4-MAVZU: VILOYAT AHOLISI VA MEXNAT RESURSLARI Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar Viloyat aholisi soni zichligi, yosh va jins tarkibi
Mehnat resurslari
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, umumgeografik qonuniyatlar, ishlab chiqarish kuchlari, fanning predmeti va ob’ekti, tamoyillari, tadqiqot usullari.
Sirdaryo viloyati 1963 - yil 16 - fevral kuni tashkil etilgan. 2022-yil holatiga ko’ra tarkibida 8 ta tuman, 3 ta shaxar hamda 267 ta qishloq aholi punktlari mavjud.
O’rganilayotgan viloyat hududida respublikaning 3% aholisi yashaydi biroq, bu yerda aholi zichligi yuqori, o’rtacha zichlik 205 kishiga teng. Viloyat markazi Guliston shaxri aholi soniga ko’ra Respublikamizda eng so’ngi o’rinda bormoqda
Ijtimoiy infratuzilma bevosita aholi ehtiyoj va talablariga qaratilgan. Xizmat ko’rsatish infratuzilmasi aholiga xizmat qilar ekan, ijtimoiy geografik tadqiqotlarda aholining o’sishi, joylanishi milliy etnik va yosh tarkibini taxlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi hamda ishlab chiqarishning joylashuvi bir biri bilan aloqador bo’lib, hududlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
So’ngi yillarga kelib mintaqa aholisining o’sishi birmuncha jonlanganligini ko’rish mumkin, 2008-2014-yillarda o’rtacha 12,3 ming kishidangina ko’payib borib, o’rtacha yillik ko’payish 1,60 foizni tashkil qilib, 2014-2020-yillarda esa o’rtacha 13,7 mingdan ko’payib 13,7 foizga yetgan. Bu ko’rsatgish mamlakatimiz aholisi o’sish surati bilan teng. Viloyat aholisi ko’payishi uzoqroq tarixiy demografik davr olinsa o’sish sur’atlari yuqori bo’lmagan. Chunonchi, 1989-2014 –yillar mobaynida 8,8 ming kishidan oshib borgan holos.
Hudud aholisining bunday o’sib borishi uning tabiiy va mexanik harakatiga bog’liq bo’lgan. Mintaqada tug’ilish koeffisentining avvalgi 30 yillikka nisbatan birmuncha oshganini ko’rishimiz mumkin. Jumladan u 2008- yilda 24,3 promilliga teng bo’lgan , 2013-yilda esa 21,9 ni, 2021-yilga kelib 26,5 promillini tashkil qilmoqda. Bu ko’rsatgich Qashqadaryo, Surxandaryo, Xorazm kabi viloyatlar ko’rsatgichlaridan pastroqdir.
Tug’ilishning umumiy koiffisenti Oqoltin tumanida 29,5 Mirzaobod tumanida 29,0 Guliston va Sardoba tumanlarida 27,2 promilliga, Boyovut va Xovos tumanlari hamda Yangiyer shaxrida o’rtacha 26,5, Sirdaryo tumanida 25,5 markaz Guliston 24,3 promilliga teng bo’lib hududiy tafovutlar unchalik katta emas. Viloyatda o’lim ko’rsatgichi ancha past; 2021-yilda viloyat bo’yicha 4,8 promillini tashkil etgan holda, bu ko’rsatgich tumanlar doirasida Sardoba 3,9. Mirzaobod 4,0, Oqolotin va Mirzaobod tumanlarida 4,3, Sayhunobod va Xovos tumanlarida 4,5 va 4,4 promillidan, Guliston 4,7, Sirdaryo 5,1 promilli bo’lgan holda eng yuqori Yangiyer 5,5 hamda Guliston shaxrda 6,04 promilli qayd etilgan.
Sirdaryo viloyati aholisi tabiiy ko’payishi tug’ilish darajasidagi hududiy xususiyatlarga ega. Bir yilda u 21,7 promilli foizda - olinsa 1,7 foizni tashkil qilib, viloyat aholisining real ko’payish suratlari 1,0 foizdan ortiqroqni tashkil qilayapdi xolos. Aytish lozimki, Sirdaryo viloyati aholisi migratsiya natijasida shakllangan respublikamizdagi yagona mintaqa xisoblanadi. XX asr boshlarida bu hududga rus fuqarolari ko’chib kelishgan. Bu holat bir qator yashash hududlarining ruscha nomlanishiga sabab bo’lgan..
Ma’lumki o’tgan asrning 50-yillari oxiridan boshlab Mirzacho’l dashtini kompleks o’rganish dasturi amalga oshirish boshlangan. Shu maqsadda biroz muddatdan so’ng alohida viloyat tashkil etilgan va unga ma’muriy markaz sifatida bo’sh hududda Yangiyer shaxri barpo etilgan. Arxitektor A. Zotov loyihasi bo’yicha, 1956 –yilda qurilish ishlari boshlangan. Ammo, bu loyiha to’liqligicha samara bermadi, bunga oddiy geografik omil, ya’ni Xovos shamoli sabab bo’ldi. Oqibatda yangi barpo bo’layotgan Sirdaryo viloyati ma’muriy markazi sifatida Guliston shaxri tanlandi.
Yangi dashtni o’zlashtrish maqsadida respublikamizning aholisi zich joylashgan viloyatlaridan aholi ko’chib keltirilgan. Bu yerga eng ko’p respublikamiz vodiy viloyatlaridan asosan dehqonlar oilalari bilan ko’chib keltrilgan. Mirzacho’lni o’zlashtrish jarayoninig keyingi bosqichlarida Samarqand viloyatidan ham aholi ko’chirib keltrilgan.
So’ngi yillarda mintaqa aholisi birmuncha serqatnov yan’i migratsion faol: 2021-yilda viloyatga, har 1000 kishiga nisbatan xisoblaganda 9,9 kishi kelgan, 11,5 kishi ketgan, migratsiya qoldig’i eng so’ngi 2021-yilda ijobiy bo’lgan. Ko’chib kelish yuqoriligi, ayniqsa, Guliston shaxrida 22,1 %, Yangiyer 10,6, hamda Mirzaobod tumani 9,3% va Guliston tumani 10,5 % ni tashkil qilmoqda. Shirin shaxri va viloyatning qolgan oltita tumanida aholining ko’chib ketish holati nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Shuningdek Boyovut, Sirdaryo va Sardoba tumanlarida migratsiya qoldigining manfiy ko’rsatgichlari ko’zga tashlanadi. 2021-yil yakunlariga ko’ra eng katta musbat migratsion qoldiq Guliston shaxri hamda markazga yaqin bo’lgan tumanlarga tegishli (jadval).
Viloyatda bugungi kunda 5 ta shaxar (ularning 3 tasi viloyatga bo’sunuvchi shaxarlar) va 25 ta shaxarcha mavjud. Ularda jami aholining 42,6 % isteqomat qiladi. Vaholanki, respublikamiz o’rtacha urbanizatsiya darajasi 50,6 % ni tashkil qilganligini hisobga olganda ancha past. Respublikada urbanizatsiya darajasi bo’yicha, Samarqand, Buhoro, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlaridan oldinda ya’ni 8 - o’rinda bormoqda.
Mintaqada shaxarchalar soni 2009-yilda mamlakatimizda yuz bergan “ma’muriy urbanizatsiya” tufayli ortib borgan. Viloyatda mavjud shaxarchalar soni bo’yicha, Guliston tumani peshqadamlik qilmoqda (5ta), Boyovut Sirdaryo va Sayhunobod tumanlarida (4 tadan), Oqoltin tumanida 3ta, Xovos hamda Mirzaobod tumanlarida 2 tadan shaxarchalar mavjud. Ayni paytda Sardoba tumanida bironta qishloq aholi punkti shaxarcha moqomiga sazovor bo’lmagan. Aytish lozimki, yangicha agroshaxarlar soni Sirdaryo viloyatida unchalik ko’p emas: bu borada respublikamizda oxirgi o’rinda.
Sirdaryo viloyatida 257 ta qishloq aholi punkti bo’lib- bu respublikamizda eng past raqam hisoblanadi. Bu yerda har bir qishloq punktiga o’rtacha 1816 kishi to’g’ri keladi. Viloyat qishloqlari o’rtacha kattalikdagi qishloqlar bo’lib, ular avval boshdanoq maxsus reja va shaxarsozlik qoidalari asosida qurilgan. Shuning uchun viloyat qishloqlariijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlanganligi respublikamizning qadimdan o’zlashtrilgan hududlaridan ijobiy xususiyatlari bilan farq qiladi. Takidlash joizki viloyatda ijtimoiy infratuzilma obektlari biroz eskirgan, bazi hududlarda bu tizim hozirgi zamon talab darajasiga deyarli javob bermaydi.
Viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi birmuncha pastligi uning urbanizatsiya jarayonida ham o’z aksini topgan. Mintaqada bironta “yuz minglik” ya’ni katta shaxar yo’q va bu borada respublikamiz geosiyosiy tizimida yagona xisoblanadi. Markaz Guliston shaxri ham bu darajaga yetisha olmagan. Xozirgi kunda Guliston shaxrida 93,4 ming, Yangiyerda 45,3 Shirin shaxrida esa 19 ming aholi yashaydi. Takidlash lozimki so’ngi o’n yilda Guliston shaxri aholisi deyarli o’n ming kishiga ko’paygan, boisi shaxar ijtimoiy infratuzilmasinining yaxshilanib borishi, bir qancha oliy o’quv yurtlarining shaxarda tashkil etilganligi xisobga olinsa, katta ehtimol bilan yaqin 5 yilda respublikamiz katta shaxarlari qatoridan joy olishi mumkin. Viloyat shaxarlari va shaxarchalarida ishlab chiqarishni hududi tashkil etish, xududiy mujassamlashuvni rivojlantrish hamda aholiga xizmat ko’rsatish infratuzilmasini qator omillarni xisobga olgan holda tashkil etishni talab qiladi. Shuningdek viloyat aholisi o’z mohiyatiga ko’ra boshqa hudud aholisiga qaraganda o’zining yuqori darajada tadbirkorligi bilan ajralib turadi. Boisi aholi migratsiya natijasida shakllangan., ma’lumki migratsiya “tanlovchanlik” ya’ni “terib olish” xususiyatiga ega.
Xizmat ko’rsatish infratuzilmasini rivojlanishi va hududiy tarkibini foydalanish hamda aholi bandlik darajalariga ahamiyat beriladi. Ushbu jarayonni tadqiq etish orqali xizmat ko’rsatish sohalarida, mehnat resurslaridan foydalanish imkoniyatlari vujudga kelishi mumkin.
Viloyatda mehnatga layoqatli aholi soni 2020-yilda 484,5 ming kishini tashkil etib, unda Qishloq o’rmon va baliq xo’jaligida 277,4 ming, Tog’ kon sanoatida 0,3 ming, Ishlab chiqarish sanoatida 37,8 ming, Elektro energiya va gaz taminotida 4,3 ming, Suv bilan ta’minlash hamda kanalizatsiya, chiqindilarni yig’ish va utilizatsiya qilishda 0,8 ming, qurulishda 48,2 ming, ulgirji va chakana savdo, transport vositalarni ta’mirlashda 34,1 ming, Tashish va saqlash xizmatida 13 ming, Yashash va ovqatlanish 6,4 ming, Axborot va aloqa 1 ming, moliya va sug’urta xizmatida 2 ming, ko’chmas mulk bilan bog’liq xizmatlarda 0,8 ming, proffisional, ilmiy texnik faoliyatda 2,0 ming, Boshqarish bo’yicha faoliyat va yordamchi xizmatlar ko’rsatish 2,5 ming, davlat boshqaruvi va mudofaa, majburiy ijtimoiy ta’minot 18,4 ming, Talimda 29,7 ming, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish 21,4, San’at va dam olish 3 ming, boshqa turdagi xizmatlarda esa 23,6 mingta aholi band. Usbu raqamlardan ko’rinib turibdiki, Ushbu abzastda sohalar boyicha bandligi ifodalanadi va ko’proq xizmatlar soxasiga urg’u beriladi.
Mintaqa aholisining ko’p millatliligi qisman yuqorida aytib o’tilgan demografik omillarga bog’liq. Bu yerda O’zbeklardan tashqari, qozoq, tojik, rus, tatar, va boshqa millat vakillari yashaydi.
Ma’lumki, aholining joylashish xususiyatlari kelgusida hududlar bo’yicha ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni qay tarzda olib borish muhimligini ko’rsatib beradi. Demak viloyat xizmat ko’rsatish tarmoqlarini rivojlantrishda, aholi zichligi, yosh, jinsiy va milliy tarkibini taxlil qilish ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur taxlillar natijasida demografik jarayonlarni xisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish infatuzilmasini hududiy tashkil etishning kelajak istiqbollarini bashorat qilishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston aholisi tarkibida doimo bolalar va o’smirlar salmog’i yuqori bo’lib kelgan. Tadqiq etilayotgan hududda ham respublikamiz boshqa viloyatlari kabi bu holat yaqqol ko’zga tashlanadi. Viloyat aholisi salmog’ida 2020-yil holatiga ko’ra 18 yoshgacha bo’lganlar (293979 ming ta) 34,9 % ni qamrab olgan, Vaholanki, aholini yosh guruhlari bo’yicha taxlil qilish xizmat ko’rsatish infratuzilmasini hududiy tashkil etishda muhim omil sanaladi. Masalan, ta’lim va tibbiy xizmat ko’rsatish, maktabgacha ta’lim muassasalarini umumta’lim maktablari hamda pederatiriya xizmatlarini tashkil etishda mazkur yoshdagi salmog’iga asosiy urg’u beriladi. Shu bilan birga 18-40 yoshgacha (340172 ming ta) 39,5%, 40-60 yoshgacha (167324) 19,4%, 60 yoshdan yuqori aholi ulushi esa (59448) 6,9 % tashkil qilmoqda. Ushbu yosh guruhlari taxlili ham xizmat turlarini