39
bir qismini o‘z
zimmasiga oladi
Bandlik
siyosati
Resurslar
taqchilligining
kutilayotgan
miqdoridan
funktsiya sifatida
mehnatga bo‘lgan
talab
Mahsulotga
bo‘lgan talab
va xodimning
mehnat
unumdorligid
an
kutilayotgan
miqdoridan
funktsiya
sifatida
mehnatga
bo‘lgan talab
Kvazidoimiy
xodimlarning
mehnatiga bo‘lgan
talab
barqaror,
mahsulotga
nisbatan
kutilayotgan talab
faqat qisman va
vaqtinchalik
bandlik miqdoriga
ta‘sir ko‘rsatadi
Mehnat
jamoasining
o‘zagini
saqlab
qolishga bo‘lgan
intilish
tufayli
mehnatga bo‘lgan
talab
barqaror,
ixtiyoriy
ishdan
bo‘shashlar
hisobidan
ortiqcha bandlik
«navesi»
qisqaradi
Ish
haqi
siyosati
Yagona
tarif
setkasi
asosida
qat‘iy belgilangan
Eng
yuqori
mehnat
unumdorligig
a
qarab
moslashuvch
an
Xodimning
darajalar
ierarxiyasidagi
o‘rniga qarab qat‘iy
belgilangan
qat‘iy belgilangan
Kasaba
uyushmasi
shakli
Tarmoq
Tarmoq
Korxonaning
kasaba uyushmasi
Tarmoq
Kasaba
uyushmasinin
g funktsiyasi
Xodimlarni
nazorat
qilishning
qo‘shimcha
mexanizmi;
ijtimoiy
boyliklarni
taqsimlash
Xodimlar va
ish
beruvchilar
o‘rtasida
nizolari
paydo
bo‘lganida
vositachi
Oddiy ishchilardan
tortib
to
direktsiyagacha
barcha
«insayderlar»
manfaatlarini
namoyon etish
Kasaba
uyushmalari past
safarbar
etuvchi
salohiyatga ega
* Manba: muallif tomonidan tuzilgan.
Xulosa
«Printsipal-agent»
muammosi
har
qanday
tashkilot
faoliyat
ko‘rsatishini
murakkablashtiradi. «Agent»dan «printsipal»ning foydaliligini oshiruvchi harakatlarni kutishadi,
lekin «agent» hamma vaqt o‘zi bilan «printsipal» o‘rtasida mavjud bo‘lgan axborot
asimmetriyasidan o‘z foydasi yo‘lida va «printsipal» manfaatlariga zid ravishda foydalanishga
harakat qiladi. Muammoni hal etish yo‘llari bir nechta: yuqori harajatlar bilan bog‘liq bevosita
nazoratni kuchaytirish; «printsipal» tomonidan «agentlar» musobaqasining tashkil etilishi;
«agentlar»ning tashkilot faoliyatining daromadlarida ishtirok etishi va «agentlar»ning o‘zlari
tomonidan «printsipal» funktsiyalarining bajarilishi. «Printsipal-agent» muammosini hal
etishning ushbu variantlari firma ichki tuzilmasi uchta xilining tabiatini izohlaydi: unitar, xolding
va multidivizional.
Firmaning ichki tuzilishi tarkibini shartlab beruvchi omillarning har bir o‘ziga xos
kombinatsiyasi tashkiliy madaniyat asosida o‘zini o‘zi takror ishlab
chiqarish tendentsiyasiga
ega. Gap tashkilotning traektoriya bo‘yicha rivojlanishi haqida borayapti. «Rivojlanishning
tarixiy shartlanganlik samarasi»ning mavjud bo‘lishi korxonalarning to‘rtta ideal xili haqida
gapirish imkonini beradi: buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi
B
korxona,
A
firma,
J
firma va o‘tish xilidagi korxona. Korxonalarning bunday xillari buyruqbozlik iqtisodiyotida
40
(rejali xilidagi iqtisodiyotda), mutlaq raqobat iqtisodiyotida (Amerika iqtisodiyotida),
iqtisodiyotning korporativ modelida (Yaponiya iqtisodiyotida) va o‘tish iqtisodiyotida yuzaga
kelgan omillarning o‘ziga xos kombinatsiyalarini aks ettiradi.
Takrorlash uchun savollar
1.
―Printsipial‖ va ―agent‖ so‘zlari nimani anglatadi? Ular o‘rtasidagi munosabatlar
nimalarga asoslanadi?
2.
Sizga yaxshi tanish bo‘lgan tashkilotni tanlang va quyidagi savollarga javob bering:
korxonada «printsipal-agent» muammosi qanday hal etiladi; korxonaning tashkiliy tuzilishi
qanaqa (unitar, xolding, multidivizional, aralash); korxona firmaning
qaysi benuqson xiliga
ko‘proq yaqin?
3.
O‘zbekiston bozorida ishlovchi chet el firmasining filiali qanday xildagi korxona
jumlasiga kirishi mumkin? Javobingizni asoslashda qaysi omilarni hisobga olish lozim?
4.
O‘tish xilidagi korxona barqaror tashkiliy tuzilma hisoblanadimi yoki ushbu
benuqson xil yordamida faqat
B
korxonaning A firmaga aylantirilishidagi bosqich yoritilganmi?
10-Mavzu. Tashkilotni amaliy tahlil qilish nazariyalari
Reja
1.
Transaktsiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida tashkiliy tuzilmalarni
amaliy tahlil qilish
2.
Firmaning balansi uning tarkibi to’g’risidagi axborot manbai sifatida
3.
Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal
etish
Tayanch so’z va iboralar:
ordinalistik nazariya, Implitsit shartnoma, neoklassik shartnoma,
klassik shartnoma, infratuzilma
1. Transaktsiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida tashkiliy tuzilmalarni
amaliy tahlil qilish
Firmalarni eng maqbul (benuqson) xillarga bo‘lish real tashkilotlar to‘g‘risida to‘liq
tasavvurga ega bo‘lish imkonini bermaydi, balki faqat tashkiliy tuzilmaning barqaror qismini
ajratib ko‘rsatadi. Ammo ushbu fikr institutsional yondashuv faqatgina
tashkilot ichida yuz
berayotgan jarayonlarni tushunishga qodir ekanligini anglatmaydi. Muayyan tashkilot holatini
tekshirish va muayyan amaliy tashkiliy muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqishda institutsional yondashuv bilan bir qatorda, transaktsiya xarajatlari nazariyasi,
kelishuvlar nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini ham bemalol amaliy qo‘llash
mumkin.
Transaktsiya xarajatlarini o‘lchashdagi qiyinchiliklar muayyan iqtisodiy tahlil uchun
asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi. Birinchi galda transaktsiya xarajatlari barcha xillari pul
ekvivalentida baholanishi mumkinmi degan savol ochiqligicha qolmoqda. Hatto transaktsiyani
amalga oshirish uchun vaqt sarfini pul ekvivalentida ifodalashning oddiy tadbiri ham ko‘plab
holatlarda transaktsiyaning (masalan, muzokaralar yuritishning)
u yoki bu jihatlarini
ta‘minlashga ixtisoslashgan vositachilarning yo‘qligi tufayli takomillashmagan. Shuningdek,
ilgari ishonchga ega bo‘lgan sherikning opportunistik xatti-harakati yoki mulkchilik
huquqlarining himoyalanmaganligi munosabati bilan yuzaga keladigan ruhiy tashvish tufayli
xarajatlarni pul shaklida baholashga urinishda undanda kattaroq murakkabliklar paydo bo‘ladi.
Transaktsiya xarajatlarini o‘lchash o‘tgan asr oxirida foydalilikni o‘lchash yuzasidan
munozaralar jarayonida qo‘yilgan muammoga o‘xshash muammoni keltirib chiqaradi. Agar
foydalilikni sifat jihatdan funktsional bog‘liqlikdagi aniqlik bilan o‘lchash mumkin bo‘lsa, u
holda birinchi va ikkinchi hosila naflilik ma‘nosini kasb etadi; birinchi hosilaning miqdori eng
41
yuqori naflilikning ko‘rsatkichi hisoblanadi, manfiy belgili ikkinchi hosila esa eng yuqori nafni
kamaytiruvchi qonunning amal qilishini anglatadi
25
.
Munozaralar chog‘ida foydalilikni o‘lchashning qabul qilingan
usuliga muqobil variant
sifatida J.Eejuort va I.Fisher foydalilikning turli darajalari nisbatini aniqlash va ularning mutlaq
miqdorini baholashga nisbatan da‘volardan bosh tortishdan iborat bo‘lgan ordinalistik
yondashuvni taklif etishgan
26
. Transaktsiya xarajatlari nazariyasi ham ushbu yo‘nalishda
rivojlanmoqda. Iqtisodiy tashkilotlarni qiyosiy tahlil qilishda hech qachon alohida olingan
tashkiliy shakllar tadqiq etilmaydi, ular faqat mavjud muqobil variantlarga nisbatan ko‘rib
chiqiladi.
Turli shartnomalarda va tashkiliy matnlarda yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlarini
taqqoslash ularning miqdorini
ekspertiza yo’li bilan baholash
orqali
chegaralash imkonini
beradi. Turli variantlarga aniqliklar kiritish transaktsiya xarajatlarini pul shaklida o‘lchashning
takomillashmagan usullaridan bosh tortish imkonini beradi. U holda muayyan bitimni amalga
oshirishning optimal shaklini tanlash algoritmi ikkita bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi
bosqichda turli xildagi: klassik, neoklassik va implitsit shartnomalardan (5-bobga q.)
foydalanishda yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlari taqqoslanadi.
Dostları ilə paylaş: