Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


-jadval  Iqtisodiyot konstitutsiyalari normalarining guruhlanishi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
4.1.-jadval 
Iqtisodiyot konstitutsiyalari normalarining guruhlanishi
 
Bozor konstitutsiyasi 
Buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasi
Murakkab utilitarizm 
Oddiy utilitarizm 
Ratsional maqsadli fe‘l-atvor 
Mafkuraviy qadriyat ratsionalligi 
Depersonifikatsiyalangan ishonch 
Personifikatsiyalangan ishonch 
Empatiya 
«Sen – menga, men - senga», 
Ijobiy ma‘noda erkinlik 
Qonunga ixtiyoriy bo‘ysunish 
Qonunga tilda buysunish 
2. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur bo‘lgan normalardan biri 
oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ tomonidan o‘z foydaliligini oshirilishi o‘ziga xos 
ravishda namoyon bo‘ladi. Ya‘ni, 
oddiy utilitarizm
- individning samarali faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lmagan holda o‘z foydaliligini oshirishga intilishidir. 
Individ iste‘mol madaniyatidagi oddiy utilitarizm ―kvartira – mashina – dala hovli‖ 
uchligida aks etadi. Individda bunday idealning tarqalishi va qulay hayot sharoitlarini 
ta‘minlashga intilish sho‘rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX asrning 70-80-yillardagi 
o‘ziga xos shaklga ega tendentsiyalar bilan tavsiflanadi. Bunda iste‘molning ma‘lum darajasiga 
erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo‘yicha
emas, balki ma‘lum kasb toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo‘l va 
havo yo‘li transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o‘rtasida bo‘lingan edi. 
Ya‘ni, utilitarizm normasi buyruqbozlik iqtisodiyotida faqat oddiy shaklda – individning 
samarali faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan holda foydalilikni oshirishga intilishi sifatida mavjud 
bo‘lgan. Ikkinchidan, taqchillik sharoitidagi iste‘molda foydalilikni oshirishga intilish navbatda 


27 
turish zarurligi, asabbuzarliklar, ovoragarchiliklar, janjallar (nizolar) tufayli kelib chiqqan yuqori 
ruhiy kechinmalar bilan cheklandi. Buyruqbozlik tizimining bu tavsifi «sabr chegarasi» 
tushunchasi bilan ham izohlanadi. Sabr chegarasi deganda nizolar va keskinliklar jamlanishining 
undan keyin iqtisodiy agentlar shikoyat qila boshlaydigan va norozilik namoyish etadigan 
darajasi tushuniladi. Shunday qilib, buyruqbozlik iqtisodiyotining birinchi normasi 
oddiy 
va
 
cheklangan utilitarizmdan 
iborat. 
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to‘liqsiz ratsional faoliyat 
bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning cheklanganligi va to‘liqsizligi bilan 
shartlangan to‘liqsiz ratsionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va 
taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo‘lmagan – zahiralar 
hajmi, navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma‘lumotlar bilan to‘ldiradilar. Sof 
ko‘rsatkichlarda axborot olish esa, hamma vaqt uni yig‘ish bilan bog‘liq yuqori darajadagi 
xarajatlarni keltirib chiqaradi. Natijada tizimda «nizo», ya‘ni sotuvchilar va xaridorlar 
pozitsiyalarini muvofiqlashtirishda kechikishlar paydo bo‘ladi. Nizo prognozlardagi xatolar
manfaatdor shaxsda boshqa sub‘ektlarning holati va maqsadlari to‘g‘risida axborotning mavjud 
emasligi, manfaatdor shaxsning qaror qabul qilishdagi beqarorligi, o‘zgaruvchan sharoitga 
moslashishdagi o‘ng‘aysizligi shakliga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, to‘liqsiz ratsional faoliyat,
iqtisodiy agent uchun faqat tashqaridan belgilangan maqsadlarga erishish vositalarini tanlash 
erkinligi bilan shartlangan. Mafkura bilan belgilangan partiya-xo‘jalik apparatining mafkuraviy 
maqsadlari reja topshiriqlari shaklini qabul qiluvchi muayyan ma‘muriy va xo‘jalik vazifalariga 
aylanadi. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy sub‘ektlarning faoliyati – 
mafkuraviy qadriyat ratsionalligi normasiga asoslanadi. 
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi bilgan 
shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud bo‘ladi. Har qanday 
ahamiyatli bitimning davlat organiga: partiya, reja, ta‘minot organiga murojaat etish bilan 
bog‘liqligi sababli davlatga ishonmasdan turib, yo‘l tutishning iloji yo‘q. Bunday vaziyatda 
bevosita kontragentga ishonish mutaqo ortiqcha – davlat uchinchi tomon sifatida bitim 
shartlarining bajarilishini kafolatlaydi. Biroq mikrodarajadagi 
ishonch
baribir 
maksimal 
individuallashgan
shaklda mavjud bo‘ladi.
Bu norma ham uy xo‘jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy xo‘jaligining ijtimoiy va 
iqtisodiy hayotida og‘irlik markazining oila-qarindoshchilik tarkibiga, do‘stlar va tanish-
bilishlarga ko‘chiriladi. Masalan, o‘zaro hamkorlik umuman vrach, sartarosh bilan emas, balki 
tanish
vrach yoki sartarosh bilan amalga oshiriladi. Korxonalar xatti-harakatini ham huddi 
shunday ta‘riflash mumkin. Ulardan har biri barqaror sherikchilik doirasiga ega bo‘lib, bunda 
ushbu korxonalar rahbarlari o‘rtasida shaxsiy darajada ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi. 
Ya‘ni, direktorlar o‘rtasida o‘zaro yordam va o‘zaro ishonch tamoyillari asosiga qurilgan 
korporativ munosabatlar shakllanadi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotining navbatdagi bazaviy normasi 
«sen – menga, men - senga»

yoki o‘zaro xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvdir. Taqchil resursni olishning keng 
tarqalgan variantlaridan biriga ko‘ra, iste‘molchi va etkazib beruvchi vaqti vaqti bilan 
vazifalarini almashtirib turadi, ya‘ni ―bugun men po‘lat berib turaman, sen esa ertaga boltdan 
yordam qilib turasan‖. Aynan har qanday barter bitimining asosida «Sen – menga, men - senga» 
normasidan foydalanish yotishiga ishonch hosil qilish mumkin. Hatto, barter almashuvi zanjir 
bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa-da, ushbu normaga lokal va tanish-bilishlar doirasi 
bilan cheklangan xususiyatni yo‘qotish imkonini bermaydi. 
Va nihoyat, 
qonunga bo’ysunish
normasi. Har qanday o‘zaro munosabatning davlat 
nazorati ostida bo‘lishiga qaramay buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida qonunlar partiya 
manfaatlariga bo‘ysungan. Buning uchun rasmiy asos bo‘lmasa-da, partiya qarorlari 
de fakto
qonun kuchiga ega bo‘lgan. Hatto e‘lon qilingan 
de yure
umumxalq mulkchilik shakli ham 
de 
fakto
mulkchilik shakli bilan, xususan, byurokratik organlar – «idoralar» (vazirliklar va idoralar) 
mulki bo‘lgan. Byurokratiyaning bunday o‘zboshimchaligi oddiy fuqarolarning qonunga 
nisbatan munosabatiga aks ta‘sir o‘tkazgan. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida 


28 
iqtisodiy sub‘ektlarning xatti-harakati 
qonunga tilda buysunish
normasi sifatida tavsiflanadi. 
Demak, buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasining asosiy normalari tizimning muvozanatsiz 
holatini barqarorlashtirga xizmat qiladi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin