Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Mulkchilik ta’riflarining tahlili



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

2. Mulkchilik ta’riflarining tahlili 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi jamiyatning iqtisodiy negizlariga oid XII 
bobda quyidagilar bayon etilgan: ―Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston 
iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilar 
huquqlarining ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish 
erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan teng muhofaza 
etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. 
Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi 
mumkin (53- modda). Mulkdor mulkiga o‘z hoxishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni 
tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik 
shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi 
shart‖ (54-modda). O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga mulkchilikning egalik 
qilish, foydalanish va tasarruf etish triadasi (164-modda) asos qilib olingan. Ushbu Kodeksda 
mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllari mavjudligi (167-modda) ta‘kidlanadi.
Demak, iqtisodiyot va uni tashkil etishning bozor modeli uchun muayyan-tarixiy shakldagi 
mulkchilik instituti talab etiladi. Mulkchilik institutining negizini mulk tushunchasi tashkil etadi. 
Mulk – resurslar cheklanganligi sharoitining oqibatidagi noyoblik muammosini hal qilinishining 
yagona vositasi hisoblanadi. Bu vosita mulkdorga huquqlar tutamini taqdim etadi. Albatta, 
mulkiy huquqlar tutami egalik qilish va boshqa huquqlar (foydalanish, tasarruf etish va 
boshqalar) bilan birgalikda tashkil etadi. Huquqlar tizimi xo‘jaliklar va shaxslar o‘zaro 
munosabatlarga kirishishlari uchun ham mulkdorni, ham mulkni himoyalaydi. Shaxsning 
jamiyatdagi erkinligi huquq bilan kafolatlanadi va chegaralanadi. Undagi barcha mavjud 
huquqlardan eng to‘lig‘i mulkchilik huquqidir. Ushbu huquq shaxs va jamiyat uchun o‘zaro
qarama-qarshi bo‘lgan begonalashuv xususiyatini ham namoyon etadi. Ilmiy manbalarda 
mulkchilik munosabatlari umumiy tan olingan yagona ta‘rifga ega emasligi sababli qator
talqinlar mavjud (7.1-jadval). 
7.1-jadval. 
Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi 
Yondashuv nomi 
Mulkchilikning asosiy belgilari 
Klassik yo‘nalish 
Daromad keltirish qobiliyati mujassamlangan kapital 
Faylasuflar 
va 
neoklassiklar 
Tashqi dunyo ob‘ektlar ustidan nazoratni ularni o‘zlashtirib 
(egallab) olish asosida amalga oshirish 


 3 
Dialektik 
usul 
tarafdorlari 
Shaxsning tabiatdan ham, ijtimoiy hayot jamoatchiligidan ham 
begonalashishida hamda ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarish 
vositasidan ajratishda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy aloqalarni 
tarkiblash, murakkablashtirish shakli
Nemis tarixiy maktabi 
Ijtimoiy o‘zaro hamkorlikning asosiy tamoyili hisoblangan ahloq 
normasida jamiyat tomonidan oliy va muqaddas qadriyat hamda 
individ mustaqiligining kafolati. sifatida tan olish 
Neoinstitutsional 
yo‘nalish 
Turli shaxslar o‘rtasida bir buyumda turli huquqlarning namoyon
bo‘lish imkoniyati. buyumga qarashli vakolatlar tutami
Xuquqshunoslar 
Shaxsning buyum ustidan hukumronligi va boshqa shaxslar
imkoniyatlarini cheklash. 
Sotsiologlar 
Iqtisodiy buysundirish asosida ijtimoiy ierarxiyani o‘rnatish 
usuli 
Ernando de Soto (Peru) 
Qiymatga aylanishda ishtirok etish va daromad keltirish qobiliyati
Jadvaldan ko‘rib turganimizdek, mulkchilikni o‘zlashtirib olish bilan tenglashtirish 
neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo‘lsa, huquqshunoslar uchun shaxsning buyum 
ustidan hukumronligi imkoniyatlarini chegaralash mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga 
foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida ta‘riflanadi. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o‘rtasidagi 
emas, balki insonlar o‘rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish 
huquqlarini qo‘shgan holda huquqlar to‘plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o‘zlarining 
aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob‘ektlari bo‘lib buyumlarning o‘zi emas, balki ularga nisbatan 
huquq hisoblanishiga e‘tiborni qaratadi. Masalan, er uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-
mulkdan foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b. 
Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun bilan 
taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov emas, balki salbiy 
cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi. 
Agar huquqlarning muayyan to‘plami, masalan, A.Onore tomonidan sanab o‘tilgan 11 ta 
huquqning aksariyati ikkilamchi hisoblanadi. Misol uchun, xavfsizlik huquqini olaylik. Uning 
o‘zi etarli emas, chunki huquq faqat davlat tomonidan muhofaza qilingan taqdirda, klassik nuqtai 
nazardan huquq hisoblanadi. Voz kechish huquqi – bu tasarruf etish huquqining bir qismi. 
Javobgarlik huquqi mulkchilik huquqini emas, umuman fuqarolik huquqini o‘zida namoyon 
etadi. 
Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni hisoblab chiqish texnikasi o‘ta samarali. 
Mulkdor, mulkdorligicha qolib, foydalanish huquqidan ham, boshqarish huquqidan ham, 
daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz kechishi mumkin. Tovar esa nafaqat o‘zining 
jismoniy xususiyatlarining yig‘indisi sifatida, balki imkoniyatlar va cheklovlarning ma‘lum 
to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari – qiymat, 
mulk tarkibiy qismlarga bo‘linadi, lekin ulardan tarkib topmaydi. Shuning uchun mulkchilikni 
huquqlarning murakkab tutami sifatida ta‘riflash mazmunga emas, balki texnologik xususiyatga 
ega. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin