Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Mulkiy xuquqlar taqsimotining tahlili



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

5. Mulkiy xuquqlar taqsimotining tahlili 
Barqaror bozor iqtisodiyotiga ega huquqiy-demokratik jamiyat qurishning asosiy 
yo‘nalishlaridan biri – chuqur institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat. Bunda 
nafaqat 
eski 
markazlashgan 
iqtisodiyot 
institutlarini 
isloh 
qilish, 
balki 
iqtisodiy 
munosabatlarning o‘zagini tashkil etuvchi mulkchilik va shartnomaviy munosabatlarni ham 
bozor iqtisodiyotiga mos ravishda takomillashtirish talab etiladi. Bu boradagi amaliy ishlar 
mamlakat mustaqilligining dastlabki yillaridanoq boshlangan edi va hozirgi pallada o‘zining 
yuqori bosqichiga ko‘tarilib bormoqda.
Ma‘lumki, mulkchilik munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarning negizini tashkil 
etadi. Mulkchilik munosabatlarining tarkibi mulkchilik instituti bilan bog‘liq. Mulkchilik instituti 
mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy institut bo‘lib, insonlarga o‘z orzu-umidlarini shakllantirish imkonini 
beradi. Mulkchilik instituti mulkiy huquqlardan iborat bo‘lib, ushbu huquqlarni bilish insonlarga 
istiqboldagi o‘zlari munosabatga kirishadigan boshqa insonlarning xatti-harakatlari hamda foyda 
va xarajatlarni hisoblashga imkon bradi. Bunday huquqlar mavjud bo‘lmaganda edi, insonlar o‘z 
hamkorlarini xatti-harakatlarini oldindan hisobga olishlari mumkin bo‘lmas edi. 
Ana shularni inobatga olib, O‘zbekistonda mulkiy huquqlarni amalga oshirishni tartibga 
soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Ularda mulkiy huquq sub‘ektlari (fuqarolar, 
yuridik shaxslar va davlat), mulkiy huquq ob‘ektlari (er, er osti boyliklari, suvlar, havo 
bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu 
jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, homashyo va mahsulot, pul, qimmatli 
qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual mulk), mulkiy huquq turlari (egalik 
qilish, foydalanish va tasarruf qilish) hamda uni amalga oshirish qoidalari va himoyalash 
kafolatlari majmui qabul qilindi. Ular 7.2-rasmda keltirilgan.
Iqtisodiy nuqtai nazardan mulk ob‘ektiga nisbatan mavjud mulkiy huquqlardan 
foydalangan holda ushbu ob‘ektni samarali ishlatilishiga erishadigan mulk egasini topish mulkiy 
munosabatlarni o‘zgartirishning asosiy mohiyatini ifodalaydi. Mulkiy munosabatlarni 
o‘zgartirish institutsional islohotlar vositasida amalga oshiriladi. Uning mexanizmi mulkiy 
huquqlar taqsimotini amalga oshirishdan iborat. Chunki mulkiy huquqlar iqtisodiy nazariyasiga 
ko‘ra jamiyatda sodir etiladigan har qanday almashuv akti bu – mulkiy huquqlar bilan 
almashuvdir.
O‘zbekistonda mulk xususiy va ommaviy shaklda bo‘ladi. Xususiy mulk huquqi shaxsning 
qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish 
va uni tasarruf etish huquqidir. Ya‘ni xususiy mulk shaklida yuqoridagi mulk huquqlar bir shaxs 
(jismoniy vaG‘yoki yuridik shaxs)da jamlanadi (7.3-rasm), shuning uchun ham ushbu mulk 
shakli samaraliroq hisoblanadi. Chunki, bozor iqtisodiyotida o‘zaro munosabatlar turli mulk 
shakllariga asoslangan sub‘ektlar o‘rtasida olib boriladi. Ularning har biri o‘z mulkiy huquqlari 
va o‘z manfaatlariga ega. Ularning mulkiy huquqlari juda aniq belgilangan, uning himoyasi 
qonun bilan kafolatlangan taqdirda o‘zaro bitimga kelishish oson kechadi. Bu mulkiy huquqlar 


10 
o‘zining haqiqiy egalari, mulkdan eng unumli tarzda foydalana oladiganlar qo‘liga o‘tishi uchun 
ham muhimdir. 
O‘zbekiston qonunchiligida, yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, mulkiy huquqlarning uch 
turi keltirilgan. Lekin rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan mamlakatlarda amalda 
bo‘lgan umumiy huquqda yanada ko‘proq mulkiy huquqlar ajratiladi. Chunki, iqtisodiy 
agentlarning bozor tamoyillari nuqtai nazaridan o‘zaro aloqalari murakkab hodisa bo‘lib, u 
mulkiy huquqlarni chuqurroq aniqlashtirishni talab qiladi. Yuqorida bayon etilganidek, mulkiy 
huquqlar A.Onore ro‘yxati bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: egalik qilish huquqi, foydalanish 
huquqi, tasarruf qilish yoki boshqarish huquqi, o‘zlashtirish huquqi, kapital qiymat huquqi, 
xavfsizlik huquqi, ashyoning meros yoki vasiyat bo‘yicha o‘tishiga bo‘lgan huquq, 
muddatsizlik huquqi, zararli foydalanishni taqiqlashga bo‘lgan huquq, o‘ndirish ko‘rinishidagi 
javobgarlik huquqi, qoldiq xususiyat huquqi. 
Mulkiy huquqlarni aniqlashga bunday yondashish bozor iqtisodiyoti sharoitida individlar 
o‘rtasida resurslardan foydalanish bo‘yicha har qanday murakkab muzokaralarni olib borish va 
bitishuvga kelishda samarali hisoblanadi. Chunki, bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatida keng 
quloch yoyayotgan ijara, lizing, franchayzing kabi shakllari mulkiy huquqlarni yanada ko‘proq 
sub‘ektlar o‘rtasida taqsimlanishini taqozo etadi. Demak, yuqoridagi huquqlarni ulardan eng 
unumli foydalanuvchi sub‘ektlarga aniq mustahkamlanishi transaktsion xarajatlarni qisqartiradi 
va samarali xo‘jalik yuritishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturlariga muvofiq ochiq aktsiyadorlik 
jamiyati doirasida mulkiy huquqlarning taqsimoti turli variantlari nazarda tutildi. Masalan, 
mehnat jamoasining a‘zolari aktsiyalar umumiy ulushida 10 foizdan oshmaydi, lekin har bir 
xodim aktsiyalarni olish huquqiga ega hisoblanadi. Natijada, mulk subektlari va huquqlarining 
taqsimlanishi quyidagi 7.2-jadvaldagi ko‘rinishiga ega.


11 
7.3-rasm. O‘zbekistonda xususiy mulk egalari sub‘ektlari21 
7.2-jadval 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin