Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar: 1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini o’zida aks ettiruvchi jadval quyida keltiriladigan shaklga ega bo’lishi mumkin. Talabalar qadimgi yunon faylasufi Suqrotning qarashlari misolida qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim g’oyalarni tezis shaklida quyidagicha yoritadilar:
2. Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” va Onore de Balzakning “Gorio ota” nomli asarlaridagi qirol Lir hamda Gorio otaning o’z farzandlari bilan munosabatlarini quyidagi jadvalda keltirilgan misol namunasida aks ettiring:
Qirol Lir va uning farzandlari o’rtasidagi munosabat xususiyatlari
Qirollik boshqaruvi bilan farzandlar tarbiyasini o’zaro uyg’unlikda olib boraganlik
Qizlarni tarbiyalashda nihoyatda ko’ngilchanlik qilish
Ya.A.Komenskiy yashagan davr (XVII asr) nuqtai nazaridan bolalarning oiladan ko’ra ta’lim muassasalarida tarbiyalanishi tobora keng yoyilishining asosiy sabablarini yoritishda talabalar o’rtasida munozarani tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, munozara jarayonida talabalarda jamiyatda kechadigan har qanday ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar oilaning farzandlar tarbiyasidagi o’rni va rolini inkor eta olmasliklari borasidagi qat’iy xulosa shakllanadi.