Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

5. Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari» 
Istalgan boshqa tashkiliy tuzilma singari davlatning faoliyat ko‘rsatishi ham transaktsiya 
xarajatlari bilan bog‘liq. Va ular katta miqdordagi transaktsiyalarga qaraganda qanchalik ko‘p 
bo‘lsa, davlat shartnoma shartlarini bajarishning kafili sifatda ishtirok etadi. Shaxs va davlat 
o‘tasida yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlari 
murakkab 
va
 pozitsion
xususiyatga ega
36

Birinchidan, shaxslar davlatga nazorat qilish huquqi bilan birga ushbu huquqni o‘z vakillariga – 
davlat xizmatchilariga o‘tkazish huquqini ham topshirishadi. Ikkinchidan, shaxslar nazorat qilish 
huquqini muayyan shaxsga emas, balki davlat tuzilmasida ma‘lum mavqeni egallab turgan 
funktsioner - 
byurokratlarga
topshirishadi. Hukumronlik munosabatlari funktsionerlarning 
shaxsiy xususiyatlariga emas, balki ularning «oqilona yaratilgan qoidalar bilan asoslangan 
ishbilarmonlik mahoratiga» asoslanadi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilishda 
davlatning roli qanchalik faol bo‘lsa, davlatning ichki tuzilishi shunchalik murakkab va davlat 
xizmatchilarining soni shunchalik yuqori, demak, davlat apparatining ichida aylanuvchi 
axborotning buzib ko‘rsatilishi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, monitoring 
va davlat tomonidan o‘z vakillari – byurokratlarning opportunistik xatti-harakatlarini oldini olish 
xarajatlari ham ortadi. Shuning uchun davlatning mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya 
qilish jarayoniga har qanday aralashuvini modellashtirishda, birinchidan, axborotning ehtimoliy 
buzib ko‘rsatilishini, ikkinchidan, majbur qilishdan 
legitim
foydalanish ehtimoli hamma vaqt 100 
foizdan kamligini hisobga olish zarur.
Shu nuqtai nazardan bozorning «muvaffaqiyatsizliklari» bilan bir qatorda davlatning 
«muvaffaqiyatsizliklari»ni ham e‘tiborga olish lozim. Xususan, davlatning quyidagi 
«muvaffaqiyatsizliklari» ajratiladi: 
-
daromadlar va xarajatlarning mos kelmasligi:
oddiy firmadan farqli o‘laroq, 
davlatning qat‘iy byudjet cheklovi darajasi mutlaq darajadan ancha yiroq, davlat, hatto agar o‘z 
36
. Lane J.E., Ersson S. Government and the Economy: a global perspective. London: 
Continuum, 2002.International Trade Statistics. WTO Publications.


60 
zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga qodir bo‘lmagan taqdirda ham, uni bankrotga 
aylantirish ancha mushkul; 
-
davlat faoliyati samaradorligining aniq mezonlari mavjud emasligi:
firma uchun 
foyda singari samaradorlikning aniq mezonlari mavjud emasligi tufayli davlat tuzilmalari ularni 
mustaqil ishlab chiqilgan standartlar bilan almashtiradi va ushbu holatda davlatning faoliyati 
ularning o‘zlari tomonidan beriladigan mezonlar (byudjet tushumlarining o‘sishi, davlat 
nazoratining ekspansiyasi va h.k.) bo‘yicha baholanadi; 
-
oldinga qo’yilgan natijalardan farq qiluvchi natijalarga erishish ehtimoli: 
axborot 
xarajatlari hamda monitoring va nazorat xarajatlarining o‘sishi amalga oshirilgan vazifalarning 
oldinga qo‘yilgan vazifalardan muntazam farq qilishi uchun zamin yaratadi (yuqorida keltirilgan, 
unda davlatning kuch ishlatishdan xususiy foydalanishni cheklashga urinishi uning 
eskalatsiyasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan model bunga yaqqol misol bo‘ladi); 
-
resurslarning noteng taqsimlanishi:
transaktsiya xarajatlari noldan farq qilganda 
resurslarga bo‘lgan mulkchilik huquqlarini taqsimlashda davlat uchun adolatlilikning bir necha 
standartlari mavjud; Pareto bo‘yicha optimum bilan bir qatorda quyidagilar ana shunday 
standartlar hisoblanadi: Kaldora qoidasi (agar resurslarni taqsimlash natijasidan yutayotgan 
tomon yutqazayotgan tomonga yo‘qotishlarni qoplashga qodir bo‘lsa, resurslarni taqsimlashga 
o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yiladi), Rolz qoidasi (eng kam ta‘minlanganlarning ahvolini 
yaxshilovchi - resurslarning adolatli taqsimlanishi) va ko‘plab boshqa standartlar. 
Shuning uchun ikkita ideal holat (bir tomondan, shartnomaning bajarilishi qisman 
kafolatlangan mulkchilik huquqlarini xarajatlarsiz faoliyat ko‘rsatuvchi bozor almashuvi asosida 
taqsimlash va, ikkinchi tomondan, huquqlar bilan almashish ustidan nazoratni shartnoma 
tomonlarining manfaatlari yo‘lida harakat qiluvchi davlatga o‘tkazish) o‘rtasida emas, balki 
ikkita takomillashmagan muqobil vaiantlar o‘rtasida tanlashga to‘g‘ri keladi. Bozor va davlat 
o‘rtasidagi tanlov faqat nomukammalliklarning turli darajalari va xillari o‘rtasidagi tanlov 
hisoblanadi. Shunday qilib, mulkchilik huquqlarini almashish va himoya qilishning 
bozor
mexanizmi noldan farq qiluvchi transaktsiya xarajatlarini va kuch ishlatish eskalatsiyasini 
nazarda tutadi, 
davlat tomonidan
kuch ishlatishdan foydalanish uchun monopol huquqning 
qo‘lga kiritilishi ham, bu safar davlat apparatining ichida, transaktsiya xarajatlarining o‘sishiga 
olib keladi, bu hol huquqlarning taqsimlanishida muntazam buzib ko‘rsatishlarni keltirib 
chiqaradi. 
Shu munosabat bilan O.Uilyamson mulkchilik huquqlarini taqsimlashning u yoki bu varianti 
samaradorligini, uni faraziya bilan emas, balki 
real
amalga oshiriladigan muqobil variantlar bilan 
taqqoslagan holda baholashni taklif etadi. Agar taqsimlashning qaysidir varianti uchun uni 
ta‘riflash va katta miqdordagi sof yutuq bilan joriy etish mumkin bo‘lgan muqobil variantni 
taklif etish mumkin bo‘lmasa, uni optimal deb hisoblash lozim. Shu nuqtai nazardan, ilgari 
samarasiz hisoblangan mulkchilik huquqlarini taqsimlash misollari real muqobil variantlarni 
hisobga olgan holda, optimal bo‘lib chiqmoqda.
Xulosa 
Davlat tashkilotning bir turi hisoblanadi. Davlatning o‘lchamlari katta bo‘lsa-da, iqtisodiyotga 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini tahlil qilish mikroiqtisodiyot emas, balki makroiqtisodiyot 
predmetiga kiradi. Davlatni alohida tashkilot sifatida emas, balki institut sifatida ko‘rib chiqish 
lozim. Fuqarolar tomonidan o‘z huquqlari bir qismining davlatga topshirilishi holati bunday 
yondashuvning asosini tashkil qiladi. Davlat o‘z faoliyatini aynan shu asosda amalga oshiradi, 
ya‘ni davlatning mohiyati fuqarolar va davlat apparati o‘rtasida yuzaga keladigan hukumronlik 
munosabatlari bilan belgilanadi. Shuning uchun institutsional nuqtai nazardan davlatning asosiy 
funktsiyasi - mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilishdan iborat. Davlatning optimal 
o‘lchamlari ularda davlat kafil sifatida boshqa kafillar (bitim tomonlari, arbitr, ijtimoiy guruh)ga 
qaraganda samaraliroq faoliyat ko‘rsatadigan bitimlar doirasi bilan belgilanadi. Davlatning 
optimal o‘lchamlari absolyut emas, balki tarixan shartlangan. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin