Ochiq (bevosita) O‘quv loyiha usulini qo‘llash jarayonida pedagogning vazifasi quyidagilardan iborat: loyiha
topshirig‘ini ishlab chiqish, o‘quvchilarga axborotni yig‘ishda yordam berish, axborot manbai
sifatida ishtirok etish, jarayonni boshqarish, ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash, uzluksiz
ravishda qaytar aloqa usullarini qo‘llash, maslahat berish.
KLASTER (klaster-tutam, bog‘lam)-axborot xaritasini tuzish yo‘li- barcha tuzilmaning
mohiyatini umumlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni
yig‘ish asosida aniq biror mazmunni
keltirib chiqaradi.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro
bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va keng jalb qilishda yordam beradi.
Klasterni tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma 1.
Katta qog‘oz varag‘i markazida kalit so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat mavzu nomini aylana
ichiga yozing.
2.
Kalit so‘z bilan birlashdigan yon tomoniga kichkina hajmdagi aylana- ―yo‘ldoshcha‖
ichiga mavzu bilan aloqador so‘z yoki so‘z birikmasini yozing. Ularni chiziq bilan ―bosh‖ so‘zga
bog‘lang.
3.
Ushbu ―yo‘ldoshcha‖larda ―kichik yo‘ldoshlar‖ ham bo‘lishi mumkin, ular ichiga yana
so‘z yoki iboralar yozib ajratilgan vaqt tugagunga qadar yoki g‘oyalar tugamagunga qadar
davom ettiriladi.
TOIFALI JADVAL –ma‘lumotlarning umumiy jihatlaridan aynan o‘ziga xos tomonlarini
ifodalab, ma‘lumotlarni birlashtirishni ta‘minlaydi.
Tizimli
fikrlash,ma‘lumotlarni
tarkiblashtirish
va
tizimlashtirish
ko‘nikmasini
rivojlantiradi.
Toifali jadvalni tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma 1.
O‘quv axborotni o‘ziga xosjihat (toifa)larini ajrating.
2.
Jadvalning birinchi gorizontal qatoriga ajratilgan toifalarni yozing, toifalar tagiga ya‘ni
ikkinchi qatorga ushbu toifaning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiruvchi axborotni kiriting.
Diqqat qiling!
116
Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o‘zgarishi mumkin. Yangilari paydo bo‘lishi
mumkin.