Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

5.
 
Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik kontseptsiyasi 
 
Fuqarolar bilan davlat o‘rtasida huquqlarning taqsimlanishi, odatda, jamoat shartnomasi 
rolini o‘ynovchi Konstitutsiyada qayd etiladi. Biroq davlatning mohiyati fuqarolar bilan davlat 
apparati o‘rtasida yuzaga keladigan hokimlik munosabatlari bilan belgilanadi.
Kelishuvlarning uchinchi tomonning kuchlari bilan samarali ta‘minlanishiga so‘ngra 
norasmiy cheklovlarni ham samarali qiladigan qoidalarni yaratish yo‘li bilan erishiladi. Lekin 
kelishuvlarni muayyan qoidalarni qo‘llovchi ta‘sirchan huquqiy tizim orqali uchinchi tomonning 
kuchlari bilan ta‘minlash muammosi institutsional evolyutsiya tadqiqotlaridagi eng muhim 
muammo hisoblanadi. 
Davlatning yuqorida keltirilgan ta‘riflari ko‘p jihatdan uning shartnomaviy mohiyatini 
tavsiflaydi, ya‘ni davlat – bu jamoat shartnomasi. U tartibni ta‘minlash vositasi sifatida (nafaqat 
iqtisodiy, balki ijtimoiy almashuvlarning ham tartibga solinganligi) kuch ishlatish holatini emas, 
balki fuqarolarning o‘zaro kutishlari tizimi sifatida ushbu tartibning o‘zini o‘rnatish holatini 
ta‘kidlaydi. 
Davlatning shartnomaviy nazariyasidan tashqari davlatning asosan ekspluatatorlik 
mohiyatini nazarda tutuvchi nazariya ham mavjud.
J.Byukenen
35
o‘z asarlarida davlatning jamiyatdagi rolining ikki tomonlamaligiga alohida 
e‘tibor qaratadi, ya‘ni davlat ham himoya qiluvchi, ham ishlab chiqaruvchi vositadir. 
33
Эггертссон Т. Экономическое поведение и. – М.: ДЕЛО. 2001. – С. 77. 
34
Томбовцев В.Л. Государство и переходная экономика: Пределы управляемости . – М.: МГУ – ТЕИС, 1997. 
– С. 34.
35
Бьюкенен Дж. Границы свободы. – М.: Таурус Альфа, 1977. – С. 272. 


59 
Himoya qiluvchi yoki huquqiy davlat konstitutsion bosqichda kelishuvchi tomonlarga 
nisbatan kontseptual tashqi va huquqlarni hamda bunday huquqlarni ixtiyoriy ravishda almashish 
bo‘yicha shartnomalarni ta‘minlash uchun yagona javobgarlikka ega bo‘lgan huquqlarni 
ta‘minlash instituti yoki organi sifatida paydo bo‘ladi. Ushbu bosqichda davlat faqatgina 
konstitutsiyaviy shartnomada mustahkamlangan huquqlarni ta‘minlaydi va ijtimoiy ne‘matlarni 
taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq emas. Sud hokimiyati jamoaviy tanlovni amalga 
oshiruvchi qonun chiqaruvchi hokimiyatga qaram emas. 
Gap ijtimoiy ne‘matlarni ishlab chiqarish haqida borganda, ishlab chiqaruvchi davlat 
namoyon bo‘ladi. Davlat konstitutsiyadan keyingi (shartnomadan keyingi) bosqichda amalga 
oshiriladigan mazkur rolda muayyan huquqlarni ―himoya qilmaydi‖, balki jamiyatning iqtisodiy 
farovonligi darajasining oshishiga, hech bo‘lmaganda nazariy jihatdan, eng yaxshi 
ko‘maklashuvchi ishlab chiqarish jarayonini o‘zida mujassam etadi. Nazariy jihatdan olib 
qaralganda, mazkur jarayonning natijalari ularning yakuniy natijalarga ta‘siri tanlovni amalga 
oshirishning konstitutsion qoidalari bilan belgilanadigan insonlar afzal bilishlarining tarkibini 
aks ettiruvchi individlar manfaatlarining uyg‘unlashuvini o‘zida namoyon etadi. 
Shu munosabat bilan xususiy va jamoat ne‘matlarini, ularni ishlab chiqarish xarajatlarini 
taqsimlash va ishlab chiqarish hajmi borasidagi yakuniy qaror qanday bo‘lishi ularga bog‘liq 
bo‘lgan yakka tartibdagi afzal bilishlarni aniqlashga e‘tibor qaratish lozim.
Konstitutsiyadan keyingi shartnoma sharoitida alohida sub‘ektlar uchun ushbu qayta 
taqsimlashni o‘z manfaatlari yoki alohida guruhlar manfaatlari yo‘lida amalga oshirish 
imkoniyati mavjud. Agar himoya qiluvchi davlat funktsiyasini amalga oshiruvchi amaldorlarning 
o‘zlari yakka tartibdagi hokimiyatni mustahkamlagan holda shartnoma shartlarini bajarishmasa, 
davlat jamiyatni siyosiy jihatdan ta‘sir etuvchi alohida sub‘ektlar manfaatlari yo‘lida 
ekspluatatsiya qiluvchi majburiy repressiv mexanizm sifatida qabul qilina boshlaydi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin