Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanib 7 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida berilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi, gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, engil atletika va uni o‘qitish metodikasi, milliy kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi, sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish, suzish va uni o‘qitish metodikasi, sport psixologiyasi, sport mahoratini oshirish, jismoniy madaniyatni o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kabi fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
Fanning ta`limdagi o‘rni
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashda “Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti” fani asosiy vosita hisoblanib, talabalarni sportda tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, davolash va tiklanishga qaratilgan yo‘nalishlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida xizmat tizimi bilan tanishtirish, kasallik turlariga qarab davolash jismoniy mashqlarni tashkil qilish va uni o‘tkazish, har bir muolajani gigienik – sog‘lomlashtirish ahamiyatini yuzaga keltirish va sport shikastlanishlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jismoniy holatini nazorat qilish va tarbiyalashda, nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma hamda malakalarini mustahkamlash ahamiyatiga egadir.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi innovatsion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatg`a egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan va sport jihozlaridan foydalaniladi. Ma`ruza, amaliy, lobaratoriya va seminar mashg‘ulotlariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |