Fanni o‘qitishdan maqsad – jismoniy madaniyat ta`lim yo‘nalishi talabalariga jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fani bo‘yicha nazariy bilimlarga ega qilish, fanga oid ko‘nikmalarni shakllantirish hamda malakalarga ega qilish. Ma`ruza, seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, lobaratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda esa ma`ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni talabalar amaliy ko‘rib bajarish orqali ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.
Fanning vazifasi – talabalarda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, salomatlikni saqlash, ish qobiliyatini oshirish vaqtidagi shart-sharoitlarni o‘rganish, ularning ta`sirini kuzatishni o‘rgatish. Mashg‘ulotlar uchun gigiyenik, tibbiy-fiziologik qoidalari va me`yorlarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish va chora-tadbirlar belgilash. Salomatlikni saqlash va ish qobiliyatini oshirish uchun zaxiradagi kuchlardan sport tibbiyoti yo‘l yo‘riqlar asosida foydalangan holda davolash, jismoniy tarbiya va gigiyenik omillaridan foydalanish. Shuningdek ularning me`yorlarini o‘rganishdan iborat bo‘lib, jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanini o‘qitishning maqsadiga erishish uchun belgilangan fanga oid topshiriqlarni bajartirish hamda mavzularni mazmun mohiyatini talablar darajasida o‘rgatish va amalga oshirishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: Jismoniy tarbiya gigienasi fanidan
- sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya gigienasi vasportning tibbiy-fiziologik asoslari fanining o‘rni va ahamiyatini bilishi; jismoniy tarbiya gigienasi fanining maqsadi hamda vazifalari; jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari o‘quv fan sifatida tutgan o‘rni; havo gigienasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari haqida bilimga ega bo ‘lishi kerak.
ob-havo, iqlim va unga moslashuv; suv va tuproq gigienasi, sport inshootlari gigienasi; jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning shaxsiy gigienasi; jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari davrida ovqatlanish gigienasi; ayrim sport turlari bilan shug‘ullanish gigienasini haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
jismoniy tarbiya va bolalar sportining gigienik mohiyati; chiniqishni gigienik asoslari; ishlab chiqarish gigienasi; jismoniy tarbiya darslarida yuklamalarni me'yorlashtirishning gigienik asoslari; sportning alohida turlari bilan shug‘ullanishga bo‘lgan gigienik talablar haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Sport tibbiyoti fanidan - sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanining o‘rni va ahamiyatini bilishi; sport tibbiyoti fanining maqsadi hamda vazifalari; O‘zbekistonda sport tibbiyotini tashkil etish asoslari; umumiy sport patologiyasi asoslari; sportchilarning kasallanishi va jarohatlanishi; sport-pedagogik nazorat mazmuni va metodlari haqida bilimga ega bo ‘lishi kerak.
yoshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati; sportda ish qobiliyatini tiklash asoslari; davolash jismoniy tarbiyasi asoslari; o‘quvchilarning jarohatlanishi; yurak qon-tomir tizimi kasalligi, nafas olish organlari, moddalar almashinuvining buzilishi va tomir kasalliklari; jarohatlar va asab tizimi kasalligi, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasini haqida ko ‘nikmalarga ega bo ‘lishi kerak.
yoshlar va o‘quvchilar salomatligining tibbiy nazorati; yoshlar va o‘quvchilarning tibbiy guruhlarga taqsimlanishi; bir tibbiy guruhdan boshqa guruhga o‘tish isboti va kuzatish usullari; o‘zini nazorat qilish qoidalari haqida malakalarga ega bo ‘lishi kerak.
Jismoniy mashqlar fiziologiyasidan
jismoniy mashqlar fiziologiyasi fanining maqsadi hamda vazifalari; jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining rivojlanishi; o‘quvchilar sog‘lom turmush tarzining fiziologik asoslari haqida bilimdlarga ega bo ‘lishi kerak.
jismoniy mashqlar sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida; o‘quvchi-yoshlar organizmini funktsional imkoniyatlarini rivojlantirish; jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarni chiniqtirishning fiziologik asoslari; adaptatsiyaning fiziologik asoslari; jismoniy mashqlarning fiziologik tavsifi; jismoniy mashqlar erkin harakat sifatida qo‘llanilishini haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
sport faoliyatida organizmda yuzaga keladigan holatlarning fiziologik ta'rifi; jismoniy harakat ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning fiziologik asoslari; jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishning fiziologik asoslari va tavsifi; jismoniy tarbiya jarayonida muskullar ishini vegetativ ta'minlash; jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy yuklamalarni me'yorlashni fiziologik asoslash; jismoniy sifatlarni rivojlantirishni fiziologik asoslari. sport turlariga o‘quvchilarni tanlash va yo’naltirishning fiziologik asoslari; jismoniy tarbiya va sport iblan shug’ullanuvchi ayollar organizmini fiziologik xususiyatlari; sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning fiziologik asoslari xaqida malakalarga ega bo’lishi kerak.
Jismoniy mashqlar biomexanikasidan.
Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi xamda vazifalari; odam tanasi xarakatining dinamikasi; biomexanik tizim bo’lgan odam tanasi xarakat apparatining tuzilishi; xarakat sifat biomexanikasi; xusuiy biomexanika; tanaxolatini saqlash va o’z joyida xarakatlar xaqida bilimlarga ega bo’lishi kerak.
Joy o’zgartiruvchi xarakatlar; Yurish va yugurish va biomexanikasi dinamikasi; kinematika xaqida tushuncha va Nyuton qonunlari xaqida ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Ayrim sport turlari biomexanikasi; aylanma va ilgarilanma xarakatlar; o’q atrofida xarakatlar umumiy rivojlantiruvchi mashg’ulotlarning biomexanikasi asoslari xaqida malakalarga ega bo’lishi kerak.