Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə11/67
tarix22.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#190204
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

4. Tushunarlilik prinsipi. Tushunarlilik prinsipi о‘quvchilarni yosh xususiyatlari qonuniyatlariga va о‘kuvchilarni rivojlanish darajalarini ta’limiy jarayonni tashkil etish va amalga oshirishga mos kelishiga asoslanadi.
Bolani fikirlash darajasiga, tо‘plagan bilimlari hajmiga, о‘zlashtirgan malaka va kо‘nikmalariga mos bо‘lgan bilimlargina ularga tushunarli bо‘ladi.
О‘quvchilar olgan bilim, shakllangan kо‘nikma va malakalar ularning rivojlanish darajasini belgilasa, shaxsiy tajribasi bilan isbot qilinib, amaliyotda qо‘llansa u bilim tushunarli bо‘ladi.
Yangi bilimni maktab о‘quvchisining о‘zida mavjud bо‘lgan bilimlar va uning shaxsiy tajribasi bilan bog‘lash kerak.
О‘quvchini fikrlash qobiliyatini shakllantirish kerak.
Bilimni tushunarli bо‘lishga imkon beradigan shart sifatida bilishga qiziqish uyg‘otish lozim.
О‘rganilayotgan bilimlarning maktab о‘quvchisi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyati va zarurligini tushinib yetish kerak.
Tushunarlilik prinsipida yengildan-og‘irga, aniqdan-noaniqqa, oddiydanmurakkablikka kabi qoidalarga rioya qilinadi.
Tushunarlilik prinsipini amalga oshirida quyidagi talablarga rioya etish lozim:
bola о‘rgatiladigan va beriladigan bilimlar ularni yosh xususiyatlariga va har bir yoshda qabul qilish imkoniyatlariga mos bо‘lishi lozim;
о‘quvchini ongi va aqli belgilangan predmetni о‘rganishga tayyorlangan bо‘lishi lozim;
о‘quvchilarga ta’lim berishda ularni hayotiy tajribalarini, qiziqishlarini, rivojlanish xususiyatlarini о‘rganing va ularni hisobga oling;
ta’lim mazmuni va ulublarini tanlashda о‘quvchilarni о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oling;
о‘quv jarayonida kuchli о‘quvchilarni bо‘shashtirmaslik, о‘rta va bо‘sh о‘quvchilarda tez harakatni о‘stirish uchun hammaga mos bо‘lgan dars о‘tish sur’atini tanlash lozim;
о‘kuvchilarda aniq bilimlar va malakalarni shakllantirishda pedagogika va psixologiyadagi eng sо‘nggi yangiliklardan foydalaning;
yangi va murakkab materialni о‘rganishga kuchli о‘quvchilarni, о‘quv materialini mustahkamlash uchun о‘rta va bо‘sh о‘qiydigan о‘quvchilarni jalb qiling;
о‘quvchilarga darsni tushunarli bо‘lishi uchun tushunchalarnni aniq ifoda eting, ayrim mavzularni tushuntirishda hayotiy misollardan, aniq ma’lumotlardan va adabiyotlardan foydalaning;
ta’lim jarayonida nimani tushuntirish zarurligini, yoki nimalarni bolalarni о‘zlari mustaqil о‘zlashtirib bilib olishlarini his qiling;
о‘quvchilarni bilish faoliyatlariniga boshqaring о‘quvchilarni
yangiliklarni topishga о‘rgating;
ta’lim jarayonini tushunarli bо‘lishi uchun, о‘qituvchi о‘quvchilarni mustaqil tahlil qilishga yо‘naltirishi kerak;
ta’limni tushunarli bо‘lishi bu ishchanlik bilan bog‘liqdir.
Ishchanlikni rivojlantirish va mashq qildirish orqali о‘quvchilarni uzoq davom etadigan fikriy faoliyatga о‘rgatib boring.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin