Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Institut 
Tashkilot 
Makro
institutsional toifa 
Mikro
institutsional toifa 
O‘zaro hamkorlikning 
umumiy
doiralarini 
belgilaydi 
O‘zaro hamkorlik(lar)ning 
muayyan
doiralarini 
belgilaydi 
Sof ijtimoiy ne’mat 
tavsifiga ega 
Klub ne’mati 
tavsifiga ega 
Individuallashmagan 
va
 
nolokal
transaktsiyalarni tartibga soladi 
Aniq chegaralangan, demak, 
individuallashgan 
va
 lokal
transaktsiyalarni tartibga soladi 
Shaxslar institutlarning o‘zgarish jarayoniga 
ta‘sir ko‘rsata olishmaydi 
Tashkilot shaxslarning ongli ravishdagi tanlovi 
natijasi sanaladi 
Hukmronlik munosabatlarining elementi 
mavjud emas
Hukmronlik munosabatlari tashkilot 
faoliyat 
ko’rsatishining asosida 
yotadi 
Transaktsiya xarajatlarining tarkibini va 
miqdorini belgilaydi 
Institutsional doiralar tomonidan belgilangan 
transaktsiya 
xarajatlarining 
tejalishiga 
ko‘maklashadi 
Transaktsiya xarajatlarini tejashga taalluqli bo‘lgan so‘nggi farq xususida alohida 
to‘xtalib o‘tish lozim. Yollash to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish o‘sha maqsadlar uchun 
sotish to‘g‘risidagi shartnomaning institutsional doiralaridan foydalanishdagiga qaraganda ancha 
kam transaktsiya xarajatlari bilan bog‘liq. Tejash, 
Tashkilot
- hukmronlik munosabatlari, ya‘ni 
ishtirokchilarining ayrimlari - «agentlar» tomonidan o‘z harakatlari ustidan nazorat qilish 
huquqining uning boshqa ishtirokchisi – «printsipal»ga topshirilishi asosida qurilgan 
muvofiqlashtirish birligi. 
Tashkilotni muvofiqlashtirish birligi sifatida ta‘riflash ushbu tushuncha va insonlarning 
o‘zaro hamkorligini belgilab beruvchi «institut» tushunchasini aniq chegaralashni talab qiladi. 
Ularni quyidagi jadval yordamida taqqoslaymiz: 
birinchidan, shartnomani muntazam qayta tuzish zarurati yo‘qolishi munosabati bilan, 
ikkinchidan esa, shartnomaning implitsit shakli – o‘zaro hamkorlikning barcha detallarini aniq 
tafsirlashdan voz kechish hisobidan paydo bo‘ladi. 
Transaktsiya xarajatlarini tejashning qolgan bizga ma‘lum vositalari ichida
tashkilot
bir 
qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Bitimlar tuzishda muzokaralar yuritish 
xarajatlarini tejash imkonini beruvchi standart (namunaviy) shartnomalardan foydalanish; 
o‘lchash xarajatlarini pasaytiruvchi sifat, o‘lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish va 
rivojlantirish; jamiyatda mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish xarajatlarining 
kamayishiga olib keluvchi konsensus mafkurasini shakllantirish kabi vositalar shular 
jumlasidandir. Ularni qo‘llash intensivligini oshirish bilan yuqorida ko‘rsatilgan barcha uchta 
vositaning samaradorligi pasaymaydi. Aksincha, ushbu vositalardan qanchalik keng foydalanilsa, 
bir bitim hisobida transaktsiya xarajatlarining miqdori shunchalik kam bo‘ladi. 
Tashkilot doirasida transaktsiya xarajatlarini tejash borasidagi ishlar esa boshqacha 
ko‘rinishga ega. Transaktsiya xarajatlari miqdorlarining o‘sishi, ya‘ni tashkiliy doiralarda 


26 
bitimlar ko‘proq amalga oshirilishi bilan ushbu sohada uning samaradorligi kamayadi. Tashkilot 
ichida bitimlarni amalga oshirish hamon axborotni qidirish xarajatlarini, shuningdek 
muzokaralar yuritish xarajatlari va shartnoma tuzish xarajatlarini pasaytirish imkonini bersa-da, 
bunda boshqa xildagi xarajatlarning o‘sishi yuz beradi. Tashkilot o‘lchamlarining ortishi bilan, 
birinchi galda, monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlari oshadi. Birinchidan, tashkilot 
ishtirokchilari sonining o‘sishi bilan ular manfaatlarining birligiga, aniqrog‘i ular 
manfaatlarining «printsipal» manfaatlariga mos kelishiga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun 
«printsipal» monitoringni va «agentlar» harakatini nazorat qilish uchun katta sa‘y-harakatlarni 
amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, tashkilotning o‘sishi «printsipal»ni, 
«agentlar»ni nazorat qilish bo‘yicha vakolatlarining bir qismini o‘z vakillariga topshirgan holda, 
murakkab hukmronlik munosabatlari sxemasiga o‘tishga majbur etadi. Ushbu tarkibiy 
o‘zgarishlar nafaqat «agentlar»ni nazorat qilish xarajatlarining ortishi bilan, balki «printsipal» 
manfaatlari vakillarining harakatlarini nazorat qilish zarurati bilan ham bog‘liq 
R.Kouz tashkilotning o‘sishi bilan kamayuvchi samaradorlikni «menejmentning 
kamayuvchi marjinal samaradorligi» deb nomladi va 
hamma vaqt institutga (bozorga) nisbatan 
tashkilot (firma) o’sishining chegarasi mavjud
degan fikrga keldi. «Firma firma ichidagi bitta 
qo‘shimcha transaktsiyani tashkil etish xarajatlari o‘sha transaktsiyani ochiq bozorda almashish 
orqali amalga oshirish xarajatlari bilan tenglashgunga qadar kengayib boradi...». Ya‘ni, yolg‘iz 
firmadan tashkil topgan iqtisodiyot (buyruqbozlik iqtisodiyotini ana shunday deyish mumkin) 
bo‘lishi 
mumkin
, lekin menejmentning marjinal samaradorligi kamayiishi tufayli u 
samarasiz
bo‘ladi.
Masalan, A firma bozorda B, V va G firmalardan (sotish to‘g‘risidagi shartnoma 
doirasida) sotib olinadigan butlovchi qismlardan kompyuter yig‘ish bilan shug‘ullanadi, deylik. 
O‘zining transaktsiya xarajatlarini optimallashtirgan holda, A firma B firma bilan yagona 
korxona tuzishga qaror qiladi. U V firma bilan ham masalani huddi shu tariqa hal etadi. G 
firmani yagona tashkiliy tuzilmaga kiritish firma ichidagi boshqaruv va nazorat xarajatlarining 
o‘sishi tufayli foydasiz bo‘lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, A firma tomonidan V firmaning 
qo‘shib olinishi 
chegara
bitim hisoblanib, shundan so‘ng keyingi kengaytirish samarasiz bo‘lib 
qoladi. 
Lekin, institut bilan tashkilot o‘rtasidagi chegaraning aniq demarkatsiyasi sotish 
to‘g‘risidagi shartnoma (bozor bitimlari)ning ham, yollash to‘g‘risidagi shartnoma (firma 
ichidagi bitimlar)ning ham elementlarini o‘zida birlashtiruvchi neoklassik shartnomalarning 
mavjud bo‘lishi fakti bilan qiyinlashadi. Masalan, A firma o‘z tarkibiga G firmani 
birlashtirishdan bosh tortishi, lekin ayni paytda u bilan butlovchi qismlarni etkazib berish uchun 
shartnoma tuzishi mumkin, bu hukmronlik munosabatlari asosida emas, balki ikki tomonlama 
kelishuv asosida bozorning «tabiiy» oldindan aytib bo‘lmasligidan ko‘riladigan zararlarni 
pasaytirish imkonini beradi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin