Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
3. Bozor konstitutsiyasi normalari
Bozor konstitutsiyasi
– bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda muvozanatga erishish 
imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o‘zaro shartlangan normalari yig‘indisini tashkil etadi. 
Bozorlardagi barqaror muvozanat bozor normalaridan foydalanishning natijasi hisoblanadi 
Bozor konstitutsiyasining asosida yotuvchi birinchi norma – 
murakkab utilitarizm
normasi 
bo‘lib, u nafaqat individni o‘zining foydaliligini oshirishga yo‘naltirishni, balki uning olinadigan 
foyda bilan o‘zining samarali faoliyati o‘rtasidagi aloqani anglab etishini nazarda tutadi. 
Ya’ni, 
murakkab utilitarizm
– individ tomonidan o‘z foydaliligining samarali faoliyat asosida 
oshirilishidir. 
 
Murakkab utilitarizm normasi individning ehtiyojlar darajasi va samarali faoliyati 
o‘rtasidagi nomuvofiqlikni istisno etadi.
 
Ba‘zan, bunday nomuvofiqlik yuqori ishlab chiqarish 
salohiyatiga va yuqori mehnat samaradorligiga ega bo‘lmagan mamlakat aholisi o‘rtasida yuqori 
iste‘mol standartlarining tarqalishida yuzaga keladigan «nomuvofiq kutishlar inqiloblari» asosida 
yotadi. Ushbu vaziyatda asosan ommaviy axborot vositalari orqali yuz beradigan yangi iste‘mol 
standartini qabul qilish jamiyatda hukmronlik qiluvchi samarali faoliyat modeliga taalluqli 
bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, qulay sharoitlar mavjud bo‘lganida oddiy utilitarizm foydalilikni 
oshirishni rentani qidirishga aylantirishni nazarda tutadi. Mukammal raqobat vaziyatidan har 
qanday chetga chiqish, almashish (tariflar, kvotalar) uchun cheklovlar o‘rnatilishi oddiy 
utilitarizm sa‘y-harakatlarini rentani qidirishga yoki, boshqacha aytganda, foydaga samarasiz 
yo‘naltirilishga aylantiradi. Individning rentani ko‘paytirishga intilishini normativ cheklash 
sifatida murakkab utilitarizm, ya‘ni individ tomonidan boshqalar ziyoniga emas, balki faqat o‘z 
faoliyati hisobidan yutuqqa erishish mumkinligining tan olinishi muqobil variant hisoblanadi. 
Agar utilitarizm normasi individning maqsadli funktsiyasini belgilasa, 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin