Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi sirdaryo viloyati geografiyasi


-MAVZU: VILOYAT XO’JALIGIGA UMUMIY TAVSIF



Yüklə 388,24 Kb.
səhifə7/18
tarix29.03.2023
ölçüsü388,24 Kb.
#90907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Sirdaryo viloyati

5-MAVZU: VILOYAT XO’JALIGIGA UMUMIY TAVSIF
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar

  1. Viloyat sanoati

  2. Transporti va qishloq xo’jaligi


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, umumgeografik qonuniyatlar, ishlab chiqarish kuchlari, fanning predmeti va ob’ekti, tamoyillari, tadqiqot usullari.
Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarish kuchlari, boshqa xududlardan farq qilgan xolda, asosan so’ngi yuz yilda shakllana boshlagan. Hozirgi kunda u ko’proq qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan rayon hisoblanadi. Viloyat yalpi xududiy maxsulotining 60 % dan ortig’ini qishloq xo’jaligi beradi
Viloyat mamlakatimiz va iqtisodiy rayon hududiy mehnat taqsimotida asosan qishloq xo’jalik mahsulotlariga, jumladan, paxta, poliz ekinlari, don va boshqa mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan. Xo’jaligi, asosan hududiy agro-industrial majmua shakliga ega. 2020-yil yakunlariga ko’ra, Sirdaryo viloyati O’zbekistan yalpi ichki maxsulotining 2,1 foizini bergan, uning sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 9.3 dir. Qishloq xo’jaligining xududiy mujassamlashuv ko’rsatkichi ancha yuqori, ya’ni 3,3 foizga teng bo’lib eksportdagi ulushi 2.1, investitsiyalar 3,6 % ga teng.
Iqtisodiy o’sishning yuqori sifatini ta'minlashning asosiy vazifasi resurslardan foydalanishda yuqori samaradorlikni, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishni, aholi daromadlarini oshirishni va turmush sharoitini yaxshilashni nazarda tutadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun aholi hayotida sodir bo’layotgan o’zgarishlarga muvofiq xizmat ko’rsatish sohasini izchil rivojlantirish va xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashni taqazo qiladi. Xizmat ko’rsatish sohasi so’nggi yillarda iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylandi
Viloyat sanoati, ko’proq mintaqaning ixtisoslashgan tarmog’i qishloq xo’jaligi, asosan, paxtachilik bilan chambarchas bog‘liq. Jumladan, qurilish materiallari va don mahsulotlari ishlab chiqarish, paxta tozalash, yog’ ishlab chiqarish kabilar ayni shu yetakchi tarmoq bilan birgalikda alohida ishlab chiqarish majmuasini shakllantiradi. Viloyatdagi yirik Shirin shaxrida joylashgan Sirdaryo IES respublikamizda eng yirik elektr Sanoat geografiyasida yaxshi rivoj topgan…………Bu yerda Xitoy Xalq Respublikasi bilan xamkorlikda qurilayotgan “Peng sheng” qo’shma korxonasi katta axamiyatga ega. Sayxunobod tumanining xissasi 12,7 %, Oqoltin, Guliston, Boyovut tumanlarining ulushlari xam ko’zga tashlanadi. Nisbatan past ko’rsatkichlar esa Xovos xamda Mirzaobod tumanida kuzatiladi.
Xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarishda xam xududiy tafovutlar deyarli shunday; ularning 45,6 foizi Sirdaryo tumani, 16,4 foizini Guliston shahri beradi. Shuningdek, Sayxunobod tumanining mavqei xam birmuncha yuqoriroq. Viloyat sanoatining xududiy tashkil qilinishida Guliston shaxrini sanoat markazi sifatida ajratish mumkin. Shuningdek, Sirdaryo, Yangiyer shaxarlari xam xuddi shunday maqomga ega. Bu shaxarlarda mintaqaning yirik sanoat korxonalari: yog‘-moy va qurilish materiallari korxonalari joylashgan. Aholi soni bo’yicha birmuncha kichik sanoat markazlari qatorida Shirin va Baxt shaxarlari turadi. Yuqoridagilardan tashqari, Sirdaryo shaxridagi sut zavodi va qurilish materiallari korxonalari, tibbiyot sohalari uchun momiq-paxta, doka, bint, dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni xam qayd etish joiz. Sirdaryo viloyati respublikamizning asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan va shu maqsadda tashkil etilgan ma’muriy hududi hisoblanadi. Bunday sharoitda, eng avvalo, mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash, paxta yakka hokimligini yo’qotish, ishlab chiqarishning yuqori texnologik pog’onalarini tashkil qilishdek jiddiy vazifalar paydo bo’ldi.
Cho’l sharoitida ijtimoiy infratuzilma tizimini mukammal yaratish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kabi aholiga xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishi ayniqsa muhimdir. Viloyat hududida yashovchi aholi qachondir boshqa tuman va viloyatlardan ko’chib kelgan, binobarin, ularning muqim yashashi va rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish katta axamiyatga ega bo’lib aholi turmush darajasini yaxshilash va kichik biznesni rivojlantrishrish samaralidir. Chakana savdo aylanmasining salmog‘i bo’yicha Guliston shaxri hamda Sirdaryo tumanlari yetakchilik qilmoqda, Yangier shaxri hamda Sardoba va Boyovut tumanlarining ulushi ham nisbatan yuqoriroq. Pullik xizmatlarning xam qishloq tumanlari va shaharlari bo’yicha taqsimlanishi turlicha, bunda Guliston shaxrining mavqei yanada yuqori - 58,6 %. Ushbu soha mintaqada o’ta markazlashganligi ko’rishimiz mumkin. Viloyat markazidan tashqari pullik xizmatlar hajmi Sirdaryo tumanida ham bir muncha kattaroq ulushga ega (10,6 %). Ammo aholining jon boshiga xisoblaganda mutlaqo boshqacha xulosalarga kelish mumkin. Bunda, Sardoba tumanida bu ko’rsatkich eng past ekanligi aksincha Guliston shaxrida u eng yuqorigi ko’rishimiz mumkin.
Ijtimoiy infratuzilma aholining shaxsiy kundalik ijtimoiy maishiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi sharoitlar va tarmoqlar yig’indisidan iborat tizimdir.
Ko’pgina mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasidan olinadigan foyda yalpi ichki mahsulotning o’sishiga olib keladi, bu esa har qanday mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
Respublikamiz boshqa viloyatlari kabi Sirdaryo viloyati ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi davriga kirdi. Ijtimoiy rivojlanishning asosiy sababi ehtiyojlarning o’sishidir. Ijtimoiy ehtiyojlarni to’loqonli qondirish xizmat ko’rsatish sohalari sifati va ko’lamini oshirishni taqazo qiladi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda ehtiyojlar ortib borishi bilan birga, ularning tarkibi, tuzilishi, ustuvor yo’nalishlari, sifat mazmuni o’zgaradi, yangi ehtiyojlar paydo bo’ladi, eskilari esa yo’qoladi. Aholining hayot darajasi ortib borar ekan tobora sifatli xizmat turlariga ham ehtiyojning oshishi kuzatiladi.

4-jadval



Yüklə 388,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin