Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə18/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Nazorat savollari:
1. Qadimgi Yunoniston va Rimda qaysi mutafakkirlarning asarlarida oila tarbiyasi masalasiga e’tibor qarilgan?
2. Suqrot, Aristotel, Platon va Demokritlarning qaysi asarlarida oilada bolalarni tarbiyalash masalalari yoritilgan?
3. Evropa Uyg’onish davri mutafakkirlarining qaysi asarlarida oila tarbiyasi muammolari bayon etilgan?
4. U.Shekspir va T.Kampellinning oilada farzandlarni tarbiyalashga oid qanday g’oyalari bilan tanishsiz?
5. Evropa ma’rifatparvarlari orasida kimlar oila tarbiyasi masalariga o’z asarlarida alohida e’tibor qaratgan?.
6. Rus pedagoglari orasida kimlarning oila tarbiyasi va uni samarali tashkil etish g’oyalarini o’zida aks ettirgan asarlari mashhur?


Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008.
2. Pedagogika tarixi G’ K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov. – Toshkent: O’qituvchi, 1996.
3. Istoriya pedagogiki G’ http: G’G’ top. 100. rambler.ru.
4. Trosyan V. Istoriya obrazovaniya i pedagogicheskoy mo’sli. – Moskva: Eksmo, 2006.


Amaliy topshiriqlar:
1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari asosida jadval shakllantiring. Unda Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim g’oyalar tezis sifatida aks etsin.
2. Ulug’ dramaturg Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” hamda Onore de Balzakning “Gorio ota” nomli asarlari bilan tanishib, garchi o’zi mamlakat qiroli bo’lsa-da, farzandlarining kirdikorlaridan aziyat chekkan qirol Lir va qizlariga haddan ziyod mehr ko’rsatsa-da, umrining so’nggi kunlarini ularning diydoriga zor holda muhtojlikda o’tkazgan Gorio otaning qismatini solishtiring. Qirol Lir va Gorio otalarning fojiasi nimada ekanligi haqida o’ylab ko’ring.
3. Buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy o’zining “Buyuk didaktika” asari yoshlarni tarbiyalovchi kishilarning ustoz, tarbiyachi, muallim, professor deb atalishi, bolalar to’planib birgalikda mashg’ulot o’tkazadigan joyning esa maktab, o’quv yurti, auditoriya, kollegiya, gimnaziya, akademiya va h.k. deb atalishini ta’kidlab o’tgan edi. Ya.A.Komenskiy yashagan davr (XVII asr) nuqtai nazaridan bolalarning oiladan ko’ra ta’lim muassasalarida tarbiyalanishi tobora keng yoyilishining asosiy sabablarini yoritishga harakat qiling. Siz qanday fikrdasiz, ushbu hodisa ota-onalar zimmasidan farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatning soqit etilishi uchun asos bo’ldimi? Farzand tarbiyasining asta-sekin to’la ravishda ta’lim muassasalari zimmasiga yuklanishi G’arb mamlakatlarida kuzatilayotgan oilaning qadrsizlanishi, ajralishlar sonining keskin oshishi, g’ayriaxloqiy hodisa – bir jinsli nikohning paydo bo’lishiga olib kelmadimi. Bu haqda qaday fikrdasiz?



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin