Keys–stadi (ingl.sase–
to‘plam, aniq vaziyat, stadi-o‘qitish)–amaliy o‘qitish
vaziyatlarmetodi.
Keys-stadi - o‘qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta‘lim
maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish
jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda
ta‘minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan
o‘qitish texnologiyasidir.
Ushbu metod o‘quvchilarni quyidagilarga undaydi:
•
muammoni shakllantirishga;
•
amaliy vaziyatni tahlil qilish va baholashga;
•
muammo echimini eng maqbul variantini tanlashga.
O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasini tanlashni ikki asosiy dalil belgilaydi:
1. Keysning hajmi (qisqa, o‘rtacha miqdordagi, katta)
2. O‘quv topshirig‘ini taqdim etish usuli:
-
savolli ( savollar keysdan keyin keltiriladi)
-
topshiriqli (topshiriq keys kirish qismining oxirida keltiriladi)
MUAMMOLI MASALA VA VAZIYaTLAR METODI Muammoli masala va vaziyatlar metodi- ta‘lim beruvchining muammoli vaziyatlarni
yaratishga va ta‘lim oluvchilarning faol bilish faoliyatlariga asoslangan. U aniq vaziyatni tahlil
qilish, baholash va keyingi qarorni qabul qilishdan iborat.
Muammoli masala va vaziyatlar metodidan foydalanish orqali nazariya amaliyot bilan
bog‘lanib, o‘rganilayotgan material ta‘lim oluvchilar uchun yanada muhimligi ortadi.
Muammoli masala va vaziyatlar metodi pedagogik texnologiyasining chizmasi 17-rasmda
keltirilgan.
Muammoli topshiriq faktlarni o‘rganish yoki real hayotdan olingan vaziyat va ba‘zi
insonlarning qiziqarli qarashlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Ta‘lim beruvchi o‘quvchilarga
berayotgan topshiriq qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar muammoli xarakterga ega bo‘lishi zarur