Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

6-Mavzu. Xufyona iqtisodiyot 
 
Reja 
1. Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqishi sabablari 
2. Xufyona iqtisodiyot turlarining tasnifi va uni baholashga nisbatan yondashuvlar
3. Xufyona bozor institutsional tizim sifatida 
4. Jahonda xufyona iqtisodiyot 
 
Тayanch so’z va iboralar
: Xufyona iqtisodiyot, soxta iqtisodiyot, nolegal iqtisodiyot, 
ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot, xisobshga olinmagan iqtisodiyot, mafiya, ―koska‖,
1.
 
Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqishi sabablari 
 
Norasmiy iqtisodiyot bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish iqtisodiyot fanida alohida o‘rin 
tutadi. Bu hol muzkur faoliyatning keng ko‘lamliligi va ayni paytda uning to‘liq hajini o‘lchab 
bo‘lmasligi bilan izohlanadi. 
Xalqaro valyuta fondi (XVF)ning baholariga ko‘ra, 2000-2001 yillarda jahonda xufyona 
faoliyatdan olingan daromad bir yilda 1 trl. dollardan 3 trl.dollargachani tashkil qildi, bu jahon 
yalpi mahsulotining 2 foizidan 3 foizigachasiga teng ko‘rsatkichdir. 
So‘nggi vaqtlarda iqtisodiyotning xufyona sektori iqtisodchilar, sotsiologlar, 
siyosatshunoslarning diqqatini ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda. Xususan, uning paydo bo‘lishi va 
jamiyatda yanada tarqalishi sabablari batafsil tahlil qilinmoqda. Bunda, ayniqsa, chet elda va 
Rossiyada ko‘p sonli adabiyotlarni yuzaga keltirgan yangi institutsional yondashuvning 
qo‘llanilishi eng samarali vosita hisoblanmoqda. 
Yangi institutsional yondashuv asosiy e‘tiborni insonning xo‘jalik faoliyatini belgilab 
beruvchi va cheklovchi ―o‘yin qoidalari‖ bilan iqtisodiy rivojlanish jarayoni o‘rtasidagi 
bog‘liqlikka qaratadi. An‘anaviy neoklassik nazariya, rivojlanish jarayonini tahlil qilayotib, 
ishlab chiqarishni resurslar (er, ishchi kuchi, kapital) sarfi va ishlab chiqarish texnologiyasini 
tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘lovchi tizim sifatida ko‘rib chiqqan 
holda, uni tor ma‘noda ta‘riflaydi. Institutsional yondashuv esa iqtisodiyot bilan iqtisodiy 
almashuvda ―o‘yin qoidalari‖ni belgilab beruvchi institutlar o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikka 
e‘tibor qaratgan holda, ushbu asosiy qoidalarni yanada kengaytiradi. 
Tadbirkorlarning harakatlari o‘rnatilgan ―o‘yin qoidalari‖ga mos kelib, ular bilan 
himoyalansa, iqtisodiyot rasmiy sektorining unsurlari hisoblanadi. Va aksincha, ushbu 
qoidalarga amal qilinmagan hollarda, tadbirkorlar iqtisodiyot xufyona sektorining unsurlari 
sifatida ko‘rib chiqiladi. Boshqacha aytganda, o‘rnatilgan qoidalarga itoatkorlik ―qonuniy‖ 
iqtisodiyotda ishtirok etishning birinchi darajali mezoni hisoblansa, ayni paytda o‘rnatilgan 
qoidalarga amal qilmaslik yoki ularni chetlab o‘tish esa xufyona iqtisodiyotda ishtirok etish 
mezoni hisoblanadi. 
Qonuniy ravishda qayd etilgan huquqlarga ega bo‘lgan almashuvning yuqori darajadagi 
transaktsiya xarajatlari hamma vaqt ham eng samarali mulkdorlarga mulkchilikning zarur 
huquqlariga egalik qilish imkonini bermaydi. Bu hol almashuv umuman sodir 
bo‘lmayotganligini va iqtisodiy agentlar mulkchilik tarkibi nooptimalligicha qolishiga rozi 
bo‘lganligini anglatmaydi. Aksincha, iqtisodiy agentlarning muqobil qarorni qidirishi mulkchilik 
huquqlarini tafsirlashga va ular bilan xufyona, ya‘ni davlatning ishtirokisiz, almashishni tashkil 
qilishga urinishi ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Xufyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda mavjud huquq (qonun) 
normalaridan foydalanishdan bo‘yin tovlash va yozilmagan huquqqa, ya‘ni an‘analar va urf-
odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash 
yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq doirasidan chetga chiquvchi 
mexanizmlariga murojaat etishidan iborat. Mulkchilik huquqlarini dastlabki tafsirlash jarayonida 
davlat uni eng samarali mulkdorlarga bera olmaydigan, huquqlar bilan almashish esa yuqori 


41 
transaktsiya xarajatlari tufayli mumkin bo‘lmagan, taqiqlanadigan darajadagi tang vaziyatdan 
chiqish yo‘li huddi shu tariqa topiladi. 
Mulkchilik huquqlarining oshkora va xufyona tizimlari amalga oshirilishiga ko‘plab 
misollar mavjud. Ma‘muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotida, qonunda mustahkamlangan 
«mulkchilikning umumxalq xususiyati»ga qaramasdan, asosiy huquqlar ham partiyaviy, ham 
ma‘muriy (vazirliklar, yuqori tashkilotlar) buyurokratiya qo‘lida edi. Tegishlicha savdolar va 
bitimlar shaklini hosil qilgan nizolarni hal etishning muqobil mexanizmlari ham mavjud edi, 
bunda almashuv predmeti sifatida nafaqat tovarlar va xizmatlar, balki «jamiyatdagi mavqe, 
hokimiyat va bo‘ysunish, qonunlar va ularni buzish huquqi» va hatto ishlab chiqarish davlat 
rejalari ham ishtirok etgan. 
Perulik olim Ernando de Soto tadqiqotlarida Lotin Amerikasi mamlakatlari misolida 
xufyona iqtisodiyot masalalari jiddiy tahlil etilgan. Ularda davlat sud-huquq tizimi va u himoya 
qiladigan mulkchilik huquqlari almashuvlarning faqat kichik bir qismi mexanizmini 
shakllantiradi. Ularda – chakana savdo, jamoat transporti, qurilish kabi iqtisodiyotning bir qator 
sektorlari faoliyati mulkchilik huquqlarining xufyona tizimiga asoslanadi. Masalan, Peru 
poytaxti Lima shahrida yangi ko‘p qavatli turar joy binosini qurish meriyada ruxsat olishdan 
emas, balki birinchilik tamoyili bo‘yicha qurilish uchun uchastkani egallab olishdan boshlanadi. 
Shu tariqa mulkchilik huquqlarining o‘rnatilishi xufyona qayd etilgan mulkchilik huquqi darajasi 
bilan emas, balki ijtimoiy sanktsiyalar va oddiy huquq bilan himoyalanadi. 
Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish, birinchi navbatda, qonun doirasidagi harakat 
bilan, ya‘ni yuqori transaktsiya xarajatlari bilan bog‘liq. Transaktsiya xarajatlarining tasnifiga 
asoslangan holda, ta‘kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, 
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash 
xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni «qonunga bo‘ysunish bahosi», deya 
ta‘riflaydi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‘yxatga olish, litsenziya olish, 
bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‘lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish 
xarajatlari); 
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‘liq xarajatlar (soliqlarni 
to‘lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng 
kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud 
xarajatlarini to‘lash). 
Ta‘kidlash joizki, qonunga bo‘ysunish bahosi nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni, balki 
u yoki bu tadbirlarni bajarish uchun vaqt sarflarini ham o‘z ichiga oladi. Bunda uning aynan 
ushbu tarkibiy qismi qator holatlarda juda katta bo‘ladi. Masalan, Lima shahrida uy-joyni qurish 
uchun ruxsat olish tadbiri taxminan 4 yilu 1 oy, mayda ulgurji bozorini tashkil qilish uchun 
ruxsat olish 17 yil, kichik do‘konni ochish uchun ruxsat olish 43 kun vaqtni olgan. «Uchinchi 
dunyo» ayrim mamlakatlarida yuridik shaxsni ro‘yxatga olish uchun talab etiladigan xarajatlar 
6.1-jadvalda keltirilgan. 
6.1-jadval. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin