Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksida mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksida mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi 
 
Shaxs 
Ulushli mulk 
Birgalikdagi 
mulk 
Davlat 
Egalik qilish huquqi
154,207 
219 
225 
Foydalanish huquqi 
154,207 
219 
225 
Tasarruf etish huquqi 
154,207 
218 
225 
179,180 
Xo‘jalik yuritish huquqi 
176 
Tezkor boshqarish huquqi 
178 
Ulushli mulk huquqi esa quyidagi sub‘ektlar o‘rtasida taqsimlanadi: uning 
ishtirokchilari, ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi, ijro etuvchi organ va davlat. Qonunda qayd 
etilgan huquqlarning bunday taqsimlanishi iqtisodiy faoliyatni ta‘minlash nuqtai nazaridan 
qanchalik optimalligiga oid savolga javob berish uchun tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash 
mezonlaridan foydalanish mumkin. 
2. Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash mezonlari 
Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash mezonlari sifatida quyidagi yondashuvlar qo‘llaniladi. 
1. Mulkiy huquqlarning tafsirlanish (aniq va bir xil ma‘noda belgilanish) darajasi.
2. Egalik qilish va qoldiq qiymatni olish huquqlarining iqtisodiy sub‘ektlararo
taqsimlanishi. 
3. Huquqlar to‘plami doirasini o‘zgartirishga nisbatan cheklovlar mavjudligi. 
4. Mulkiy xuquq triadasining turli iqtisodiy subektlarga (
«Printsipal» va «agent») 
tegishliligi.
5. Xatarlarni bo‘lish va o‘tkazish darajasi.
6. Kapitalni jamg‘arish darajasi.
1. Mulkiy huquqlarning tafsirlanish (aniq va bir xil ma‘noda belgilanish) darajasi.
Tafsirlash darajasi juda muhim, chunki Kouz teoremasiga muvofiq resurslarning ikkita 
samarali omilidan biri huquqlarni tafsirlashning to‘liqligidan iborat. Ikkinchi tomondan, 
huquqlar egasini aniq belgilamaslik yoki mulk huquqining yo‘qolganligi resurslardan samarali 
foydalanishga qiziqtirishga to‘sqinlik qiladi. Ulushli mulkda barcha huquqlar egalari aniq va bir 
xil ma‘noda belgilangan, qoldiq qiymatni olish huquqi va ustav kapitalidagi ulushning meros 
bo‘yicha o‘tishi huquqi bundan mustasno. Davlat sud organlari orqali hamma vaqt «qonunni bir 
necha marta yoki qo‘pol buzganlik» uchun yuridik shaxsni tugatishning tashabbuschilaridan biri 
hisoblanishini hisobga olgan holda, tafsirlash bilan bog‘liq yagona muammo ustav kapitalidagi 
ulushning meros bo‘yicha o‘tishi huquqining ehtimoliy «yo‘qolishi»dan iborat. 
2. Egalik qilish va qoldiq qiymatni olish huquqlarining iqtisodiy sub‘ektlararo
taqsimlanishi. 
Agar mulkdor, ya‘ni tashkilot faoliyatini nazorat qiluvchi «printsipal» bir vaqtning 
o‘zida qoldiq qiymatni olish huquqiga ham ega bo‘lsa, u holda bu unga o‘zining nazorat-
boshqaruv funktsiyalarini bajarishda o‘zini opportunistik tarzda tutmaslik uchun turtki beradi. 
MChJ holatida ko‘rib chiqilayotgan ikkala huquq ham ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishiga 
tegishli. Biroq umumiy yig‘ilishning jamoaviy tabiati samarali nazoratga bo‘lgan rag‘batlarning 
amaliyligini chegaralaydi, chunki «chiptasiz» muammosi paydo bo‘ladi. Aslida barcha 
ishtirokchilar firmaning foydali faoliyat ko‘rsatishidan manfaatdor, biroq shu bilan birga ular 
nazoratni amalga oshirish xarajatlarini boshqa shaxslar zimmasiga yuklashga intilishadi, buning 
natijasi o‘laroq, nazorat funktsiyasini 
hech kim
bajarmaydi. Lekin, ulushli mulk holatida uning 
ishtirokchilarining soni qonun bilan cheklanganligi tufayli «chiptasiz» muammosining keskinligi 
pasayadi. 


51 
3. Huquqlar to‘plami doirasini o‘zgartirishga nisbatan cheklovlar mavjudligi. 
Huquqlarni almashishga cheklovlar masalasi Kouz teoremasi nuqtai nazaridan ham 
muhim: transaktsiya xarajatlaridan tashqari yana qanday omillar huquqlarning ulardan eng ko‘p 
manfaatdor bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi? Masalan, huquqlarni jismoniy 
va yuridik shaxslarning alohida toifalariga (norezidentlarga, bank tuzilmalariga, istalgan boshqa 
uchinchi 
shaxslarga) topshirishdagi 
hamda huquqlar to‘plamining turlarini tubdan 
o‘zgartirishdagi qonuniy cheklovlar. Ulushli mulk doirasida huquqlar bilan almashish uchun 
cheklovlar ustavda qayd etilishi va ishtirokchilarning o‘z ulushlarini umuman uchinchi 
shaxslarga va xususan merosxo‘rlarga o‘tkazish huquqiga taalluqli bo‘lishi 
mumkin
. Fuqarolik 
Kodeksida ulushli mulkka ega bo‘lgan subektlarning turli variantlari ―tijorat tashkilotlari‖ (58-
69-modda) bandida keltirilgan. Qonun ulushli mulk subektlari uchun huquqlar to‘plamining 
turlarini o‘zgartirish uchun eng kam to‘siqlarni belgilaydi. 
4. Mulkiy xuquq triadasining turli iqtisodiy subektlarga (
«Printsipal» va «agent») 
tegishliligi.
Bunday muammo egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlari turli 
sub‘ektlarga tegishliligi bilan bog‘liq. Barcha uchta huquq turli sub‘ektlarga tegishli bo‘lgan 
holatda «printsipal-agent» muammosi ikkita darajada paydo bo‘ladi: mulkdorlar va menejer 
(boshqaruvchi) o‘rtasidagi munosabatlarda hamda menejer va bevosita ijro etuvchi (xodim) 
o‘rtasidagi munosabatlarda. «Printsipal-agent» muammosi ko‘plab usullar yordamida hal etilishi 
mumkin – «agentlar»ning firma faoliyatining natijalarida ishtirok etishdan tortib to «printsipal» 
tomonidan «ovoz berish» va «chiqish» huquqidan foydalanilishigacha. Ulushli mulkli subekt 
holatida «printsipal-agent» muammosi ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi («printsipal») va ijro 
etuvchi organ («agent») o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda paydo bo‘ladi. Aktsiyadorlik 
jamiyatidan farqli o‘laroq, ma‘suliyati cheklangan jamiyat (MChJ)da «agent»ga bosim o‘tkazish 
varianti sifatida «chiqish» mumkin emas, chunki ustav kapitalining summasiga fond bozorida 
kotirovka qilinadigan aktsiyalar chiqarilmaydi. Har yillik auditorlik tekshiruvlari va ishlarni 
yuritish natijalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning chop etilishi majburiy emasligi tufayli umumiy 
yig‘ilishning samaradorligi ham katta emas. 
5. Xatarlarni bo‘lish va o‘tkazish darajasi.
Huquqlar to‘plamining konfiguryatsiyasi uning qarorlar qabul qilish (tasarruf etish 
huquqi) va xatarni qabul qilish (qoldiq qiymatni olish huquqi) funktsiyalariga bo‘linishini yoki 
ushbu to‘plamning bitta mulk huquqi sub‘ektining qo‘lida bo‘lishini nazarda tutadi. Birinchi 
holatda xatarning 
xejirlanishi
, ya‘ni uning menejer elkasidan mulkdor elkasiga o‘tishi o‘rin 
tutadi. Xejirlash xatarga kamroq qarshi bo‘lgan iqtisodiy sub‘ektlar xatarini qabul qilish 
funktsiyasiga ixtisoslashuvni nazarda tutadi. So‘ngra, xatar ko‘plab mulkdorlar o‘rtasida 
bo‘linishi va, boz ustiga, ma‘lum miqdor (masalan, ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush miqdori) 
bilan chegaralangan bo‘lishi mumkin. Xatarni bo‘lish va o‘tkazish tamoyillari dastlab 
faoliyatining boshidan sof iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirilmasdan, balki ijtimoiy (diniy, ta‘lim, 
o‘zini o‘zi boshqarish) faoliyatni moliyalash bilan shug‘ullangan korporatsiyalar doirasida 
amalga oshirilgan edi.
MChJda ham xatarni o‘tkazish (jamiyat ishtirokchilariga), ham xatarni bo‘lish va 
chegaralash (barcha ishtirokchilar o‘zlari kiritgan ulushlarning qiymati doirasida zarar ko‘rish 
xatariga ega) mexanizmlari amal qiladi. MChJning yagona kamchiligi – uning ishtirokchilari 
sonining qonun bilan cheklanganligi, bu hol ushbu tashkiliy-huquqiy shaklni aktsiyadorlik 
jamiyati bilan solishtirilganda kam jozibali qiladi. 
6. Kapitalni jamg‘arish darajasi.
Mazkur tashkiliy-huquqiy shakl kapitalning kam transaktsiya xarajatlari bilan 
to‘planishini ta‘minlashga qodirmi? Bu erda ham ochiq aktsiyadorlik jamiyati ideal hisoblanadi, 
chunki unda ustav kapitalini oshirish aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori asosida 
qo‘shimcha aktsiyalarni chiqarish hisobidan amalga oshadi. MChJda kapitalni jamg‘arish 
jarayoni, yuqori transaktsiya xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lmasa-da (ustav kapitalini oshirish 


52 
uchun umumiy yig‘ilishning qarori etarli), MChJ ishtirokchilarining eng ko‘p soni qonun bilan 
cheklanganligi tufayli, chegaralarga ega. 
Yuqorida taklif etilgan mezonlar yordamida O‘zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritayotgan mulkchilikning o‘n bitta tashkiliy-huquqiy shakllarni 
taqqoslaymiz. Ushbu mezonlar bo‘yicha eng optimal tashkiy-huquqiy shaklni bir ball bilan, eng 
past optimallik shaklni esa o‘n bir ball bilan qayd etgan holda tashkiliy-huquqiy shakllarni oltita 
mezonning har biri bo‘yicha ko‘rib chiqamiz (11.2-jadval). Bunday ekspert baholari shartli 
bo‘lgani holda, ular ochiq aktsiyadorlik jamiyati (OAJ) (kamida 19 ball) va xususiy korxona 
(dehqon va fermer xo‘jaliklari) (25-28 ball)ning ustunliklarini hamda tezkor boshqaruv huquqiga 
(ko‘pi bilan 54 ball) va xo‘jalik yuritish huquqiga ega bo‘lgan (52 ball) unitar korxonalarning 
samarasizligini tasdiqlab turibdi. 
11.2-jadval 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin