Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

5.2.-jadval 
Kvartira ijarasi bo’yicha transaktsiya xarajatlari 
 
Xarajat mazmuni 
Xarajat shakli 
Ijaraga topshiriladigan kvartiralar, uy-joy bozoridagi narxlar 
haqidagi axborotni qidirib topish xarajatlari: maxsus nashrlarni xarid 
qilish va e‘lonlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar yoki rieltorlik firmasiga 
murojaat etish; 
Pul shaklidagi xarajatlar 
va vaqt sarflari; 
Tanlangan kvartiralar mulkdorlari bilan ijaraning alohida 
shartlari haqida muloqatlar olib borish xarajatlari; 
Vositachi sarflari va vaqt 
sarflari; 
Tanlangan kvartiralarni borib ko‘rish jarayonida uy-joy sifatini 
baholash xarajatlari 
Vositachi 
zimmasiga 
yuklatish mumkin bo‘lgan vaqt 
sarflari va transport xarajatlari 
Ijara shartnomasini yuridik rasmiylashtirish, uni notarial 
tasdiqlash xarajatlari; 
Pul shaklidagi xarajatlar; 
Mulkdorning ijara shartlarini o‘zgartirish (ijara to‘lovini 
oshirish) bo‘yicha opportunizmni oldini olish xarajatlari; 
Vaqt va asab sarflari;
Mulkdor ijarachiga kvartirani saqlab turish yuzasidan e‘tiroz 
bildirgan va G‘ yoki shartnomani muddatidan oldin buzishni 
xohlagan taqdirda shartnoma amal qilishi muddatiga berilgan 
foydalanish huquqini himoya qilish xarajatlari 
Vaqt sarflari va sudga 
murojaat etish bilan bog‘liq pul 
shaklidagi xarajatlar 
Shunday qilib, uy-joyni ijaraga olishda yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlarini miqdoriy 
baholashga yo vositachilik firmalarining daromadlarini tahlil qilish, yoki o‘rtacha soatlik ish haqiga 
ko‘paytirilgan bevosita pul xarajatlari va vaqt sarflarini qo‘shish yordamida erishish mumkin.
Transaktsiya xarajatlarining ko‘plab turlari bevosita kuzatilmaydi va shuning uchun bunday toifa 
xarajatlar hajmi statistik qiyin o‘lchanadi. 
Insonlar hamma vaqt, hech qanday xarajatlarni qilmasdan, natijada ishlab chiqarish qiymati oshishi 
uchun huquqlarni qo‘lga kiritish, bo‘lish va o‘rin almashtirish to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin. Bu 
―nol darajali transaktsiya xarajatlari‖ deb yuritiladi va bu huquqiy chegaralarga bog‘liq hisoblanadi.
Nol darajali transaktsiya xarajatlarida ishlab chiqaruvchi shartnomaga pirovard natijada ishlab 
chiqarish qiymatini oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsani kiritadi. Agar transaktsiya xarajatlari 
mavjud bo‘lmasa, firmaning faoliyat ko‘rsatishi uchun hech qanday iqtisodiy asos bo‘lmaydi. 
Qandaydir baland transaktsiya xarajatlariga ega bo‘lgan aniq holatda shartnomalarning ko‘pchiligi 
tuzilmaydi va amalga oshirilmaydi. Chunki ularni ijro etishdan keladigan foyda xarajatlarga qaraganda 
ancha kam bo‘ladi. Shu tariqa, transaktsiya xarajatlari amalga oshiriladigan transaktsiyalar soniga ta‘sir 
ko‘rsatadi (transaktsiya – shartnoma shaklidagi bitim). Shularni inobatga olganda korxonalar nisbiy 
ustunligini oshirish uchun transaktsiya xarajatlarini tejash imkoniyatlarini qidirish zarurdir. 
Mikrodarajada turli xususiy tashkiliy tuzilmalarda xarajatlarni tahlil etishda quyidagi tamoyillar 
qo‘llanilishi lozim: 
Transaktsiya (bitim-shartnoma) – bu tahlilning bazaviy birligi. 
Har qanday muammoni, bevosita yoki bilvosita shartnomaviy muammo, deb qarab, uni transaktsiya 
xarajatlarini kamaytirish nuqtai nazaridan o‘rganish foydalidir. 
Transaktsiya xarajatlarini tejashga turli transaktsiyalarni ularni boshqarish tuzilmalariga 
tabaqalashtirilgan tarzda biriktirish yo‘li bilan erishiladi. 
Tashkiliy tuzilmani tanlash muqobil variantlarni qiyosiy institutsional baholash asosida kechadi. 
Mikrodarajada transaktsiya xarajatlari – bu korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq 
bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Bunda quyidagi xarajatlar, ya‘ni shartnoma loyihasini tuzish, 
muzokaralar yuritish va kelishuv kafolatlarini ta‘minlashda yuzaga keladigan xarajatlar, shuningdek 
shartnomani samarasiz moslashtirish, unga tuzatish kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnomani amalga 
oshirish bo‘yicha tanlangan yo‘lda qaytish, shartnomadagi xatolar va kutilmagan tashqi nizolar natijasida 
yuzaga keladigan xarajatlar farqlanish lozim. 


34 
Shuni inobatga olgan holda, iqtisodiyotda institutlarni shakllantirishda, ular faoliyatini 
samaradorligini oshirishda transaktsiya xarajatlari asosiy rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan13 
O.Uilyamsonning quyidagi xulosasi diqqatga sazovor: ―moddiy va xomashyolarga kam xarajatlar bilan 
ko‘p mahsulotlar ishlab chiqaradigan jamiyat emas, balki mahsulotni ishlab chiqarishda transaktsiya 
xarajatlari ulushi past bo‘lgan jamiyat yutuqga ega bo‘ladi‖.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin