Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Takrorlash uchun savollar 
1.
Transaktsiya xarajatlari va foydalilikni o‘lchashning o‘ziga xos jihatlarini 
tushuntiring. 
2.
Shartnomaning qiyosiy ustunliklari nimalarda namoyon bo‘ladi? 
3.
Transaktsiya 
xarajatlari tarkibining axborot bazasi qanday 
hujjatlarda 
mujassamlangan? 
4.
Firma balansi qanday maqsadda tahlil qilinadi va bunda qanday indekslar hisoblab 
chiqiladi? 
5.
Kelishuvlar nima uchun zarur va ularning qanday yo‘nalishlari mavjud? 
11-Mavzu. Firmaning tashkiliy-huquqiy shaklini tahlil qilish 
 
Reja 
1. Mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi 
2. Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash mezonlari 
3.Tashkiliy-huquqiy shakl firmaning strategiyasi haqidagi axborot manbasi sifatida 
Tayanch so’z va iboralar: 
firma, mulk huquqi nazariyasi, Egalik qilish huquqi Foydalanish 
huquqi Tasarruf
 
etish huquqi Xo‘jalik yuritish huquqi Tezkor boshqarish huquqi 
1. Mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi 
Mulkchilik huquqlari nazariyasi har qanday tashkilotni mulkchilik huquqlarining 
ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishini belgilab beruvchi shartnomaga olib keladi. «Firma» 
atamasi shartnoma kelishuvlari asosida faoliyatni tashkil etishning qisqartirilgan ta‘rifi 
hisoblanadi. Kouz teoremasiga muvofiq erkin almashuv natijasida erishilgan huquqlar taqsimoti 
eng optimal variant (transaktsiya xarajatlari nolga teng) bo‘lib, o‘zaro hamkorlik ishtirokchilari 
uni o‘zgartirishdan manfaatdor emaslar. Shu sababli tashkiliy tuzilmani amaliy tahlil qilish 
uchun mulkchilik huquqlari nazariyasini qo‘llashga bo‘lgan qiziqish shu bilan shartlanganki, 
haqiqatda transaktsiya xarajatlari nolga teng emas, demak, huquqlar taqsimoti resurslardan 
foydalanish samaradorligiga 
ta’sir ko’rsatadi
. Mulkchilik huquqlari nazariyasi tashkilot 
faoliyatining o‘ziga xosligiga qarab mulkdorlar o‘rtasida huquqlar taqsimotining eng optimal 
variantini tanlashga yordam beradi. Bundan tashqari, korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar asosida sheriklarni tanlash imkoniyati ochiladi. 
U yoki bu tashkiliy-huquqiy shaklga xos bo‘lgan huquqlar taqsimoti O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksining «Yuridik shaxslar» deb nomlanuvchi 4-bobida qayd 
etilgan me‘yorlar bilan belgilanadi. Yuridik shaxslarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy 
jihatlari mulk huquqining turli iqtisodiy sub‘ektlarga tegishli alohida huquqlarga ajratilishiga 


50 
yo‘l qo‘yadi. Misol tariqasida tashkiliy-huquqiy shaklni belgilovchi huquqlar to‘plamining ayrim 
jihatlarini quyidagi jadval orqali havola etamiz, unda turli huquqlarning tegishliligi Fuqarolik 
kodeksining tegishli moddasida belgilangan (11.1-jadval). 
11.1-jadval 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin