Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

4. Mulkiy xuquqlar 
1. Mulk-egalik qilish. Mulkdor. Egalik qilish ijtimoiy institut sifatida noyob resurslarni 
takroriy etishtirish vazifasi paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga keladi. Dastlab mehnat sharoitlari 
egalik qilish ob‘ekti hisoblanadi. 
2. Mulk-imtiyoz. Monopolist. Vaqti kelib ijtimoiy-iqtisodiy rol ikkita yangi rolga 
bo‘linadi: tabiiy resurslar mulkdorining roli va ishlab chiqaruvchining roli. Egalik qilish huquqi 
foydalanish huquqidan, egalik qilish ob‘ekti esa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektdan ajralib chiqadi. 
«Mulk-imtiyoz» tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu erda mulkdor-monopolistning renta – o‘ziga 
tegishli resurslardan daromad olish huquqiga duch kelamiz. Mulk-imtiyoz aholining ma‘lum 
qismi peshona terisi bilan o‘zining tirikchiligi uchun non topish majburiyatidan ozod bo‘lishi 
uchun imkoniyat, ya‘ni fan, san‘at va harbiy ishni rivojlantirish imkoniyati yaratadi. 
Ishlab chiqaruvchi. Xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi-ishlab chiqaruvchining shaxsiy 
maqsadi o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Ko‘plab xo‘jalik 
yurituvchi sub‘ektlar shaxsiy maqsadlariga erishishga intilish natijasida ijtimoiy ahamiyatga 
molik missiyaning amalga oshishi – jamiyatni takroriy ishlab chiqarish sodir bo‘ladi.
3. Mulk-korxona. Tovar almashuvining rivojlanishi rollarning yangidan bo‘linishiga 
dastlabki tarixiy sabab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining tabiiy huquqi hisoblangan 
mahsulotga bo‘lgan huquq ishlab chiqarish vositalarining mulkdori – xo‘jayinga o‘tadi.
Xususiy mulk majburlashga asoslangan hokimiyatni hamda obro‘ga asoslangan 
hokimiyatni tarixning chetiga siqib chiqaradi. Mulk-korxonaning paydo bo‘lishi bilan birga 
yollanma xodim va xo‘jayin, ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulkchilikdan mahrum etilgan 
va o‘zining mehnat qobiliyatini sotishga majbur bo‘lgan iqtisodiy agent hamda xo‘jalikning 
yangi xili – korxonani tashkil etuvchi iqtisodiy agentning roli paydo bo‘ladi.
Xo‘jayin. Xo‘jayinning shaxsiy maqsadi – qo‘shimcha qiymatni olishdan iborat. Bu uni 
iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beruvchi barcha yangi narsalarni joriy etishga 
undaydi. Xo‘jayin o‘ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy missiya – iqtisodiy faoliyatni ratsionalashtirish 
egasiga aylanadi. 
Yollanma xodim. Xodim – bu faqat o‘zining mehnat qilish qobiliyati uning huquqining 
ob‘ekti hisoblangan individ (ishchi kuchi). Lekin bu qobiliyat, so‘zsiz, uning o‘ziga tegishli, 
ya‘ni xodimning o‘zi kimningdir huquqlarining ob‘ekti hisoblanmaydi. U: a) erkin tanlash 
huquqini qo‘lga kiritadi va b) o‘z faoliyatining mahsulotlariga bo‘lgan huquqni yo‘qotadi. 
Xodimning ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi mehnatni taqsimlash samaradorligini oshirishdan iborat. 
4. Mulk-kapital. Mulk-imtiyoz holatida bo‘lgani kabi mulk-korxona o‘z egasiga 
qo‘shimcha mahsulotni o‘zlashtirib olish huquqini beradi. Albatta, endi ushbu mahsulot ortiqcha 
mahsulotda emas, balki qo‘shimcha qiymat – korxona xo‘jalik faoliyatining xarajatlari va 
natijalari o‘rtasidagi farq shaklida namoyon bo‘ladi. Mulk-kapital paydo bo‘lishi bilan 
xo‘jayinning roli kapitalist va menejer, taqsimlash jarayonini nazorat qiluvchi iqtisodiy agent 
hamda ishlab chiqarish jarayonining o‘zining tashkilotchisi rollariga bo‘linadi.
Kapitalist. Kapital egasi xo‘jayin singari qo‘shimcha qiymat olishdan manfaatdor. Lekin 
ishchi kuchini ishlab chiqarish vositalari bilan birlashtirish emas, balki kapitalni to‘g‘ri sarflash 
kapitalist uchun ushbu qiymatni olish usuli hisoblanadi.
Menejer. Kapitalistga menejer – ishlab chiqarish jarayonining rahbari, xo‘jayin 
funktsiyasini bajaruvchi, lekin mulkni yo‘qotish xatariga ega bo‘lmagan iqtisodiy agent qarama-
qarshi turadi. 
Menejerning ijtimoiy-iqtisodiy roli va yollanma xodimning roli o‘rtasida o‘ta muhim farq 
mavjud. Xodim o‘z ishchi kuchini – mehnat qobiliyatini, menejer esa ishlab chiqarish faoliyatini 
tashkil qilish bo‘yicha xizmatni sotadi. Bitim tuzilgach, xodim ijrochiga, menejer esa korxona 


 8 
rahbariga aylanadi. Menejer daromadining asosini u rahbarlik qiladigan korxona faoliyatining 
natijalari uchun mukofot tashkil qiladi.
5. Mulk-biznes. Tadbirkor. Mulk miqdori «qiymat» degan mavhum tushunchaga aylangan 
sharoitda sahnaga yangi shaxs – tadbirkor va yangi mulk ob‘ekti – biznes chiqadi. Chunki 
nafaqat mehnat, er va kapital, balki faoliyatning alohida turi – tadbirkorlik ham «qiymatni 
yaratish» xususiyatiga ega. Shaxsiy boyish masalasini hal etayotib tadbirkor munosib ijtimoiy 
missiya iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishni amalga oshiradi. U topgan yangi qarorlar 
asta-sekin ijtimoiy normaga aylanadi. Lekin yangi qarorlar – bu nafaqat yangi imkoniyatlar, 
balki yangi xatarlardir. Bir vaqtning o‘zida mulkdor va tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi 
mulkdor-sarmoyador qismlarga ajrala boshlaydi. Shu tariqa tadbirkor asta-sekin mulkdordan 
ajralib chiqadi. Unda hatto o‘zining, mulkdordan alohida mulk ob‘ekti – biznes paydo bo‘ladi.
Sarmoyador. Tadbirkorning o‘zga mulkka bo‘lgan talabi kapitalni qiymatga ega bo‘lgan 
cheklangan resursga aylantiradi. Bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik faoliyatidan voz kechgan va 
o‘ziga tegishli cheklangan resurs – kapitaldan foydalanish huquqini to‘lov evaziga sotuvchi 
sarmoyador-mulkdorning ijtimoiy-iqtisodiy roli paydo bo‘ladi. Sarmoyadorning shaxsiy maqsadi 
mulkdan (kapitaldan) olinadigan daromadni ko‘paytirishdan iborat.
6. Mulk-talab. Sarmoyador rolining ichki qarama-qarshiligi shu narsa bilan bog‘liqki, 
tadbirkorlik faoliyati yukini ko‘tarishni istamagan holda, u istar-istamas ushbu faoliyat bian 
bog‘liq mulkni yo‘qotish xatarini o‘z zimmasiga oladi. O‘z navbatida, bu mulkdan oladigan 
daromadning ikkita tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: cheklangan resurs uchun to‘lov va xatar 
uchun to‘lov. 
Sarmoyador rolining ushbu ikki taraflamaligi oqibati – yana bir bo‘linish: ishtirokchi roli 
va kreditor roli, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish maqsadini ko‘zlovchi sarmoyador va 
mulkni yo‘qotish xatarini kamaytiruvchi sarmoyador rolining paydo bo‘lishi. 
Ishtirokchi – bu mol-mulkka nisbatan mulkchilik huquqidan jamiyatga nisbatan talab 
huquqi evaziga voz kechuvchi iqtisodiy agent. O‘z navbatida jamiyatning o‘zi va uning mol-
mulki emas, balki xo‘jalik jamiyatiga nisbatan majburiyat huquqlari ishtirokchining mulki 
hisoblanadi. 
Ishtirokchining shaxsiy maqsadi – jamiyatning foydasida ishtirok etishdan iborat. 
Tegishlicha u bu bilan bog‘liq xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Natijada mazkur 
loyihalar xatarlarini ko‘plab ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash asosida o‘ta qimmat va uzoq 
muddatli loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Ishtirokchining ijtimoiy-iqtisodiy 
missiyasi, shu tariqa, xatarlar va javobgarlik dispersiyasidan iborat. 
Kreditor. Agar sarmoyador – bu tadbirkorlik rolidan voz kechgan kapitalist bo‘lsa, u holda 
kreditor – bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq xatarlardan voz kechgan sarmoyadordir. 
Professional moliyaviy vositachilardan foydalanish esa xatarlarni pasaytirish usuli hisoblanadi. 
7. Mulk-aktsiya. Jamiyatning ko‘p sonli ishtirokchilari nafaqat uning xo‘jalik faoliyati 
natijalari uchun javobgarlikning, balki boshqaruvchilar tomonidan ishtirokchilar ishonchining 
suiiste‘mol qilinishi imkoniyatining ham taqsimlanishini yuzaga keltiradi. Yangi ijtimoiy-
iqtisodiy rol paydo bo‘ladi: nazoratchi – xo‘jalik jamiyatiga nisbatan alohida funktsiyalarni: 
jamiyat mol-mulki va daromadlarining tasarruf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi 
uning ishtirokchisi. 
Nazoratchining shaxsiy maqsadi xo‘jalik jamiyatini kapitallashtirishning o‘sishiga 
erishishdan iborat.
Aktsiyador. Jozibadorligini yo‘qotayotgan biznesdan chiqish ham xo‘jalik jamiyatlarining 
faoliyati bilan bog‘liq xatarlarni soddalashtirish usuli hisoblanadi. Ushbu imkoniyat jamiyatda 
ishtirok etishning alohida vositasi – aktsiyalarning paydo bo‘lishi bilan ta‘minlanadi. 
Rasmiy jihatdan aktsiyalar o‘z egalariga jamiyatga nisbatan majburiyat huquqlarini, 
xususan: boshqaruv organlarida ishtirok etish huquqi, jamiyat foydasining bir qismini olish 
huquqi va jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-mulkining bir qismiga ega bo‘lish huquqini 
beruvchi qimmatli qog‘ozlarni o‘zida namoyon etadi.


 9 
Biroq ushbu huquqlar ko‘p jihatdan deklorativ hisoblanadi. Boshqarishda ishtirok etish 
huquqini faqat aktsiyalarning katta miqdordagi paketlariga egalik qiluvchi aktsiyadorlar – 
majoritariylar amalga oshirishlari mumkin. Jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-mulkining bir 
qismini olish huquqini esa amalga oshirishning iloji yo‘q: jamiyatga nisbatan aktsiyadorlar 
ularning talablari ijro etish uchun qolgan barcha shaxslar qondirilganidan keyin qabul 
qilinadigan so‘nggi navbatdagi kreditorlarni o‘zida namoyon etishadi. 
Aktsiyadorlarining kompaniyadan chiqishi tufayli yuzaga kelgan uning aktsiyalari 
kursining tushib ketishi yangi investitsiyaarni jab etish imkoniyatini keskin pasaytiradi. 
Aktsiyadorning shaxsiy maqsadi muayyan kompaniyani kapitallashtirishning o‘sishi emas, 
balki o‘ziga tegishli aktsiyalar paketlarining kurs qiymatidan yutishdan iborat. Ushbu maqsadga 
aktsiyalar bozor kotirovkalarining o‘zgarishi tendentsiyalarini doimiy ravishda kuzatish orqali 
erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida, aktsiyador ijtimoiy-iqtisodiy missiyasining amalga oshirilishiga 
olib keladi. Uning sa‘y-harakatlar tufayli kapital harakatining tezligi keskin oshadi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin