Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

(
murakkab utilitarizm, 
ratsional maqsadli fe‘l-atvor, depersonifikatsiyalangan ishonch, empatiya, legalizm) yig‘indisini 
tashkil etadi.
 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Iqtisodiyot konstitutsiyasi tushunchasining mohiyatini sharhlang. 
2.
Agar buyruqbozlik iqtisodiyoti hatto surunkali taqchillik mavjud bo‘lganda ham 
barqaror holatda turuvchi tizimni o‘zida namoyon etgan bo‘lsa, u holda o‘tish iqtisodiyotining 
tub beqarorligining sabablari nimada? 
3.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining unsuri hisoblangan utilitarizm normasi utilitarizmning 
bozor normasidan nima bilan farq qiladi? 
4.
Amerikalik mashhur siyosatshunos va iqtisodchi Frensis Fukuyama o‘zining so‘nggi 
kitoblaridan birida bozor iqtisodiyotidagi ko‘tarilish va pasayishlarni uning sub‘ektlari 
o‘rtasidagi ishonch orqali ko‘rib chiqadi. Bunday yondashuv qanchalik asosli? 


31 
5-mavzu. Transaktsiya va transformatsiya xarajatlari hamda ularni tahlil qilishga nisbatan 
yondashuvlar 
 
Reja 
Transaktsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Kouz-Uilyamson yondashuvi
Transformatsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Nort yondashuvi 
Transaktsiya xarajatlarini optimallashtirish tajribasi 
Tayanch so’z va iboralar:
transaktsiya xarajatlari, Kouz – Uilyamsonning transaktsion 
yondashuvi, Nort yondashuvi, Transformatsiya xarajatlari, muloqot tuzish xarajatlari, o‘lchash xarajatlari. 
1.
 
Transaktsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Kouz-Uilyamson 
yondashuvi 
Tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi iqtisodiyot sub‘ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) faoliyati 
jarayonida mulkchilik huquqni almashishi (shartnomalar asosida mahsulotni sotish yoki sotib olish va shu 
kabi boshqa holatlarda), boshqa shaxslar tomonidan mulkga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir 
etilgan sharoitlarda uni himoya qilish yoki iqtisodiy islohotlar jarayonida avval faoliyat yuritib turgan 
institutlarni va normalarni yangilari bilan almashtirish zaruriyati yuzaga keladi. Shunday vaziyatlarda 
tadbirkor yoki davlat tomonidan turli xarajatlar qilishiga zarurat paydo bo‘ladi. Bunday xarajatlar xorijiy 
manbalarda ―transaktsiya xarajatlari‖ tushunchasi bilan yuritiladi va u institutsional iqtisodiyot 
nazariyasining tarkibiy qismlaridan biri sifatida institutlar bilan bir qatorda uning kategoriyasi 
hisoblanadi. 
Transaktsiya xarajatlari tushunchasi bilan bir qatorda transformatsiya xarajatlari tushunchasi ham 
mavjud bo‘lib, ushbu tushunchalarni to‘g‘ri anglab etish ularni tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega. 
Transaktsiya xarajatlari tushunchasini qo‘llagan holda dastlabki tadqiqotlar R.Kouz [42] tomonidan 
firmalar faoliyatini tahlil qilish uchun o‘tkazilgan. Bunga 1960-yillarda sanoati rivojlangan etakchi 
mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi sabab bo‘lgan. Yagona xo‘jalik tizimini 
yaratishga bo‘lgan intilish, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, mulkning yangi turlari, masalan 
intellektual mulkning paydo bo‘lishi, mulk huquqlarining alohida vakolatlarga bo‘linib ketishi – 
bularning barchasi transaktsiya xarajatlarining sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi. 
Transaktsiya xarajatlari nazariyasi doirasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarni mikro va 
makrodarajalarga bo‘lish mumkin. Mikrodarajada gap jarayonlarni korxona (firma), alohida iqtisodiy 
sub‘ektlar darajasida tahlil qilish haqida, makrodarajada esa umuman iqtisodiy tizimni tahlil qilish haqida 
boradi. Ushbu tahlil qilish belgisiga muvofiq transaktsiya xarajatlari nazariyasida ikkita yondashuv 
mavjudligini izohlash mumkin: birinchisi, Kouz – Uilyamsonning transaktsion yondashuvi (barqaror 
faoliyat ko‘rsatuvchi institutlarni tahlil qilish uchun) va ikkinchisi Nortning transformatsion yondashuvi 
(institutsional o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun). 
Bunday yondashuvlar o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda transformatsion 
jarayonlarning institutsional jihatlarini tadqiq etish imkonini beradi. Xususan birinchi yondashuvni davlat 
va xususiy mulkchilik tuzilmalarining samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, norasmiy institutlarning 
shakllanish jarayonlarini, jamiyat va iqtisodiyotning kriminallashuvini izohlash uchun, ikkinchi 
yondashuvni esa buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishning institutsional sabablarini, 
o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda islohotlar jarayonlarining borishi va natijalarini tahlil 
qilish uchun qo‘llash mumkin. 
Transaktsiya xarajatlarini iqtisodiy tahlilga kiritish, R.Kouzning fikriga ko‘ra, bozorga qarama-
qarshi bo‘lgan firma kabi o‘zini-o‘zi ongli ravishda nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan ―orolchalari‖ning 
mavjud ekanligini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan.
O‘zining ―Firma tabiati‖, deb nomlangan maqolasida (1937) R.Kouz transaktsiya xarajatlarini 
―narxlar mexanizmidan foydalanish xarajatlari‖, ―ochiq bozorda almashuv transaktsiyalarini amalga 
oshirish xarajatlari‖ yoki ―bozor xarajatlari‖ sifatida belgilagan. Keyinchalik ―Ijtimoiy xarajatlar 
muammosi‖ maqolasida (1960) R.Kouz ―bozor transaktsiya xarajatlari‖ iborasidan foydalangan. Ularning 
mohiyatini u quyidagicha ifodalagan: ―bozor transaktsiyasini amalga oshirish uchun kim bilan bitim 
tuzish ma‘qulligini aniqlab olish, kim bilan va qanday shartlarda bitim tuzishni istayotganligi haqida 


32 
barchaga ma‘lum qilish zarur, dastlabki muzokaralarni o‘tkazish, shartnomani tayyorlash, shartnoma 
shartlarining bajarilishiga ishonch hosil qilish uchun ma‘lumotlarni yig‘ish va hokazolar‖12. 
Ammo, iqtisodiyot adabiyotida ―transaktsiya xarajatlari‖ iborasi mustahkam o‘rin egallagan. Bunda 
transaktsiya xarajatlariga berilgan quyidagi ta‘rif keng tarqaldi: ―transaktsiya xarajatlari – axborotni 
yig‘ish va qayta ishlash xarajatlari, muzokaralar olib borish va qarorlar qabul qilish, shartnomaning 
bajarilishini nazorat qilish va yuridik himoyalash xarajatlari‖. 
Ilmiy manbalarda berilgan ta‘riflarga muvofiq transaktsiya xarajatlarini quyidagi tarzda tasniflash 
mumkin: 
1) axborotni izlash xarajatlari (narxlar, mavjud tovarlar, etkazib beruvchilar va iste‘molchilar 
to‘g‘risida axborotni yig‘ish va qayta ishlash uchun sarflangan vaqt); 
2) muzokaralar olib borish xarajatlari; 
3) almashuvga kirgan tovarlar va xizmatlarning miqdori va sifatini o‘lchash xarajatlari; 
4) tafsirlash va mulkiy huquqlarni himoyalash xarajatlari; 
5) opportunistik xatti-harakatdan himoyalash xarajatlari, bunda bitim shartlarini buzuvchi yoki bir 
tomonlama foyda olishga yo‘naltirilgan noinsoflik xatti-harakat tushuniladi. 
Transaktsiya xarajatlarini tasniflashga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Tasniflashni bitimni 
tuzish bosqichlariga muvofiq amalga oshirgan ma‘qul. O.Uilyamson transaktsiya xarajatlarini bitim 
tuzilguncha va bitim tuzilganidan so‘ng yuzaga keladigan xarajatlar, deya ta‘riflaydi. Agar sherikni 
qidirib topish, manfaatlarni muvofiqlashtirish, bitimning bajarilishini nazorat qilish bitim tuzishning 
bosqichlari sifatida ajratilsa, u holda transaktsiya xarajatlarini tasniflash quyidagi 5.1-jadval ko‘rinishga 
ega bo‘ladi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin