2.2. Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar.
2.2.1. Jismoniy mashqlar biomexanikasi fanining maqsadi hamda vazifalari (2 soat) Biomexanikani o‘qitishning mazmuni. Jismoniy mashqlar biomexanikasi uning paydo bo‘lishi, tarixiy taraqqiyoti, talabalarning biomexanika fandan bilim asoslarini egallashda nazariy ma'lumotlarga ega bo‘lishini ta'minlash. Tirik tizimlardagi mexanik harakatlar haqida ma'lumotlarga ega qilish. Ushbu mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarga ega qilishda nazariy bilim berish.
2.2.2. Odam tanasi harakatining dinamikasi (2 soat) Dinamikaning asosiy qonunlar va tushunchalari haqida nazariy ma'lumotlarga ega bo‘lishini ta'minlash. Kuch va kuch momenti, kuch impulsi va kinematik moment. Nyuton qonunlari ushbu mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarga ega qilishda nazariy bilim berish.
Ilgarilanma va aylanma harakatlarda tananing inert o‘lchamlari. Odam tanasi massalarining geometriyasi; odam tanasi bo‘laklarining umumiy va xususiy og‘irlik markazlari, tananing hajm va sirt markazlari haqida umumiy nazariy bilim berish.
2.2.3. Harakat sifati biomexanikasi (2 soat) Kuch, tezlik va harakatning davomiyligi haqida nazariy ma'lumotlarga ega bo‘lishini ta'minlash. Ko‘chish, tezlik va harakat davomiyligi hamda tezligi va kuchi oralig‘ida o‘zaro bog‘liqlikni bo‘lmasligi haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilish.
2.2.4. Xususiy biomexanika (2 soat) O‘q atrofida aylanish. Odam tanasining va uning bo‘laklarining o‘q atrofida aylanishi haqida nazariy ma'lumotlarga ega bo‘lishini ta'minlash. Aylanma harakat shartlari. Markazga intilma tezlanish manbai. Ushlab turuvchi kuch. Ushlab turuvchi va aylantiruvchi qismlarning o‘zaro ta'siri. Markazga intilma va markazdan qochma kuchlar. Mavjud va mavjud bo‘lmagan markazdan qochma inertsion kuchlar haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilish.
2.2.5. Yurish va yugurish biomexanikasi, dinamikasi (2 soat) Yurish va yugurish biomexanikasi hamda dinamikasi haqida nazariy ma'lumotlarga ega qilish.