Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


Transaktsiya xarajatlari miqdorining ekspert baholaridagi tafsiloti



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Transaktsiya xarajatlari miqdorining ekspert baholaridagi tafsiloti 
Transaktsiya 
xarajatlarining xili 
Unitar korxona 
Xolding 
Multidivizional tuzilma 
Axborotni qidirish 



Muzokaralar 
olib 
borish 



O‘lchash 



Shartnoma tuzish 



Monitoring 



Mulkchilik huquqlarini 
himoyalash 



Uchinchi shaxslardan 
himoyalash 



Jami 
7 (min) 
11 (max) 
10 
2. Firmaning balansi uning tarkibi to’g’risidagi axborot manbai sifatida 
Ekspert baholaridan tashqari, transaktsiya xarajatlarining nisbiy miqdori va tashkiliy 
tuzilmaning optimallik darajasi haqidagi axborot manbai bo‘lib buxgalteriya hisobotlarining, 
birinchi galda balans hamda foyda va zararlar haqidagi hisobot (daromadlar haqidagi 
hisobot)ning ma‘lumotlari xizmat qilishi mumkin. Balansdan foydalanishning bunday yo‘nalishi 
asosan firmaning kreditga layoqatliligini imkoniyatli kreditorlar nuqtai nazaridan baholashga 
qaratilgan moliyaviy tahlilning oddiy texnologiyasidan farq qiladi. 
Institutsional
tahlil uchun biz 
taklif etayotgan balansdan foydalanish metodologiyasi, albatta, to‘liq emas, shuning uchun unga 
nisbatan mutlaq aniq va to‘la-to‘kis xususiyatga da‘vogarlik qilmaydigan xomaki variant singari 
munosabatda bo‘lish lozim.
Buxgalteriya hisobotining institutsional tahlilidagi dastlabki nuqta sifatida biz 
daromadlar haqidagi hisobot asosida aniqlanadigan firma mahsulotini sotish narxining tarkibi 
«axborotning uchta xilini: tashkilotning ichki tafsilotlari haqidagi, bozordagi raqobat darajasi 
haqidagi va firma strategiyasi haqidagi axborotni sintez qiladi», degan tezicni qabul qilamiz. 
Haqiqatdan ham, tannarx tarkibi nafaqat ishlab chiqarish va texnologik xarajatlarni, balki 
tashkilot 
ichida
yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlarini ham aks ettiradi. Ikkinchi tomondan, 
daromadlar tarkibi firma faoliyat ko‘rsatadigan 
tashqi muhit
haqidagi: talabning holati va 
dinamikasi, raqobatchilar tovarlarining narxi va sifati, raqib firmalarning savdo tajovuzkorligi 
darajasi, mazkur sektorda transaktsiya xarajatlarining miqdori haqidagi axborotni ham o‘zida 
mujassam etadi. 
Alohida firmaning buxgalteriya hisobotida mujassamlangan axborot o‘z o‘zicha kam 
ma‘lumot beradi: institutsional tahlil uni tarmoq bo‘yicha yoki shunday o‘lchamdagi firmalar 
guruhlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashni talab qiladi, chunki gap transaktsiya 
xarajatlarini mutlaq emas, balki nisbiy ifodada o‘lchash haqida borayapti. Masalan, Yaponiyada 
har yili 865 ta yirik firmaning o‘rtacha holatga keltirilgan balansi ko‘rsatkichlari hisoblab 
chiqiladi (NEEDS – Nikkei Economic Electronic Data System). Aynan o‘rtacha holatga 
keltirilgan balans ma‘lumotlari asosida M.Aoki to‘plangan ishdan bhshashda thlanadigan 
nafaqalar miqdori firma tomonidan xodimning firma uchun o‘ziga xos ko‘nikmalar va bilimlarga 
ega bo‘lishi uchun sarflanadigan sa‘y-harakatlarga to‘g‘ri proportsional degan farazdan kelib 
chiqib, J firmada inson kapitali o‘ziga xosligining miqdorini baholashga urindi. Bunday 
ehtimollikni Yaponiya firmalarida chiqarish nafaqalarini shakllantirish tartibotini tahlil qilish 
orqali qabul qilish mumkin. Har bir yangi xodimning kelishi bilan uning nomiga maxsus 
hisobvaraq ochiladi, undagi mablag‘lar summasi ish stajining ortishi va ichki ierarxiya 
eshelonlar bo‘yicha harakatlanishga qarab oshadi. Chiqish nafaqasi pensiyaga ketishida yoki 
muddatidan oldin ishdan bo‘shaganida, to‘lanadi (ikkinchi holatda xodim katta yo‘qotishlarga 


44 
duch keladi), bu uni firma tomonidan to‘lanadigan yakka pensiyaga yaqinlashtiradi. M.Aoki 
firmada inson kapitali o‘ziga xosligining darajasini to‘plangan chiqish nafaqalari summasining 
firmaning umumiy kapitaliga nisbati sifatida hisoblab chiqiladigan indeks yordamida aniqladi. 
Agar muayyan firma uchun hisoblab chiqilgan bunday indeks o‘rtachalashtirilgan balans 
ma‘lumotlari bo‘yicha hisoblab chiqilgan indeksdan ortiq bo‘lsa, u holda firmada inson kapitali 
o‘ziga xosligining darajasi 
nisbatan
yuqori, va aksincha. 
NEEDSga o‘xshash balans har bir mamlakatda ham hisoblab chiqilavermasligiga 
qaramay, istalgan yirik konsalting yoki auditorlik firmasining ma‘lumotlar bazasi taqqoslash 
uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘zida mujassam etgan. Endi tashkilotning ichki tuzilishi va uning 
bozor strategiyasi haqida xulosa chiqarish imkonini beruvchi indekslarning yig‘indisini batafsil 
ko‘rib chiqamiz. Dastlab balansning umumiy tarkibini va GAAP standartidagi daromadlar 
haqidagi hisobotni yodga olamiz (10.4-jadval). 
Aktiv va passiv alohida moddalarining tahlili tashkilotda huquqlarning real taqsimlanishi 
haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi, u rasmiy, ta‘sis hujjatlari va aktsiyadorlar 
reestrida qayd etilgan taqsimlashga hamma vaqt ham mos kelmaydi. 
«Xodimlarga ish haqi bo‘yicha qarzdorlik» 
I
1
i
q
«Jami joriy operatsion majburiyatlar» 
I
1
i
indeks korxona xodimlarining qarorlarni qabul qilish jarayoniga ta‘siri darajasini aks 
ettiradi. Banklar, davlat va o‘zaro bog‘liq korxonalar oldidagi qisqa muddatli qarzdorlik bo‘yicha 
ham shunga o‘xshash I
1
i
indekslar hisoblab chiqiladi. Agar korxona rahbariyati xodimlar 
oldidagi majburiyatlarni bajarishni banklar, davlat (byudjet) va o‘zaro bog‘liq korxonalar 
oldidagi majburiyatlarni bajarishdan ko‘ra ustuvorli deb hisoblasa, u holda bu mehnat jamoasi 
tomonidan egalik qilish, tasarruf etish va daromad olish huquqiga norasmiy egalik qilinishidan 
dalolat beradi. 
«Uzoq muddatli kreditlar: ta‘minlanmagan» 
I
2
q
«Jami uzoq muddatli majburiyatlar» 
Banklar tomonidan korxona ustidan nazorat darajasini aniqlash uchun I

indeksni 
hisoblab chiqish ham foydali, chunki bank tomonidan garov bilan ta‘minlanmagan kreditlar, 
faqat berilgan kredit qaytarilishining boshqa, norasmiy kafolatlari ko‘zda tutilgan hollarda, 
berilishi mumkin
27

DAROMADLAR TO’G’RISIDA HISOBOT 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin