Oiladagi bolalarning soniga ko’ra zamonaviy oila turlari va ularning tavsifi
3-guruh
Oilaning tarkibiga ko’ra zamonaviy oila turlari va ularning tavsifi
4-guruh
Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatning xarakteriga ko’ra zamonaviy oila turlari va ularning tavsifi
5-guruh
Oilaning ijtimoiy holatiga ko’ra zamonaviy oila turlari va ularning tavsifi
OILANING VAZIFALARI
1. Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy va kommunikativ vazifalari. 2. Oilaning rekreativ, felitsitologik, regulyativ va relaksatsiya vazifalari.
3. Oilaviy munosabatlarning oila vazifalarini bajarishdagi ahamiyati.
Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy va kommunikativ vazifalari. Har qanday zamon va makonda ham oilaning zimmasiga shaxs kamolotini ta’minlash borasida muayyan vazifalar yuklatiladi. Oila zimmasiga muayyan vazifalarning yuklatilishida jamiyat taraqqiyoti, u tomonidan shaxs kamolotiga qo’yiladigan talablar, aholining ijtimoiy turmush tarzi, shaxslararo munosabatlar mazmuni, davlat siyosati hamda milliy rivojlanish maqsadlari inobatga olinadi.
Zamonaviy sharoitda oilalarning hayoti va faoliyati quyidagi vazifalarni ijobiy hal qilishga yo’naltiriladi:
- iqtisodiy;
- reproduktiv;
- tarbiyaviy;
- rekreativ;
- kommunikativ; - regulyativ;
- feliotsitologik;
- relaksatsiya57.
Quyida zamonaviy oilalar tomonidan shaxs kamolotini ta’minlash borasida hal qilinadigan vazifalarning mohiyati yuzasidan batafsil so’z yuritiladi.