Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
 


61 
Takrorlash uchun savollar 
1.
―Davlat‖ga ta‘rif bering. Davlatning institutsional mohiyatini tushuntirishga urinib 
ko‘ring. Ta‘rifdan kelib chiqib, davlatning asosiy funktsiyalarini sanab bering. 
2.
Davlat, institutlar va iqtisodiy tizim o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud? 
3.
Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik tabiati nima? 
13-Mavzu. Davlatlar xillari 
Reja 
1. Davlat va «printsipal-agent» muammosi
2. «Shartnomaviy» davlat tushunchasi 
3. «Ekspluatatorlik» davlati tushunchasi 
4. Davlat xususiyatini baholash usullari va mezonlari 
5. Korruptsiya muammosi 
Tayanch so’z va iboralar: 
korruptsiya, «bo‘ysunuvchining paradoksi», soliq, byudjet, 
byudjet taqchilligi, Davlat va «printsipal-agent» muammosi. 
 
1. Davlat va «printsipal-agent» muammosi
Davlatni fuqarolar bilan davlat apparati o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma orqali ta‘riflash 
«printsipal-agent» muammosini oldingi o‘ringa suradi. Bu erda birinchi galda kim «printsipal» 
va kim «agent» ekanligini aniqlab olish talab etiladi. Javob umuman aniq emas. Fuqaro ham, 
davlat ham ikki taraflama rol o‘ynaydi. Bir tomondan, fuqaro davlatga ayrim funktsiyalarning 
bajarilishini yuklagan holda uning tarkibini belgilaydi, ya‘ni u «printsipal», davlat esa «agent» 
hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, fuqaro «agent» rolida ishtirok etib, shartnomalar bajarilishining 
kafili sifatida davlatning qarorlariga bo‘ysunadi. J.Byukenen
37
ushbu ikki taraflamalilikni 
«bo‘ysunuvchining paradoksi» deb nomlgan: inson o‘zini bir vaqtning o‘zida ham davlat 
boshqaruvining ishtirokchisi – ob‘ekti sifatida, ham o‘zi tanlamagan xatti-harakat me‘yorlariga 
amal qilishga majbur etiladigan sub‘ekt sifatida qabul qiladi. Shunday qilib, «printsipal-agent» 
muammosi mazkur holatda ikki taraflama xususiyatga ega va uni quyidagi chizma yordamida 
tasvirlash mumkin: 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin