Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
13.1-rasm.
 “Printsipal-agent” munosabati 
«Printsipal-agent» modeli davlatning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq quyidagi xavf-
xatarlarni aniqlash imkonini beradi. Birinchidan, davlat o‘z nazorati sohasini tomonlar bilan aniq 
kelishilgan bitimlar doirasidan tashqariga ham yoymaydimi, degan xavf-xatar haqida 1651 
yildayoq mashhur ingliz faylasufi Tomas Gobbs o‘zining aynan «Leviafan», deb nomlanuvchi 
kitobida ogohlantirgan edi. Ikkinchidan, bir tomondan, davlat kuch ishlatishni qo‘llash uchun 
monopoliya huquqidan foydalangan holda, fuqarolarning manfaatlarini inkor etmaydimi? 
Ikkinchi tomondan, fuqarolar davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar haqini to‘lashdan bosh 
tortishga urinib, huddi jamoat transportidagi oddiy chiptasiz kimsa kabi, o‘zlarini 
opportunistlarcha tutishmaydimi? Chunki davlat xizmatlari va jamoat transporti xizmatlari 
ijtimoiy farovonlik xususiyatiga ega. 
37
Бьюкенен Дж. Границы свободы. – М.: Таурус Альфа, 1977. – С. 272. 
Shartnoma: printsipal-individ, agent-davlat 
Individ 
Davlat 
Kafolat: printsipal- davlat, agent- individ 


62 
Ikki taraflama «printsipal-agent» muammosining qay tarzda hal etilishiga qarab, davlatning 
turli modellari shakllanadi. Nazariy jihatdan yakka hisob-kitoblardan hosil bo‘lgan davlat 
shartnoma vositasi sifatida, murakkab almashuvga ko‘maklashish va uni amalga oshirish vositasi 
sifatida paydo bo‘ladigan davlatdan mutlaq farq qiladi. 
O‘z navbatida, davlatning ikkita benuqson modeli mavjud. Biz, D.Nort bo‘yicha, 
«shartnomaviy» deb ataydigan birinchi model yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni hal etish 
chog‘ida paydo bo‘ladi. Ikkinchi – «ekspluatator» modeli unda davlatning ham, fuqaroning ham 
opportunistik xatti-harakatiga to‘siq mavjud bo‘lmagan davlat faoliyatini yoritadi. O‘zaro 
munosabatlarning ikkala tomoni ham, bir-birida birinchi navbatda dushmanni ko‘rgan holda, o‘z 
zimmasiga olgan majburiyatlarni ado etmaydi. Shu o‘rinda har bir modelni alohida tarzda 
batafsil ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin