Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


-rasm. Majburiyatni bajarishdan rag’batlanish intensivligi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
11.1-rasm. Majburiyatni bajarishdan rag’batlanish intensivligi 
Muassislar nufuzini va korxonaning tovar belgisini pulda baholash bitimni amalga 
oshirishda implitsit ishtirok etuvchi garovning navbatdagi shakli hisoblanadi. Bu asosan tijorat 
doiralarida, shu jumladan imkoniyatli sheriklar hamda o‘zi ishlab chiqaradigan tovarlar va 
xizmatlarning iste‘molchilari ichida ishtirokchilarning va umuman firmaning nufuziga bog‘liq. 
Bu erda asosiy tushuncha - tovar belgisining kapitallashtirilgan qiymati: firma o‘ziga tegishli 
tovar belgilarining qiymatini saqlab qolishga intiladi. Shunday qilib, nufuzni ushlab turish faqat 
ijtimoiy sanktsiyalarga bog‘liq bo‘lmay qoladi. Nufuz bozor narxiga ega bo‘ladi, chunki u o‘zida 
imkoniyatli sherikning ishonchliligi va uning harakati strategiyasi haqida qo‘shimcha axborotni 
mujassamlashtiradi. Ayni paytda, iqtisodiy sub‘ekt yoki firma ko‘pincha reklama xarajatlari 
shaklidagi nufuzni barpo etish uchun to‘lashga tayyor.
Reklama – imkoniyatli xaridorlarga sotuvchilar haqida bilimlar berish usuli. Tabiiyki, bu 
vosita bilimlarni berish uchun og‘zaki ma‘ruza o‘rniga kitobdan foydalanish bilan 
taqqoslanadigan xabardor bo‘lmaslikni tugatish uchun juda muhim. Reklama institutning 


