Metionin- aminokislota bo’lib, organizmda bo’y o’sishi va azot almashinuvida muhim o’rinni egallaydi. Xolin sinteziga asos bo’ladi, buning evaziga yog’lardan fosfolipidlarning sintezini normallashtiradi va jigarda neytral yog’ning to’planishini kamaytiradi. Metionin adrenalin, kreotinin sintezida ishtirok etib, gormonlar, fermentlar, V12 va S vitaminlari, foli kislotasi faoliyatini jadallashtiradi. Metillashtirish yo’li bilan organizmda modda almashinuvi oqibatida paydo bo’ladigan ba’zi zaharli moddalarni zararsizlantiradi. Metioninni qo’llash uchun tavsiya: jigar kasalliklarini davolashda va ularning profilaktikasida, katta hajmli mushak mashq mashg’ulotlarida. Metioninni qabul qilgandagi nojuya ta’siri: qusish. Virusli gepatitlarda qo’llash ma’n etiladi.
Qon ishlab chiqarishni yaxshilovchi dorilar (temir dorilar, gemostimulin, kobabamid) asosan jismoniy zo’riqishda qizil qon tarkibidagi o’zgarishlar bilan kechganda (o’ta balandlik tog’ sharoitlarda o’tkaziladigan mashg’ulotlarda, o’ta charchash holatilarda) qo’llaniladi.
Bosh miya hujayralarining modda almashinuvini va energetik jarayonlarni yaxshilovchi moddalar aqliy va jismoniy ish qobilyatini oshiruvchi moddalar nootroplar deb nomlanadi. Ular markaziy nerv sistemasi va analizatorlarni mikrojarohatlanishi ehtimoli bilan bog’liq bo’lgan zo’riqishlarda, o’ta charchashlarda. Nevrozlarda, vegetativ distoniya kasalliklarida qo’llaniladi. Bularga aminalon. piratsetam. tserebrolizin va boshqalar kiradi.
Nazorat savollari. 1. Giperbarik oksigenatsiya nima?
2. Qayta tilash vositalarining tasnifini ta’riflab bering.
3. Pedagogik tiklash vositalariga nimalar kiradi?
4. Psixologik tiklash vositalariga nimalar kiradi?
5. Tibbiy tiklash vositalariga nimalar kiradi?
6. Oqsilga yolchimaslik va u bilan bog’liq bo’lgan kamchiliklarni ta’riflab bering.
7. Farmakologik tiklash vositalari haqida nimalar bilasiz?
8. Fizik tiklash vositalari haqida nimalar bilasiz?