Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə39/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

3. Oilaning tarbiyaviy vazifasi. O’ziga xos tarbiya muhiti bo’lgan oila farzandlarning kamolotini ta’minlashda muhim o’rin tutadi. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyosdir. Bolaning tabiiy alomatlari va nasl-nasabi qanchalik ahamiyatga ega bo’lmasin, tarbiya hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Oilaning tarbiyaviy vazifasi bolalarda ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, mehnatsevarlik, jinsiy, ekologik, huquqiy, iqtisodiy fazilatlarni tarbiyalashdan iborat.
Ota-onalar farzandlarda yoshlikdanoq ma’naviy-axloqiy sifatlarning shakllanishiga e’tibor qaratishlari lozim. Zero, “oilada uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a’zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g’urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va h.k.ni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi sog’lom muhit, oila a’zolarining psixologik jihatdan o’zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo’llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo’yilayotgan talablar, shuningdek, ularga ko’rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo’lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan an’ananing qaror topganligi, unga oila a’zolari tomonidan bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy bo’lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki xotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e’tiqodning shakllanishini ta’minlaydi”64.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini o’rgansh asosida shunday xulosalarga kelish mumkin:
1) oilaning bolaga ta’siri boshqa har qanday tarbiyaviy harakatlardan kuchli;
2) oilada shunday sifatlar shakllanadiki, oiladan tashqari hech qaerda bunday sifatlar shakllanishi mumkin emas;
3) oila muhitida shaxsning ijtimoiylashuvi amalga oshadi, shu sababli oilada jamiyat a’zosi – fuqaro, vatanparvar shaxs, bo’lg’usi oila boshlig’i, qonunga rioya qiluvchi huquqiy faol shaxs, iste’molchi voyaga etkaziladi, binobarin, oila qanday bo’lsa, jamiyat ana shunday bo’ladi.
4) oila an’analarning davomiyligini ta’minlaydi;
5) oilaning muhim ijtimoiy funktsiyasi fuqaroni tarbiyalashda aks etadi;
6) oila kasb tanlashga muhim ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin