Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

B korxona
ni unitar tashkilot, 
ya‘ni vazirlik yoki idoraning bo‘linmasi sifatida ta‘riflash mumkin. 

korxona ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi uning unitar tashkilot 
bo‘linmasi sifatidagi holati tufayli unga «printsipal» tomonidan belgilab berilgan. 

korxonalar 
o‘rtasidagi barcha gorizontal aloqalar vertikal aloqalar orqali - «printsipal»ga murojaat etish 
orqali amalga oshiriladi. Ta‘minot-sotish aloqalarining tarkibi resurslarni taqsimlashning 
ajratish
yoki fondlash singari mexanizmidan hosil bo‘lgan. Ajratish vazirlik yoki idora tomonidan 

korxona mahsulotining asosiy iste‘molchilari va etkazib beruvchilari belgilanishidan iborat. 

korxonaning ta‘minot va sotish tarkibini mustaqil o‘zgartirishga urinishlariga «printsipal» 
tomonidan keskin to‘sqinlik qilindi.

korxonada mehnat munosabatlarining tizimi ham o‘ziga xos. Unda band bo‘lganlar 
sonining quyi chegarasi reja topshiriqlari bilan, yuqori chegarasi esa – ishchi kuchining 
kutilayotgan taqchilligi bilan belgilanadi. Resurslar cheklangan iqtisodiyotdagi boshqa har 
qanday resurs singari ishchi kuchi ham taqchil. Shuning uchun korxona o‘zining resurs, shu 
jumladan
ortiqcha bandlik
shaklida - ishchi kuchi zahirasini barpo etishga urinadi. Bunda, 
tabbiyki, 

korxona o‘zining barcha xodimlarini ish bilan ta‘minlashga qodir emas va ularga 
tenglashtiruvchi hamma ular tomonidan amalda ishlab topilmagan ish haqini to‘laydi. Ishchidan 
egalik funktsiyasini olib, uni ishlab chiqarish natijalariga real ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatidan 
mahrum etgan holda, qog‘ozbozlik tizimi ushbu imkoniyatning o‘rnini ishlab topilmagan ish 
haqini olish imkoniyati bilan qoplaydi. 
2. A firma
. Amerika firmasi yoki 
A
firma neoklassik darsliklar sahifalarida tahlil 
qilinuvchi firmaning ideal xiliga ko‘proq mos keladi. 
A
firma o‘z mahsulotiga raqobat tomonidan 
belgilangan narxda va ishlab chiqarish funktsiyasi bilan yoritiladigan xarajatlar tarkibida foydani 
ko‘paytirishni maqsad qilib qo‘ygan. Hatto, agar qandaydir firmada raqobat bozorida firmaning 
muvozanatini to‘g‘ri hisoblab chiqa oladigan bironta ham xodim topilmasa ham, u bozorda 
o‘zini huddi neoklassik nazariyaning barcha qoidalari bo‘yicha foydani ko‘paytirgandek, tutadi. 
Foydani ko‘paytirishga yo‘naltirilish 
A
firma «printsipali» - uning aktsiyadorlarining 
maqsadli funktsiyasi bilan belgilangan. Aktsiyadorlarning asosiy manfaati bir aktsiyaga 
hisoblangan o‘z daromadini oshirishdan iborat, bu yil yakuniga ko‘ra korxonaning investitsiya 
qilinmagan foydasining miqdoriga bog‘liq. O‘z navbatida, foydaning miqdori «agentlar» - 
A
firmaning yollanma menejerlarining harakatlari bilan belgilangan. «Printsipal-agent» xilidagi 
o‘zaro munosabatlar menejerlar bilan yollanma xodimlar o‘rtasida ham yuzaga keladi. 
Aktsiyadorlar bilan menejerlarning o‘zaro munosabatlarida «printsipal-agent» muammosi 
ikkita muqobil mexanizm – «ovoz berish» va «chiqish» asosida hal etiladi. Aktsiyadorlar 
menejerlarning faoliyati ustidan navzorat qilish huquqini yo aktsiyadorlarning yillik yig‘ilishida 
ishtirok etib va direktorlar kengashi tarkibini o‘zgartirish («ovoz berish») orqali yoki o‘z 
aktsiyasini sotib va bu bilan menejerlarning harakatlarini ma‘qullamasligini ifodalash 
(«chiqish») yo‘li bilan amalga oshirishlari mumkin. Menejerlarga o‘z xizmatlari bozori 
tomonidan ko‘rsatiladigan intizomiy ta‘sir ushbu bozorda yuqori transaktsiya xarajatlari va unda 
almashiladigan resurslar – boshqaruv ko‘nikmalari va iqtidorlar o‘ziga xosligining yuqori 
darajasi tufayli, kam samarali hisoblanadi. 


35 
Ikkala muqobil variant - «ovoz berish» ham, «chiqish» ham o‘zining qator 
kamchiliklariga ega. Ovoz berish aktsiyalarning kichik paketlari egalari uchun «chiptasiz 
muammosi»ni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, aktsiyadorlar yig‘ilishning kun tartibini 
menejerlarning o‘zlari nazorat qilishadi. Samarasiz boshqarilayotgan firma aktsiyalarining 
sotilishi esa hamma vaqt aktsiyalarning pasaygan kursi tufayli mulkdorlarga zarar keltiradi.
«Ovoz berish» borasidagi ahvolni ishonchli ovoz berish amaliyoti yordamida to‘g‘rilash 
mumkin, bunda kichik paketlar mulkdorlari o‘z nomidan ovoz berishni yirikroq paketlar 
egalariga ishonib topshiradilar. «Chiqish» variantidan foydalanishni esa aktsiyalarning 
birlashtirilgan paketlari oldi-sotdisiga tender takliflaridan foydalanish orqali optimallashtirish 
mumkin. 
Menejerlar bilan xodimlarning o‘zaro munosabatlarida «printsipal-agent» muammosining 
hal etilishi 
fordizm
– Buyuk qatag‘onlik davrida Genri Ford tomonidan ishlab chiqilgan 
mehnatni tashkil qilish tizimi tamoyillariga asoslanadi. Menejerlar bilan yollanma xodimlarning 
o‘zaro munosabatlari siyosati sifatida fordizmning asosiy unsurlari quyidagilardan iborat: 
-
narxlarning o‘sishiga qarab ish haqining indeksatsiyalanishini o‘z ichiga oluvchi 
mehnatga haq to‘lashning yuqori darajasi; 
-
qat‘iy ishlab chiqarish intizomi, bunda mashina (masalan, konveyer) xodimning 
harakatlari ustidan nazorat qilish vositasi rolini o‘ynaydi; 
-
kasaba uyushmalari ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o‘rtasidagi nizoli 
munosabatlarda vositachi rolini bajarishadi; 
-
bir tarmoqning o‘ziga qarashli korxonalarda (masalan, «Ford» va «General Motors» 
o‘rtasida) kadrlar o‘rni almashtirilishining yuqori darajasi. 
Va nihoyat, 
A
firmaning ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi transaktsiya 
xarajatlarini pasaytirish vazifasiga to‘liq buysungan. Integratsiya – orqaga, oldinga va 
kombinatsiyalash – muqobil maqsadlarga qaraganda ko‘proq transaktsiya xarajatlarini 
pasaytirish maqsadlari bilan bog‘liq. Etkazib beruvchilar, xaridorlar, shuningdek ular bilan 
tuziladigan shartnomaning xilini tanlash firmaning shu onda bozorda yuzaga kelgan transaktsiya 
xarajatlarining darajasini pasaytirishga intilishini aks ettiradi. Masalan, go‘sht mahsulotini 
tashish uchun refrijerator texnika bilan ta‘minlashga katta miqdordagi investitsiyalar zarurligi 
bois, ko‘pincha go‘shtni qayta ishlovchi korxonalar tashish masalasini refrijeratorlar parkini 
xarid qilgan holda, pudrat asosida hal etishadi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin