Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

4.
 
Davlatning mohiyati va uning ta’rifi 
 
Davlat nima? Institutsional yondashuvga muvofiq uning asosiy mohiyatini ―transaktsiya 
xarajatlari‖ kategoriyasidan foydalangan holda ochib berish mumkin. 
31
Норт Д. Институты, институциональные изменения и функционирование экономики –М.: Фонд 
экономической книги ―Начала‖, 1997. – 54-55 б. 
32
Эггертссон Т. Экономическое поведение и. –М.: ДЕЛО. 2001. – С. 75-76. 


58 
D.Nortning ta‘riflashicha, davlat – zo‘rlikni amalga oshirishda qiyosiy ustunliklarga ega 
bo‘lgan, chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan belgilangan jug‘rofiy hududni 
qamrab oluvchi tashkilot. Ushbu ustunliklar nimalar bilan belgilanadi? 
Haqiqatdan ham, har qanday kafolatlangan almashuv, pirovardida, mol-mulkni 
himoyalashni sof kuch bilan amalga oshirishga yoki kuch ishlatish tahdidini solishga olib keladi. 
Shu ma‘noda zo‘rlik (kuch ishlatish), iqtisodiy jihatdan, xo‘jalik faoliyatining boshqa ikki 
xilidan farq qilmavydi.
Bundan tashqari, transaktsiya xarajatlari iqtisodiy tizimning samaradorligiga ta‘sir 
ko‘satadi, ular iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilmalar faoliyat ko‘rsatishining samaradorligini 
taqqoslashda bazaviy mezonlardan biri hisoblanib, jamiyat, shu jumladan, davlat tuzumi 
faoliyatining barcha sohalarida agentlik munosabatlari ushbu mezonga asoslanadi. Shunday 
qilib, u yoki bu tuzilmani tanlash va rivojlantirish minimal transaktsiya xarajatlari bilan 
shartlangan. 
Demak, suveren (davlat) hokimiyati agentlik munosabatlarining xarajatlari bilan 
cheklangan va unga raqobat to‘sqinlik qiladi
33
. Endi ushbu holatga oydinlik kiritamiz. Agar 
jamiyatda tartibni saqlash va davlat funktsiyalarini amalga oshirish o‘lchamsiz yuqori narxlarda 
amalga oshirilsa, u holda bu davlatning ichida ham, uning tashqarisida ham (ham rasmiy, qonun 
doirasida faoliyat yurituvchi, ham norasmiy) raqobatlashuvchi tuzilmalarning paydo bo‘lishiga 
olib keladi. 
Soliq solish ehtimoli ham agentlik munosabatlari va o‘lchash (soliq solish bazasini 
aniqlash va o‘lchash) hamda soliqlarni yig‘ish xarajatlari bilan bog‘liq qator cheklovlar tufayli 
yuzaga keladi. 
Shunday qilib, davlat – nazariy jihatdan eng samarali majbur qilish organi hisoblanib, 
bunda uning samaradorligi uning legitimligiga, ya‘ni ―soliq solinadigan fuqarolar tomonidan‖ 
davlatda kuch ishlatish huquqi mavjudligining tan olinishiga bevosita bog‘liq. Chunki agar 
jamoat fikriga mos keladigan bunday tan olish mavjud bo‘lsa, u holda davlat o‘z funktsiyalari va 
maqsadlarini amalga oshirish uchun cheklangan resurslardan oqilona foydalanuvchi tashkilot 
sifatida o‘z imkoniyatlarini aholining ushbu funktsiyalar va maqsadlar bajarilishiga qarshiligini 
engish uchun sarflamasligi mumkin
34


Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin