О‘quv-metodik ta’minotni tayyorlash.
Ishlab chiqarish , fan, texnika va ish beruvchilarning talablarini inobatga olgan xolda fan mazmunini tizimlashtirish.
Sifatli mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlovchi о‘quv-metodik va boshqa materiallar bilan о‘quv jarayonini ta’minlash.
Ta’lim jarayoniga faol usul va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Talabalarning mustaqil ishlarini va ularning bilimlarini nazorat qilishni tо‘g‘ri tashkillashtirish va rejalashtirish.
Elektron darslik, о‘quv metodik qо‘llanmalarni ishlab chiqish uchun о‘quv metodik materiallar ishlab chiqish.
О‘quv jarayonini sifatini tizimli nazorat qilish imkoniyatini yaratish.
О‘quv-metodik komplekslar: talabalar tomonidan о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtirishni;
talabalar bilimini nazrorat qilishni;
barcha turdagi mashg‘ulotlarni tashkillashtirish bо‘yicha metodik ta’minotni; qо‘shimcha axborot ta’minotni ta’minlashi kerak. О‘quv jarayonida о‘quv-metodik komplekslar: о‘quv materialini о‘zlashtirishda talabalarga amaliy va metodik yordam berish;
fan bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkillashtirishda va о‘tkazishda о‘qituvchilarga metodik yordam kо‘rsatish;
о‘quv jarayonini metodik ta’minotini takomillashtirishda, uni baholash va rejalashtirishga asos uchun zarur Sillabus (lat.Syllabus Errorum - «ikkilanishlar rо‘yxati») - 1864 yilda Rim cherkovi tomonidan ishlab chiqilgan muhokama qilinadigan ta’limot va tamoyillar rо‘yxati. Qadimda mazkur atama (lat.syllabus – katalog) Rim cherkovi tomonidan papa tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni kodifikatsiyalash uchun qо‘llanilgan.
Sillabus –о‘qitiladigan fanning manbalarini, uning qisqacha mazmunini, mavzusi va har bir mashg‘ulotning davomiyligini, mustaqil ta’lim topshiriqlarini, maslahat beradigan vaqtni, о‘qituvchining talablarini, baholash mezonlarini, oraliq nazorat jadvalini va adabiyotlar rо‘yxatini kо‘rsatib beradigan о‘quv dasturi.