54 
muvoffaqiyatli evolyutsiyasiga misol bo‘lib, egasizlantirilgan o‘zaro ta‘sir ko‘rsatish tartibida 
norasmiy institutning ustunligini – nufuzni saqlashga yordam beradi. 
Ayrim korxonalarning, birinchi galda to‘liq shirkat va ishonchga asoslangan shirkatning 
tashkiliy-huquqiy shakli ijtimoiy nufuzni bozor tovar belgisiga aylantirish uchun zamin yaratadi. 
Haqiqatdan ham, to‘liq shirkat va ishonchga asoslangan shirkatning firma nomi barcha to‘liq 
o‘rtoqlarning yoki «va kompaniya» so‘zlari qo‘shimcha qilingan holda kamida bitta to‘liq 
o‘rtoqning nomini o‘zida mujassamlantirishi kerak. Shuning uchun xo‘jalik shirkatlari tijorat 
sohasidagi sheriklar sifatida eng jozibali, chunki bitim tuzishda garov sifatida ular bilan nafaqat 
muassislarning shaxsiy mol-mulki, balki ularning tovar belgisi shaklidagi ijtimoiy nufuzi ishtirok 
etadi. Shu munosabat bilan xo‘jalik shirkatlariga soliq imtiyozlari va ro‘yxatga olishdagi 
imtiyozlarni berish asosli hisoblanadi. Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab qonunga 
bo‘ysunish bahosini tabaqalash shartnoma madaniyatining oshishiga va o‘z navbatida, 
transaktsiya xarajatlarining pasayishiga ko‘maklashgan holda iqtisodiyotni davlat tomonidan 
bilvosita tartibga solishning samarali vositasiga aylanishi mumkin. 
Mulkning rasmiy va haqiqiy tarkiblarini muvofiqlashtirish shakllari
. Tashkiliy-huquqiy 
shakl mulk huquqlari to‘plamining rasmiy - qonunda qayd etilgan va haqiqiy konfiguryatsiyasini 
muvofiqlashtirishning ehtimoliy variantlari haqidagi axborotni ham o‘zida mujassam etadi. 
Ushbu axborot qayta tashkil etilgan mulk asosida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘tish xilidagi korxonalar 
(
O’
korxonalar)ga nisbatan muhim ahamiyat kasb etadi. Evristik tarzda tashkiliy-huquqiy shakl 
va mulk huquqlari to‘plamining rasmiy - qonunda qayd etilgan va haqiqiy tarkiblarini 
muvofiqlashtirish ehtimoli o‘rtasidagi quyidagi bog‘liqliklarni ifodalash mumkin. 
Birinchidan, qonunda huquqlar qanchalik kam tafsirlangan bo‘lsa (1-mezon), «agentlar» 
(ijroiya organi) opportunizmi va ular tomonidan firmaning faoliyati ustidan nazorat qilish 
funktsiyalarining o‘zlashtirilishi ehtimoli shunchalik yuqori. Ikkinchidan, korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli «printsipal-agent» muammosini hal etish mexanizmlarining qanchalik kam 
sonidan foydalanishga yo‘l qo‘ysa (4-mezon), «Agentlar» tomonidan real nazorat qilish ehtimoli 
shunchalik yuqori. Masalan, YoAJda aktsiyadorlarning soni ancha ko‘p, bu ular tomonidan 
«ovoz berish» mexanizmidan foydalanishda «chiptasiz» muammosining kelib chiqishiga zamin 
yaratadi, lekin shu bilan birga YoAJ aktsiyalari fond bozorida kotirovka qilinmasligi tufayli 
«chiqish» mexanizmi ham ishlamaydi. Uchinchidan, qonunda qayd etilgan huquqlarni qayta 
taqsimlash transaktsiya xarajatlari qanchalik yuqori bo‘lsa, mulkning rasmiy va haqiqiy 
tarkiblarini muvofiqlashtirish ehtimoli shunchalik yuqori. Shuni nazarda tutish lozimki, u yoki 
bu huquqqa egalik qilishdan eng manfaatdor bo‘lgan shaxslar pirovardida uni qo‘lga kiritadi, 
lekin oshkora emas, balki xufyona usul bilan. Fond bozorida, masalan, OAJ aktsiyalari bilan 
bitimlar tuzilishining faolligini kuzatish unda huquqlarni almashish bilan bog‘liq transaktsiya 
xarajatlarining miqdorini bilvosita baholash imkonini beradi. Shuningdek, huquqlarni almashish 
bo‘yicha bitimlarning qonuniy cheklanishi natijasida yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlarini 
ham hisobga olish lozim (3-mezon). MChJda ishtirokchining ulushini sotib olishning imtiyozli 
huquqiga boshqa ishtirokchilar ega, ushbu ulushdan uchinchi shaxs hisobiga voz kechish uchun 
esa, boshqa ishtirokchilar uni sotib olishdan bosh tortganlaridan so‘ng, uch oy o‘tishi kerak. 
Yuqorida aytilganlar fikrlarni umumlashtirgan holda ta‘kidlash mumkinki, mulkning rasmiy va 
haqiqiy tarkiblarini muvofiqlashtirish ehtimoli unitar korxonalarining ikkala xilida, YoAJ, MChJ 
va OAJda eng yuqori. Aynan ana shunday firmalar bilan o‘zaro munosabatlarda rasmiy 
mulkdorlar tomonidan taqdim etiladigan shartnomalarning bajarilishi kafolatlari etarli emas va 
haqiqiy mulkdorlar bilan «norasmiy» shartnoma tuzish bo‘yicha qo‘shimcha sa‘y-harakalar talab 
etiladi, bunday mulkdorlar sifatida ko‘pincha «agentlar» - boshqaruvchilar ishtirok etadi. 
Xulosa 
Transaktsiya xarajatlari nolga teng bo‘lmagan sharoitda huquqlar to‘plamini taqsimlash 
korxona faoliyat ko‘rsatishining samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatadi. Fuqarolik kodeksida 
mustahkamlangan, u yoki bu tashkiliy-huquqiy shakl uchun xos bo‘lgan huquqlarning 
taqsimlanishi iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Mulk huquqlari turli xillarining 


55 
optimallik darajasini baholash uchun oltita mezondan foydalaniladi: (1) qonunda mulk 
huquqlarining tafsirlanish darajasi; (2) egalik qilish huquqi va qoldiq qiymatni olish huquqini 
taqsimlash; (3) huquqlar bilan almashish uchun cheklovlarning mavjudligi; (4) «printsipal-
agent» muammosini hal etish variantlarining soni; (5) xatarlarni bo‘lish va o‘tkazish darajasi; (6) 
kapitalni jamg‘arish darajasi. Ushbu mezonlardan faqat korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga 
taalluqli axborot mavjud bo‘lganda bitimni amalga oshirish uchun sherikni tanlashda foydalanish 
mumkin. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin