xalqaro aloqa tarmog'ining mazkur hudud orqali o’tishi, o’sha davrlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli darajada ta’sir ko’rsatgan. Karvon yoʻllarida joylashgan aholi punktlari karvonlarga savdo va turli xizmatlar koʻrsatish tufayli gullab-yashnagan va rivojlangan. Xozirgi kunda ushbu viloyatning Xovos tumanida Buyuk ipak yo’lidan qolgan karvonsaroylar mavjud. Viloyat hududidagi eng qadimiy shaharlardan biri ham Xovos hisoblanadi. Bu shahar davrlar silsilasida buzilib, vayronaga aylanib, ko’milib ketgan. Endilikda uning o’rnida tuman markazi yaqinida joylashgan mahobatli Xovostepa yodgorligi qad rostlab turibdi. Shahar qadimda katta hududni egallagan. Hozirgi kunda uning 1 gektardan ziyod ark qismi, shahristonning 11 gektarlik qismi tepalik ostida vayron holda saqlanib qolgan. Shahristonning ba’zi o’rinlari va rabotlari yo’q bo’lib ketgan. Xovos nihoyatda qadimiy shaharlardan biri bo’lib, u kamida 2400-2500 yillik tarixga ega. Shuning uchun u nafaqat Sirdaryo viloyatidagi, balki mamlakatimizdagi ko’hna shaharlardan biri, deb e`tirof etildi.
Tarixchilarning ma’lumotlariga ko’ra, Xovosda 28 ta tabarruk qadamjo bo’lgan. Endilikda ulardan 12 tasi saqlanib qolgan.
Mazkur hududdan oqib o’tuvchi, Oʻrta Osiyoda hududida ikkinchi oʻrinda turadigan, Sirdaryo daryosi qadimgi davrlardan dehqonchilik va chorvachilik uchun shakllangan anʼanaviy madaniyatlar chegarasi vazifasini bajargan. Shu boisdan ham Sirdaryoning har ikki sohilida qadimdan mustahkam qal’alar, shaharlar shakllangan. Qadim zamonlardan beri bu hudud Sugʻd, Dovon va Shosh madaniyatlari uchburchagining muhim bogʻlovchi zanjiri hisoblanib kelgan. Arxeologik tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, Turkiston togʻ etaklari hududida tosh davridan beri aholi yashab kelgan. O’sha paytlarda odamlar asosan turli suv manbaalari bo’yida uylar qurishgan.
Suv balansining o’zgarishi aholining sobiq yashash joyining yo’qolishiga yoki boshqa joyga ko’chishiga sabab bo’ldi. Suv manbalarining tanqisligi aholi sonining ko’payishiga va ular uchun boshpanalarning yaratilishiga ta'sir ko’rsatdi.
Zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”da Sirdaryo “Danu” nomi bilan, yunon mualliflari asarlarida “Yaksart” va “Tanais”, xitoy manbalarida “Yaasho”, arab yilnomalarida “Sayxun”, Oʻrta asrlarda esa “Sirdaryo” nomi bilan atalgan.
Mirzachoʻl togʻ oldi hududlari janubiy qismida sunʼiy sugʻorish asosida aholi uchun boshpanalar tashkil etilgan va bu hududda arxeologik yodgorliklar guruhining shakllanishiga xizmat qilgan. Vohada sunʼiy suv manbalarining yoʻqligi va oʻtgan asrlarda inson faoliyatining taʼsiri natijasida arxeologik yodgorliklar tarqoq holda topilgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda Xovos viloyatining gʻarbiy qismidagi Qangʻ davlati tarkibiga kirgan. Shoʻrbuloqsoyning quyi qismida eski Xovos, Shirinsoyning quyi qismida Munchoqtepa yodgorligi shakllangan.
Viloyat tarixi haqida guvohlik beruvchi yodgorliklardan biri Sardoba tumani hududida joylashgan Sardoba yodgorligidir. Sardoba forscha (sard –sovuq, zah hamda ob –suv) «muzdek suv» degan ma`noni anglatadi. Sardobalar karvon yo’llarida qurilgan va ipak yo’ladagi karvonlarni suvga bo’lgan ehtiyojini qondirgan. Ular hanuzgacha o’z jozibadorligini yo’qotmagan va ichki hamda tashqi turizmni rivojlantirishning asosiy obyektlaridan hisoblanadi (2.1.2-rasm). O’tgan asr tarixchilarining yozishicha, yog‘ochli sardobasi yaqinida karvonsaroy hamda bog‘-rog‘lar bo’lgan. Sardoba gumbazsimon ko’rinishga ega. U nihoyatda sifatli g‘ishtdan qurilgan. G‘ishtlar kvadrat shaklida bo’lib, ularning hajmi 25x25x5sm dir. Gumbazning ichki diametri 15 metr, balandligi 12 metrni tashkil etadi. Ichki qismida 2 metr balandlikda yopiq, uyasimon tuynuklar joylashgan. O’tgan asrda sardoba ichida yevropaliklar tomonidan quduq qazilgan. Ushbu quduqning devorlari yog‘och bilan o’ralgan. Sardoba devorining qalinligi pastki qismida 1,5 metrni tashkil etsa, yuqoriga ko’tarilgan sari yupqalashib boradi. Eng yuqori qismida uning qalinligi bir g‘isht ko’rinishida bo’ladi. Suvning aynib qolmasligi uchun sardobada uchta maxsus ventilyasion tuynuklar o’rnatilgan. Gumbazning yuqori qismi ham shu maqsadda ochiq qoldirilgan. Shu sababli ham sardoba suvi muzdek, toza va tiniq bo’lgan. Ushbu yodgorlik ko’plab sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. Mazkur tuman butun respublikani bog’lab turuvchi magistral yo’lga tutash hududda joylashganligi hamda Samarqand, Buhoro Xiva kabi tarixiy shaharlarga tashrif buyuruvchi sayyohlar mazkur mashrutda harakatlanishini va Sardoba gumbaziga tashrif buyuruvchi mahalliy hamda chet el sayyohlari salmog’ini hisobga olinsa mintaqada ko’plab xizmat turlarini yaratishga zamin yaratiladi.
Viloyat tabiiy jihatdan Sirdaryoning o’rta qismidagi qayir va ko’hna qayirlarni o’z ichiga olib, geologik jihatdan G’arbiy Tyanshan va Turkiston megoantiklinali orasidagi sinklinalda joylashib, so’ngra Sirdaryo va uning doimiy hamda vaqtli irmoqlari keltirgan jinslar bilan to’ldirilgan. Viloyat hududi Al’p tektonik jarayoni ta’sirida G’arbiy Tyanshan tog’ tizmasining qayta ko’tarilishi tufayli neogenning yuqori (Poliotsenda) qismida quruqlikka aylangan bo’lib, asosan allyuvial jinslardan tashkil topgan, chunki Sirdaryo Farg’ona vodiysidan chiqib tarmoqlarga bo’linib, Mirzacho’lda bir necha joylarda oqqan. Shuning uchun ham viloyatni Sirdaryoning ko’hna qayirlarida joylashgan desa ham bo’ladi. Bu yerdagi Sho’razak, Sardoba, Qorauy, Yog’ochota, va boshqa botiqlar Sirdaryoning qadimiy o’zanlaridir.
O’rganilayotgan hudud relef xususiyatiga ko’ra oddiy tuzilgan bo’lib, Viloyat janubiy qismida (Xovos-Jizzax temir yo’li yaqinida) dengiz sathidan balandligi 373-385 metr baland bo’lsa, Guliston shahrida 276 metr, Sirdaryo shahrida 240 metr metr balandlikdadir. Re’lefidagi yana muhim xususiyat Sirdaryo sohillarida daryoga parallel holda yo’nalgan bo’ylama berk botiqlarning bo’lishidir. Bu botiqlar Sirdaryoning qadimiy o’zanlari bo’lib hozir quruq vodiylarga yoki sho’rxok yoki botqoq yerlarga aylangan, eng past yerlar Sirdaryo qayirlariga to’g’ri keladi. Yer yuzasi tuzilishiga ko’ra shimol, shimoliy g’arbga nishab bo’lib, bir necha qoldiq o’zanlar (Yog’ochota, Yettisoy, Sardoba, Sho’razak, Qorauy, va bosh.) bor, ular orasida eng ko’tarilgan yerlar mavjud. Bu baland yerlarni Boyovut, Mirzaobod, Erijar massivlari deb yuritaladi. Boyovut massivi Sirdaryo bilan Yettisoy botig’i oralig’ida joylashgan, Mirzaobod Yog’ochota va Sardoba botig’i orolig’ida, Erijar esa Sho’razak va Sirdaryo botig’i orolig’ida joylashgan. Bu massivlar nisbatan baland bo’lganidan yer osti suvlari chuqurda, tuprog’i yaxshi, Mirzacho’lda o’zlashtrilgan va o’zlashtrilayotgan yerlar asosan o’sha massivlarga to’g’ri keladi. Mazkur massivlar tabiiy sharoitidan kelib chiqib hududda butali mevazorlarga anor, behi, uzum kabi mevalarni, hamda poliz ekinlalardan qovun, tarvuz va qovoq yetishtrish yuqori samara beradi. Bu o’z navbatida mintaqada ushbu mahsulot turlarida chakana savdoni jadallashtrish bozorlar tashkil etish hamda agroturizmni rivojlantrish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |